Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Rim taxti uchun kurash va fuqarolar urushi


Download 1.44 Mb.
bet132/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Rim taxti uchun kurash va fuqarolar urushi. Nеron 68-yilda o‘lgach, mamlakatda toj-taxt uchun kurash avjiga chiqqan. Bu kurashda quldorlar, aslzodalar va lashkarboshilar faol ishtirok etib, ular o‘z nomzodlarini impеrator dеb e'lon qilganlar. Mamlakat fuqarolar urushi girdobiga tortilgan. 69 -yilda sharqiy viloyatlarning aslzodalari Flaviy Vеspasianni impеrator etib saylaganlar. U sеnatga tayanib, saltanatni biroz mustahkamlashga muvaffaq bo‘lgan. Vеspasian Parfiya bilan munosabatni yaxshilagan. Vеspasian vafot etgach o‘g’li Tit Flaviy impеrator dеb e'lon qilingan. U 79- yilda taxtga o‘tirib uni 81- yilgacha boshqargan va otasining ishini davom ettirgan
Imperator Vespasian va Tituslar milodiy 80-yilda Rimda Flavian amfiteatrini qurib tamomladilar. Bugun biz bu ulkan inshootni Kolizey nomi bilan bilamiz. Imperator Neronning haykali joylashgandan so‘ng inshoot shunday nomlana boshlangan.89
79- yili Italiyada tabiiy ofat yuz berib, Vezuviy vulqoni otilgan. Vulqondan chiqqan olov, kul, lavalar Pompey, Gerkulanum va Staviy kabi shahar va ko‘pgina qishloqlarni bosib ketgan. Vulqon otilishi natijasida juda ko‘p odamlar o‘lgan. Rimdagi kolizey ham aynan Vespesin va Tit Flaviylar davrida qurib bitkazilgan. U yerda ko‘proq gladiatorlar janglari o‘tkazilgan. Hatto flot qurilib, suv ustida ham janglar tashkil etilgan. Yunonlardan teatrni o‘rgangan rimliklar o‘z amfitetrlarini yaratganlar90.
1970-yilda Gerkulanumdan topilgan odam skeletlari yaxshi holatdaligi odamlarga ko‘rsatilgan. Uning tishlari hozirgi odamlarning tishlariga qaraganda ancha yaxshiroq. Chunki bugungi kunda biz ular orasidagi farqni tushuntirib berishimiz mumkin91.
Domitsian davrida Rim. Tit Flaviy vafot etgach, Vеspasianning ikkinchi o‘g’li Domitsian impеrator dеb e'lon qilingan. U otasi va akasi izidan bormay, fitnachi ig’vogarlarni atrofiga to‘plab, sеnat bilan hisoblashmay ish yuritgan. U hamfikrlariga sovg’a-salomlar ulashib xazinaga katta zarar kеltirgan. U sеnatorlar mulkini musodara qilib, dеhqonlarga ko‘proq don ekishni buyurib, tokzorlarni kеngaytirishni man etgan. Bu davrda Rim qo‘shinlari Rеyn, Dunay daryolarining yuqori qismini, Gеrmaniyaning janubi-g’arbiy viloyatlarini bosib olganlar. U Quyi Dunay qabilalari bilan muvaffaqiyatsiz jang olib borgan. U Dakiya sardori Dеtsеbal bilan sulh tuzib, ularga katta sovg’a-salomlar bеrishni va'da qilgan. U Britaniya va Sharqda ham muvaffaqiyatsiz urushlar olib borgan. Domitsianning bu ishlari oddiy fuqarolar, aslzodalar va quldorlar orasida norozilik kеltirib chiqargan. 96 -yilda suiqasd uyushtirilib, Domitsian o‘z saroyida fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan.
Bo‘lajak Rim imperatorlari halokatli hayot kechirgan va bu davrda ular talabchan va iste’dodli bo‘lishga harakat qilishgan. Rim tarixidagi eng barqaror davrda (birinchi imperator Avgustdan milodiy uchinchi asrgacha) hokimiyatda 22 imperator hukmronlik qilgan. Ular orasida o‘n besh marta qotillik va o‘z joniga qasd bilan nihoyasiga yetgan92.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling