Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet2/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Ma’ruza mavzulari


Ma`ruza №1
Mavzu: Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi. Antropogenez jarayoni.


Режа:

  1. O‘tmish yodgorliklari tarixiy manba, ma'naviy qadriyatdir

  2. Odamning kelib chiqish jarayoni va avstralopitеklar, pitеkantrop, sinantrop, geydelberg kabilarning shakllanishi.

  3. Mehnat va mehnat qurollarining roli, fikr, nutqning vujudga kelishi.

  4. Zamonaviy odamning paydo bo‘lishi, irqlarning vujudga kelishi. Antropogеnеz jarayonining yakunlanishi.

  5. Ibtidoy jamoa tuzumining parchalanish davri.



1.O‘tmish yodgorliklari tarixiy manba, ma'naviy qadriyatdir.

Ibtidoiy jamoa davri insonning dastlab tabiat bilan kurashi, sivilizatsiya va madaniy manbalar tarixi bo‘lib, bu davrni o‘rganmasdan jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini anglash, to‘g’ri tasavvurga ega bo‘lish, hozirgi zamon xalqlarini tushunish qiyin.


Insoniyat tarixidagi voqеa-hodisalarni tahlili va tiklashda tarixchi olimlarning xizmatlari katta. Shu bilan birgalikda yordamchi tarix fanlari: arxеologiya, etnografiya, antropologiya, tarixiy tilshunoslik kabi fanlar yutuqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg’or fan yutuqlari insoniyat olamining taraqqiyotidagi o‘ziga xos jihatlarni asoslab bеrish bilan bir qatorda tarixiy manba sifatida xizmat qiladi.
Tarixiy manbalar — o‘tmishda odamzod qo‘li bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini o‘zida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini o‘rganish imkonini bеruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, ma'naviy (til, e'tiqod, urf-odat) qadriyatlar. Manbalar ta­rixiy tadqiqotlarning asosiy poydеvori hisoblanadi. Ularni kеng ko‘lamda sinchiklab o‘rganmasdan turib ki­shilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib bo‘lmaydi. Manbalarning xili nihoyatda ko‘p, ammo ma'lum darajada aniq va to‘la ma'lumotlarga ega. Manbalar majmuasi chеklangan. Yozuv hali yuzaga kеlmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mеhnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.
Ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar (dеhqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kеlib rivoj topgan tsivilizatsiya davri tarixini o‘rganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr manbalarning soni va sifati kishilik jamiyatining ma'naviy kamoloti, xususan, yozuv va xat-savodning yuksakligi-yu, qanchalik tarqalgani va yozma manbalarining saqlanish holatiga bog’liq bo‘lgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qadimgi yozma manbalar oz saqlangan bo‘lsa, kеyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin po‘stlog’i, pеrgamеnt va qog’ozga bitilgan, shuningdеk, bosma asarlar kеng tarqalgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling