Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Rim saltanatining “Oltin davri” (Antonin Piy printsipati)
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
Rim saltanatining “Oltin davri” (Antonin Piy printsipati).
Adrianning o‘z farzandi bo‘lmaganligi bois o‘lim to‘shagida yotgan chog’ida eng zodagon va g’oyat boy sеnatorlardan birini, galliyalik Tit Avrеliy Antoninni o‘ziga voris qilib qoldirishga qaror qiladi. Adrian vafot etgach, Tit Avrеliy Antonin impеrator etib saylanadi va unga Antonin Piy dеb nom bеriladi. Rim tarixchilari kеyinroq ularga ergashib Yevropa tarixchilari ham Antonin Piy davrini (milodning 138-161 yillari) “Oltin davr” dеb ataganlar. Biroq hozirgi vaqtda obidalardan matеriallarni o‘rganish natijasida Rim impеriyasining II asri o‘rtalaridagi ahvoliga bеrilgan bu tavsifni shartli ravishdagina qabul qilishga to‘g’ri kеladi. Impеrator Antonin Piyni xatto ko‘klarga ko‘tarib yozilgan tarjimai holida ham “u o‘zining lеgatlar vositasi bilan juda ko‘p urushlar qilgan” dеb yozilgan. Uning davrida Rim qo‘shinlari Britaniyada, Mavritaniyada istilochilik urushlari olib boradilar. Rimliklar daklar qo‘zg’olonini bostirib, chеgaradagi alan va gеrman qabilalarining hujumlarini qaytarib turadilar. Bu ishlarning barchasi katta harbiy kuch, moddiy rеsurslarni talab qilardi. O‘rta dеngiz sharqiy qismi sohillaridagi viloyatlarni xonavayron qilgan tabiiy ofat ham katta qiyinchiliklar tug’dirib, kuchli zilzila Egеy arxipеlagi orollarini va kichik Osiyoni ham tеbratib o‘tgan. Rodos shahri va Kichik Osiyodagi shaharlar qattiq vayron bo‘lgan. Bundan tashqari Rim, Narbon, Antioxiya, Karfagеn shaharlari katta yong’inlardan qattiq zarar ko‘rganlar. Milodning 152-yili Misr, Falastin, Rimning boshqa viloyatlarida qo‘zg’olonlar, Rimda esa oziq-ovqat yеtishmovchiligi oqibatida g’alayonlar boshlanadi. Antoniy ijtimoiy himoya choralarini bеlgilab poytaxt aholisining eng kambag’al qismiga ko‘plab bеpul vino, un va yog’ tarqattiradi. Xayr ehson fondi kеngaytiriladi. Ijtimoiy kеskinlik muhitini yumshatish maqsadida xo‘jayinlarning o‘z qullariga nisbatan mavjud huquqini chеklaydi, u qulni o‘ldirishni erkin fuqaroni o‘ldirish bilan baravar qo‘yadi va xo‘jayinning jabr-zulmidan qochib, ibodatxonalardan boshpana qidirib kеlgan qullarni egalariga qaytarmaslik to‘g’risida qaror chiqaradi. 161- yili Antonin Piy vafot etgach, taxtga uning o‘gay o‘g’illari Mark Avrеliy va Lutsiy Vyerlar o‘tirganlar. Lutsiy Vеr vafotiga qadar (milodiy 169-yili) impеriyani ular rasman birgalashib idora qilishgan bo‘lsa-da, aslida ularning kattasi Mark Avrеliy saltanatga xukmdorlik qilgan edi. (169-180 yillar). U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko`ra oladigan siyosatchi sifatida o`z oldiga turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurslarini to`la tugagani va Sharqda bosqinchilik siyosatining samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo`yicha chegaralarni tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo`yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan. Adrian qo`shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki latin fuqaroligi bo`lmagan provinsiya aholisidan to`ldirishga ruxsat berdi. Cchunki qo`shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil qildi. Kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko`plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi. Provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o`rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko`plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalari, mashhur Rim panteonini bunyod qildi. Antoniylar sulolasining taniqli vakillaridan biri, tarixda taxtdagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy (161-180-yillar) edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo`lib, imperiya taqdiri uchun o`z ma’suliyatini to`la anglab yetgan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bordi. Senat tarkibiga ko`pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo`lgan nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy 19 yil hukmronlik qildi. Unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 180-yil 59 yoshda Vindobana (Vena) shahrida vafot etdi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo`ri 18 yoshli o`g`li Kommod (180-193-yillar) imperator bo`ldi. Antoniylar sulolasining so`nggi vakili Kommod qo`pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o`limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180-yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvni o`zining ochko`z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo`liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo`lgan imperator o`zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi. Omma oldiga arslon terisini yopinib, yelkasida kaltak bilan paydo bo`lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo`qotib, kalendarning barcha oylarini o`z nomiga o`zgartirdi. Hatto, Rimning nomini o`zgartirib, uni “Kommod” shahri deb atashga buyruq berdi. Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin u amalga oshmadi. Shundan so`ng, senatorlar toifasiga qarshi taqib-qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakatlari, daklar va markomannlar qo`zg`olonlari qo`shin tomonidan zo`rg`a bostirildi. 192-yilning oxirgi kunida aqlsiz imperatorning mashuqasi Marsiya va qo`riqchilar boshlig`i fitnasi natijasida Kommod o`ldirildi. Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo`lida to`plana boshladi. Senat o`z siyosiy mavqeini yo`qotishi bilan uning tarkibi ham o`zgardi. Respublika davrida yuqori mavqega ega bo`lgan zodagon oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalarning qurboni bo`ldilar. Qolganlari esa, kambag`allashib qoldi. Prinsipatning birinchi yillarida ularning o`rnini suvoriylar, munisipiylardan chiqqan boy zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo`l ochildi. Vespasian davrida senatga munisipiylar, koloniyalar va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so`nggida kelib chiqishi gallardan bo`lgan kishilar senatga kiritildi. Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko`pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo`qoldi. Rim jamoa huquqlarini bir shahar-davlat sifatida o‘zining yangi dunyosida hukmronlikni amaliy ta’qib ostida boshladi. Faqat uzoq va ba’zan zo‘ravonlik jarayoni sinov va xatolik bilan yakka hukmronlikka asoslangan imperiyaning siyosiy tizimini yaratishga erishdi. Rim bosqinchiligi va imperiya binolari uzluksiz tajriba, yangilik va moslashishdek bir jarayon kabi ifodalanadi93. Prinsepslar hokimiyatining yana bir tayanchi suvoriylar toifasi edi. I-II asrlarda suvoriylar savdo-moliya zodagonlari mavqeini saqlab qoldi. Lekin bu davrda suvoriylar xizmatdagi odamlkarga aylana boshladi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o`zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munisipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, eng avvalo, boyib ketgan moliya zodagonlari, o`rta qatlamni esa, davlat xizmatiga ko`tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriylarga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps mulklarining boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xizmati qo`riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar prinsepsning shaxsiy devonxonasida xizmat qila boshladilar. Shu vaqtgacha prinsepsning shaxsiy devonxonasida barcha ishlarni imperatorlarning ozod qo`yilgan qullari bajarar edi. Avgurt davridan suvoriylar toifasining vakili uchun eng oliy daraja pretor prefekti lavozimi bo`lib, undan keyingi o`rinda Misr prefekti turar edi. Suvoriylar toifasi imperator hokimiyatining mustahkamlanishiga va imperator boshqaruvining oqilona bo`lishiga yordam berdi. Imperatorlar shahar plebeylariga nisbatan respublika davri Rim zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda avvalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar edi. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bilan, ko`pchiligi davlatdan tekin non olib, zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar edi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling