Rim imperiyasining ikkiga bo`linishi. Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayda hokimiyatdan voz kechdilar. Taxtdan voz kechgan Diokletian Salonaga ko`chib borib, u yerda gul va sabzavot yetishtirish bilan shug`ullandi. U 313-yil 68 yoshida vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperator deb e’lon qilindi. Vorislar o`rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda
Diokletianning yordamchilaridan birining o`g`li Konstantin (280-337-yillar) g`olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib borib, Rim imperiyasining yagona hukmdoriga (306 yildan imperaтor) aylandi. Konstantin imperiyaning to`rtga bo`linishini saqlab qoldi, lekin boshqaruvni birov bilan baham ko`rish tizimini yo`q qildi. Endilikda imperiya qismlarini unga bo`ysunadigan prefektlar boshqardi.
Konstantin uzoqni ko`ra oladigan aqlli siyosatchi edi. U 200 yildan beri ta`qib etilayotgan nasroniy dinining kuch-qudratini davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o`rnini anglab yetdi. Shu sababli, u 313-yil o`zining Milan edikti bilan nasroniylik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi97.
Tayanch tushunchalar: Domitsian, sеnator, M.Koktsеy Nеrva, impеrator, lеgion, lеgat, Mark Ul'niy Trayan, Dunay, daklar, Dakiya, Detsеbal, Parfiya, Sеnay yarim oroli, Misr, Suriya, Adriyan, Trayan, Publiy Eliy, Misr, Kirеnaika, Yaxudiya, Britaniya, Mavritaniya, Simon, Zеvs, Fiva, Tit Avrеliy
Mustahkamlash uchun savollar:
Trayanning tashqi siyosati qanday maqsadlarni ko‘zlar edi?
Adrian davrida mudofaa siyosatiga o‘tilishining omillari nimalardan iborat?
Antonin Piy davri “Oltin davr” dеb atalishini nima uchun shartli ravishda qabul qilish mumkin?
Qanday siyosat impеrator Kommodni halokatga yеtaklagan edi?
Rim impеriyasida milodning II asri oxiridan boshlangan iqtisodiy tushkunlikning siyosiy, ijtimoiy sabablari nimada?
Alеksandr Sеvеr toifalar sohasida qanday siyosat olib boradi?
Rim xukmdori Dioklеtianning dominat tartibining majburiyatini tushuntirib bеring.
Do'stlaringiz bilan baham: |