Yahudiylik dinining xususiyatlari
Download 1.1 Mb.
|
Yahudiylik dinining xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
Yahudiylik dinining xususiyatlariIudaizm, iudaizm — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston yarim orolningshimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-asrda Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urfodatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) qabilasining nomidan olinganDastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Mil. av. 10—6-asrlarda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urfodatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziqovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliklar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr I.i (modernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-asrlar)ning , keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadiE’tiboringiz uchun rahmatDownload 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling