Chiqindilar bo'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 24.22 Kb.
bet6/6
Sana11.02.2023
Hajmi24.22 Kb.
#1189976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqindilar bo\'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi

3-bob. Poligonlardan foydalanish
46. Poligonlarda chiqindilarni qabul qilish poligonlardan foydalanish texnologik chizmasi orqali amalga oshiriladi. Texnologik chizmada yil mavsumlarini inobatga olgan holda bajariladigan ishlar ketma-ketligi, qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish tartibi va izolatsiya qiluvchi tuproqni qazib olish rejasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
47. Chiqindilarni qabul qilish bir yilga tuziladigan poligondan foydalanish jadvali asosida amalga oshiriladi.
48. Poligondan foydalanish jadvalida chiqindilar joylashtiriladigan xaritalar raqami ko‘rsatilgan holda har oy davomida qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdori, chiqindilarni izolatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq maydoni xaritalari yoki tuproqtepalar raqamlangan holda ko‘rsatiladi. Izolatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq hajmi m3 o‘lchov birligida ko‘rsatiladi.
49. Qabul qilinayotgan qattiq maishiy chiqindilarning hisobi ularning zichlanmagan holatdagi vazni yoki hajmi bo‘yicha yuritiladi. Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar miqdori alohida jurnalda qayd etib boriladi.
50. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonga joylashtirish Maishiy chiqindilarni tashish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2625, 2014-yil 12-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
51. Poligonning loyihaviy ko‘rsatkichi ko‘milganidan so‘ng uni yopish choralari ko‘rilishi lozim. Foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan poligonlarda uning loyihaviy ko‘rsatkichidan 10 foizgacha miqdorda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
52. Poligon yopilishi uchun quyidagi inshootlarni loyihalashtirish va qurish talab etiladi:
yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplama;
filtratni boshqarish tizimi;
gazni boshqarish tizimi.
53. Yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplama poligon yopilishidan oldin barcha kotlovanlarni tuproqning yakuniy qatlami bilan yopishni nazarda tutadi. Yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamani rejalashtirishda poligon chetida nishablik bo‘lishini ta’minlash kerak.
54. Yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamaning tuzilishi yer maydonidan kelgusida qanday maqsadda foydalanilishiga bog‘liq holda belgilanadi. O‘rmon-bog‘ kompleksini tashkil etishda, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli maydonlar, chang‘i sporti uchun tepalik va boshqa balandliklarni hosil qilish uchun foydalanishda tuproqning ustki izolatsiya qatlami 0,6 metrdan kam bo‘lmasligi, shu jumladan uning ustki qatlamida 0,2 metr o‘simlik o‘sadigan tuproq yotqizilishi lozim.
Poligonlarning tashqi qiyaliklarini mustahkamlash undan foydalanish boshlangan paytdan boshlanib chiqindilarni joylashtirish balandligi ortishiga mutanosib ravishda davom ettiriladi. Poligonlarning tashqi qiyaliklarini qoplashda uni barpo etishda ko‘chirib olingan o‘simlik o‘sadigan tuproqdan foydalaniladi.
55. Shamol ko‘chirib ketishi yoki qiyaliklardagi tuproq yuvilib ketishining oldini olish uchun yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamani ko‘kalamzorlashtirish talab etiladi. Qiyaliklar bo‘ylab ixota daraxtlari ekiladi. Ekiladigan daraxtlar va butasimon o‘simliklar (oq qayin, tol, terak va boshqalar) mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Kelgusida noozuqaviy maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalar sifatida foydalaniladigan maydonlarda ustki yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamaning qalinligi 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Chiqindilarning ustki qatlami izolatsiya bilan qoplangunga qadar uning zichlanish darajasi 750 kg/m3 ni tashkil etishi kerak.
56. Filtratni boshqarish tizimi loyihasi, qoida tariqasida, poligonning umumiy loyihasiga kiritiladi.
Poligon yopilganidan so‘ng filtratni boshqarish tizimi undan foydalanish shartlariga mos ekanligi tekshirilishi lozim. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, nasos tizimiga yoki filtratni tashlash tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
57. Gazni boshqarish tizimi poligondan faol foydalanish davrida barpo etiladi va foydalaniladi. Poligon yopilganidan so‘ng, ushbu tizimni yanada mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish (shamollatish quvurini germetik jihozlash, poligon ostiga havo kirishidan himoyalash va h. k.) zarur.
58. Poligon yopilgan va ko‘kalamzorlashtirilgandan keyin uning maydonini rekultivatsiya qilishga kamida quyidagi muddatlar o‘tgandan keyin yo‘l qo‘yiladi:
ko‘p yillik o‘tlar ekilgan, haydalma yerlar, pichanzor, maysazorlar barpo etilganda — 1 yil;
daraxtlar, butalar, urug‘idan ko‘kartiriladigan ko‘chatlar ekilganda — 2 yil.
4-bob. Yakuniy qoida
59. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan kelishilgan.
Download 24.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling