Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
6. Materik Yunonistoni va orollar. Antik mualliflarning ma’lumotlariga ko`ra, ellin davrida Yunonistondan aholining katta qismi sharqqa ko`chdi. Faqat Afina va Korinf o`z ahamiyatini saqlab qolishga urindi. Yunoniston hududidagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Bu esa, og`ir qarama-qarshiliklarni tug`dirdi. Spartada bu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun podsholar-Agis IV (er. avv. 245-241-yillar) va Kleomen II (er. avv. 235-221-yillar)lar islohotlar o`tkazishdi. Qarzlarni bekor qilishga harakat qilindi. Boy spartaliklarning bir qism yerlari tortib olinib, yersiz spartaliklarga taqsimlab berildi. Eforlar kollegiyasi tugatilib, davlat vakolatlarining katta qismi podsholar qo`liga to`plandi. Aholining katta qismi islohotlarni qo`llb-quvvatladi. Sparta qo`shinining qudrati kuchayib, Spartaning asosiy raqibi Axey ittifoqiga qarshi g`olibona urushlar olib borildi. Axey ittifoqi Makedoniyaning yordami bilan Spartaga qarshi urush boshladi va Sparta qo`shinlarini er. avv. 222-yil mag`lubiyatga uchratdi. Sparta tushkunlikka uchrab, oxir-oqibatda er. avv. 146-yil o`z mustaqilligini yo`qotdi va Rim provinsiyasi tarkibiga kirdi.
Er. avv. III asrda yangi ellin dunyosining yaratilishi Bolqon Yunonistonini madaniy markaz sifatidagi rolini yo`qolishiga olib keldi. Natijada bu hudud ellin dunyosining chekka hududiga aylandi. Hududda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar kuchayib, er. avv. III asrda yerlarni qayta taqsimlash harakati Yunonistonda avj oldi. Joylarda hokimiyatni tiranlar egallay boshladi. Aholi Argosda tiran Aristomaxni, Megalopolda Aristodemniqo`llab-quvvatladi. Er. avv. III asr o`rtalarida Xios va Teriorollarida norozilik harakatlari kuchayib ketdi. Yunonistonning madaniy o`choq sifatidagi shuhratini Afina qo`llab-quvvatlab turdi. Afinada yunon falsafasi o`qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi. Egey dengizi havzasi orollari ichida eng gullab-yashnagani Rodos edi. Rodos Ptolemeylar Misridan o`z mustaqilligini saqlab qoldi. Rodos kemalari Egey dengizini qaroqchilardan tozaladi. Rodos tranzit savdo markazi edi. Har yili Rodos orqali 50 mln draxma (taxminan hozirgi 500 mln $) qiymayida mahsulotlar o`tar edi. Uning kemalari Suriya, Kichk Osiyo, Attika orollari va Qora dengiz qirg`oqlaridan mahsulotlarni tashidi. Rodosdan xurmo va asal Misrga chiqarildi. Rodosda san`at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Rodosning homiysi xudo Geliosga atab mashhur Lisippning shogirdi haykatarosh Xares 36 metrli haykal yaratdi. Bu haykal 12 yil davomida bunyod qilindi (taxminan er. avv. 304-292-yillar). Bu haykal Pergamdagi mavzoley va Galikarnosdagi Artemida ibodatxonasiniung kichik zamondoshi edi. Shuningdek, “Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoonva uning o`g`illari” haykallari guruhi mashhur edi. Rodosda notiq Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi faoliyat ko`rsatdi. Er. avv. II asr oxiri-I asr boshida Rodosdamashhur Sitseronning o`qituvchisi notiq Molon ta’lim oldi. Rodos homiyligida orollarda ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashhur tabiblar maktabi faoliyat ko`rsatdi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling