Chirchiq davlat pedagogika uiversiteti gumanitar fanlar fakulteti


Sunna bosqichining mohiyati. Shariat va islom axloqi. Mintaqa


Download 133.5 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1149174
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NORBOYEVA KURS ISHI

2.2. Sunna bosqichining mohiyati. Shariat va islom axloqi. Mintaqa
ma’naviyatida Rasululloh ibrati.
Musulmon huquqi - shariat va fiqh asoslarini shakllantirish ham shu davrdan boshlandi. Imom A’zam - Abu Hanifaning yaqin shogirdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731-804) va Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi bo‘ldilar. Imom Abu Yusuf islom dunyosining birinchi qoziulquzzoti (qozilar qozisi - bosh qozi) qilib tayinlandi. Imom Muhammadning «Al-Mabsut» (yoki «Kitob al-asl fil-furu» - «Juz’iy masalalarning asoslari»), «Kitob al-jome’-alkabir», «Kitob al-jome’ as-sag‘ir» kabi asarlari bu sohada yaratilgan keying barcha ishlarga dasturulamal vazifasini o‘tadi.
Sunna bosqichining ikkinchi ulug‘ muvaffaqiyati islom axloqining mintaqada puxta shakllanuvidir. Payg‘ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Undagi ota-onaga munosabat, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da’vat, o‘zaro mehr, inoqlik, mehmondo‘stlik, etimparvarlik, vafo va sadoqat, mehnatsevarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimiyat va rostgo‘ylik xislatlarining birinchi o‘ringa qo‘yilishi insoniyat uchun bebaho ma’naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, islom axloqi ma’naviy qadriyatlarning tasodifiy to‘plami emas, balki munazzam va mukammal bir tizim holiga keltirilgani bo‘lib, albatta, bunda buyuk muhaddislar, birinchi navbatda, yurtdoshimiz Imom Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir. Payg‘ambarimiz sunnatlarining ibratli o‘rinlari nihoyatda ko‘p. Misol tariqasida u zotning ahli ayolga munosabatiga e’tibor beraylik.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz, janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Tag‘in, biror baloga giriftor bo‘lib qolmaylik!» deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so‘z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo‘rqar edik. Janob Rasululloh (S.A.V.) vafot qilganlaridan so‘ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo‘ldik» Ushbu hadis mazmunidan ko‘rinib turibdiki, Payg‘ambarimiz ayollariga aslo qo‘pol muomala qilmaganlar, natijada boshqa sahobalar ham o‘z ahli ayollariga ehtirom va yumshoqlik bilan muomala qilishni o‘rganib borganlar. Darhaqiqat, Muhammad (S.A.V.) biror ayolning ko‘ngliga zarra ozor berganlari, xafa qilganlari haqida hech bir hadisda biror ishora yo‘q, aksincha, ayollar Payg‘ambarimizga nisbatan ba’zan ozor beruvchi xattiharakatga yo‘l qo‘ysalar ham, u zot nihoyatda halimlik bilan javob qilganlar. Albatta, u kishi har bir inson singari ayollarning ham o‘ziga yarasha kamchiligi bor ekanini sezganlar, ammo urish-so‘kish, qattiq gapirish, izza qilish orqali bu kamchiliklarni aslo tuzatib bo‘lmasligi, faqat sabr, yumshoq muomala va shaxsiy namuna bilan ta’lim berilsa, ta’sirli bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilgan va bu odobga izchil amal qilganlar. Demak, sunnaga amal qilgan kishi, ko‘p xotin olish haqida emas, ahli ayol ko‘nglini ranjitmaslik haqida qayg‘urishi islom axloqiga munosibdir.
Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish islom axloqining, Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo‘nalishidir. Tahorat, g‘usl masalalari, misvokdan foydalanish (ya’ni, tishni toza tutish) tashqi ozodalik talablari bo‘lsa, haromdan, yolg‘on so‘z, g‘iybat, tuhmat, zinokorlik, o‘zga haqiga xiyonat, nohaqlik va zulmga yo‘l qo‘ymaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir. Bular barchasi ham Qur’oni karimda, ham Rasululloh sunnatlarida juda qat’iy qilib qo‘yilgan.
Shunday qilib, Sunna bosqichining asl mohiyati, uning ibrat ma’rifati asosiga qurilganligidadir, ya’ni Sunna Alloh hidoyat etgan Haqiqat yo‘liga (asSirot al-mustaqim - to‘g‘ri yo‘l) Rasululloh Muhammad (S.A.V.)ning hayot va tafakkur tarziga taqlid etish, undan ibrat olish orqali erishishni nazarda tutadi.
Payg‘ambarimiz va ul zotning yaqin kishilari (sahobalari) hayoti davomida musulmon jamoasi («umma»)ga birlashib qanday qadriyatlarga amal qilgan bo‘lsalar, ushbu yashash tarzi keyingilarga ham o‘rnak va namuna bo‘lmog‘I Sunna ma’naviyatining o‘zak tomiridir.
Sunna davrida payg‘ambarimizning hayot yo‘llari haqida dastlabki mukammal asarlar - Ibn Ishoq (704-707) va Ibn Hishom (vafoti 834 yillar) «Sira»lari («Sirat ar-Rasululloh») vujudga keldi. Bu kitoblar oddiy tarjimai hol emas, balki Allohning payg‘omini ahli basharga etkazish vazifasi yuklangan shaxs - Rasululloh haqida bo‘lib, diqqat markazida risolat (payg‘ambarlik - messiya) masalasi turgani uchun asarning Muqaddima qismida Muhammad (S.A.V.)dan oldin o‘tgan payg‘ambarlar haqida ham axborotlar berilgan edi. Ushbu an’ana keyincha rivoj olib, hazrati Muso alayhissalom va boshqa payg‘ambarlar hayoti va faoliyati haqida ham batafsil xabar beruvchi kitoblar yaratila boshlandi.
Bu davrda Muhammad (S.A.V.)dan boshlangan Qur’on tafsirlari an’anasi ham rivoj oldi, keng ma’nodagi adab ilmiga asos solindi. Ibn al-Muqaffaning (724-759) «Al-Adab as-Cag‘ir», «Al-Adab-al-Kabir» asarlari yozildi. Xalil ibn Ahmad (718-792) lug‘atshunoslik asoslariga bag‘ishlangan «Al-Ayn» asari tarkibida aruz ilmining nazariy asoslarini yaratib, ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikka zamin hozirladi. Keyingi asr oxirida Ibn al-Mutazz (861-908) adabiyotshunoslikning yana bir tarkibiy qismi «ilmi bade’» (she’riy san’atlar haqida ilm)ni kashf etdi. Arab mumtoz she’riyatining asoschilari Abu Nuvas (762-813), Bashshar ibn Burd (714-784), Abul Ataxiya (718-825) kabi ulug‘ shoirlar, Al-Johiz (775-868) kabi adiblar shu davrda yashab ijod etdilar. Shu zabardast siymolar orasida islom davrining ilk turkiy shoiri Adib Ahmad ham bor edi.
Alisher Navoiy guvohlik berishicha, islom turkiy she’riyatining bu to‘ng‘ich shoiri hanafiya mazhabining asoschisi Abu Hanifa an-Nu’mon bin Sobit - Imomi A’zam (699-767)ning eng sevimli shogirdlaridan bo‘lib, ko‘zi ojiz bo‘lsa ham, dil ko‘zi nihoyatda ravshan va tiyrak edi. Yurtdoshimiz Adib Ahmaddan bizgacha turkey adabiy tilda yozilgan «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») dostonining XV asrda ko‘chirilgan bir necha nusxasi va Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan yana 1-2 parcha etib kelgan. Adib Ahmad birinchilardan bo‘lib Rasululloh hadislariga she’riy sharhlar bag‘ishlagan alloma shoirdir. Uning ilm fazilati, johillikning kasofati haqida o‘n bir asr ilgari aytgan hikmatlari hanuz dolzarbligini yo‘qotgan emas.
Shunday qilib VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyati shakllandi va uning dastlabki bosqichi - Sunna - o‘zining eng oliy yutuqlariga erishdi. Bu yutuqlar, avvalo, islom axloqi asoslarining mukammal tizimi vujudga kelganligi, shariat va fiqh ilmi, manbashunoslik va matnshunoslik nazariyasi va amaliy tarjibalarining shakllanishi, adab ilmi, dastlabki Qur’on tafsirlari, qiroat ilmi, she’riyat nazariyasi, sarfu nahv (grammatika), lug‘atshunoslik va boshqa ilmlarga asos solina boshlaganligi bilan belgilanadi. Bunday ulug‘ ma’naviy boylikning vujudga kelishi va rivojida mintaqaning barcha xalqlari, ayniqsa, arab, fors, turk elatlarining hissasi katta bo‘lib, jumladan, bizning vatandoshlarimiz - Adib Ahmad Yugnakiy, Imom Muhammad al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy kabi allomalar qo‘shgan ma’naviy ulush butun jahon afkor ommasi tomonidan tan olingandir.
Insoniyat tarixida minglab payg‘ambarlar o‘tgan. Ularning oxirgisi («Xotimat-un-nabi») Muhammad (S.A.V.) arab qabilalarinngi yagona millat sifatida shakllanishida etakchi o‘rin tutdi. Ammo Qur’oni karim asosida shakllangan Tavhid e’tiqodi va «umma» tushunchalari faqat arablarni birlashtirishgagina qaratilgan bo‘lmay, balki butun insoniyatni, balki butun tabiat, koinot, Borliqni yaxlit bir mohiyat sifatida anglab etish imkonini beradi. Ammo bu Oliy mazmunga xalqlar osonlikcha etishgani yo‘q. Dastlab, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlarida umummintaqa islom madaniyati shakllanishiga g‘oyaviysiyosiy zamin yaratildi. Abu Muslim qo‘zg‘oloni va Ma’munning (813-833) xalifalik taxtini egallashi jarayonida mintaqada arabiy, eroniy, turkiy millatlarning o‘zaro siyosiy-ijtimoiy muvozanat holati vujudga keldi. Harbiylar ko‘proq turkey xalqlar vakillaridan, vazirlar va saroy amaldorlari eroniylardan, diniy nufuz egalari arabdan bo‘lishi an’anaga aylandi. Keyinroq she’riyat asosan fors tilida, aniq fanlar arab tilida yozila boshlandi. Ana shunday sharoitda IX-XV asrlar mobaynida turli xalq namoyandalari ishtirokida yagona mintaqa madaniyati shakllandi. Va turkey millat vakillari ham ushbu umumiy merosga sezilarli ulush qo‘shdilar.
Sunna bosqichining asosiy yutuqlari
1. Payg‘ambarimiz (S.A.V.) davridan Tavhid e’tiqodi asosidagi insoniy birodarlik jamoasi - “umma” tushunchasi shakllana boshlagan bo‘lsa, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan (750 yil - Abu Muslim qo‘zg‘oloni va Abbosiylarning hokimiyatga kelishi, 813-yilda Ma’munning xalifalik taxtiga o‘tirishi natijasida) mintaqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlar aro siyosiy qudratda o‘ziga xos muvozanat holati vujudga keldi, ya’ni Islomning asl g‘oyasi - musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo‘lishiga voqe’ imkon tug‘ildi.
2. Turli islomiy mazhablar (xanafiya, shofe’iya, molikiya, xanbaliya, ja’fariya), ya’ni islom e’tiqodiga oid qarashlar va amallarning ba’zi farqlarga ega bo‘lgan besh yo‘nalishi shakllandi , va bora-bora ular orasida bir-birini inkor etmaslik va o‘zaro hurmat munosabatlari o‘rnatildi. Bunday turli talqinlar aro o‘zaro murosa holati oxir natijada e’tiqod masalalarida taassub (fanatizm) va bir yoqlama aqidaparastlik xavfining oldini olishga asos bo‘ldi.
3. Musulmon huquqi - shariat va fiqh asoslarini shakllantirish boshlandi. Imom A’zam - Abu Hanifa an-Nu’mon bin Sobit (699-767) va uning yaqin shogirdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731-804) va Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi bo‘ldilar.
4. Payg‘ambarimizning hayot yo‘llari haqida dastlabki mukammal asarlar - Ibn Ishoq (704-707) va Ibn Hishom (vafoti 834 yillar) “Sira”lari (“Sirat ar-Rasululloh”) vujudga keldi. Bu kitoblarning asosiy g‘oyasi risolat (payg‘ambarlik - messiya) masalasi bo‘lib, ular keyinchalik umuman payg‘ambarlar hayoti va faoliyati haqida batafsil xabar beruvchi kitoblar -“Qisas ul-anbiyolar” yaratish an’anasiga asos namuna bo‘ldi.
5. Qur’on tafsirlarini tadvin qilish (mukammal tafsir kitoblari tuzish) an’anasi rivoj oldi.
6. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-720) davridan Muhammad (S.A..V.) hadislarini jamlash rasmiy tus olib, Imom Malik ibn Anas (713-795)ning “al-Muvatto”, Imom Shofe’iy
6 Sahih (ishonchli) hadis to‘plamlari yaratildi. Ularning mualliflari: Abu Abdulloh Ismoil alBuxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Xajjoj (819-874), Abu Iso Muhammad ibn Iso atTermiziy (824-874), Abu Dovud Sulaymon (817-888), Ahmad an-Nasoiy (830-935), Abu Iso Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824-886) kabi mashhur muhaddislardir.
7. Rasululloh (S.A.V.) hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Ulardagi ota-onaga ehtirom, ilmga intilish, sabrbardosh, shukronalikka da’vat, o‘zaro mehr, inoqlik, mehmondo‘stlik, etimparvarlik, vafo va sadoqat, mehnatsevarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimiyat va rostgo‘ylik xislatlarining birinchi o‘ringa qo‘yilishi insoniyat uchun bebaho ma’naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Ular asosida islom axloqining munazzam va mukammal bir tizim holida mintaqada puxta shakllanuvi bu davrning nihoyatda muhim hodisasi edi.
8. Adab ilmiga asos solindi , she’riyat, filologiya ilmlari rivojlandi. Ibn al-Muqaffaning (724-759) “Al-Adab as-Cag‘ir”, “Al-Adab-al-Kabir” asarlari, Xalil ibn Ahmadning (718-792) lug‘atshunoslik va aruz ilmining nazariy asoslariga bag‘ishlangan “Al-Ayn” asari dunyoga keldi. Arab mumtoz she’riyatining asoschilari Abu Nuvas (762-813), Bashshar ibn Burd (714-784), Abul Ataxiya (718-825) kabi ulug‘ shoirlar, Al-Johiz (775-868) kabi adiblar, ilk bora Rasululloh hadislariga turkiy tilda she’riy sharhlar bag‘ishlab doston yozgan alloma shoir Adib Ahmad shu davrda yashab ijod etdilar.
XULOSA
Mustaqillikning dastlabki yillari ba’zilar, ko‘p ham mulohaza qilib o‘tirmay, xalqimiz aksariyati musulmonlar, shunday ekan, dunyoqarashimiz ham islomiy bo‘lishi kerak, degan fikrlarni ham o‘rtaga tashlashdi. Ammo, avval islom o‘zi nima, din va dunyoqarash bir narsami, deb o‘ylab ko‘rmasdan muammoni bunday “oson” hal qilishga urinish biror tayinli natija berishi qiyin. Musulmon olamida azaldan dunyoqarashlar xilma-xilligi mavjud bo‘lib kelganligini tarixga bir nazar tashlagan odam bilib oladi. Bundan tashqari, turli dinlar dunyo xalqlarini turli toifalarga ajratib keladi, ma’naviyat esa insonlarni bir-biridan uzoqlashtiruvchi emas, birlashtiruvchi omil bo‘lsagina, chin ma’noda ma’naviyatdir. Biz “islom dini” desak, xristian, yaxudiy, mazdayasna dinlaridan farq qiluvchi e’tiqodni tushunamiz, ammo, “islom ma’naviyati”, ya’ni, ilohiy ta’limotning ma’naviyatga (qalb tarbiyasiga, botiniy kamolotga) tegishli qismi, insonlarni bir-biridan ajratuvchi emas, yaqinlashtiruvchi xususiyatga ega. Aniqrog‘i, o‘zgacha fikrlovchi insonlarni tushunishga qaratilgan, o‘z ruhiy olamini Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilish ma’naviyat belgisidir.
Xullas, milliy ma’naviyatimizning o‘ziga xos dunyoqarash tizimi mavjuddirki, uni anglab etish uchun milliy ma’naviy merosimizni xolis o‘rganmoq, uni qalb orqali o‘tkazmoq zarur. Xususan, bizning milliy dunyoqarashimiz ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy dunyoqarashida o‘zining eng mukammal ifodasini topgan desak, ko‘p ham yanglishmagan bo‘lamiz. Faqat, Alisher Navoiy dunyoqarashini teran anglab etishimiz uchun milliy ma’naviyatimiz tarixiy takomilining ungacha o‘tgan bosqichlarini yaxshi bilishimiz kerak bo‘ladi.
“Din xalq uchun afyundir” deguvchilar insonning eng muhim ehtiyojlaridan bo‘lmish imon ehtiyojini tan olmaydilar yoki nazarga ilmaydilar. Imon-e’tiqod ehtiyoji, agar u samimiy inson bo‘lsa, hatto dahriyda ham bo‘ladi. Faqat u o‘z botiniy ehtiyojini ko‘pchilik e’tiqod qiluvchi dinlardan emas, turli ”izm”lardan qidiradi yoki shaxsan o‘zi uchun alohida e’tiqod tizimi yaratishga urinadi. Bu, albatta, insonga xos kibr va gumrohlikning nishonasi, xolos. Yo‘q, narsani kashf etishga urinishdan ko‘ra, ko‘pchilik tan olgan narsani tushunib, mohiyatan anglab etishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo‘ldir.
Alloh imonli odamning qalbida bo‘ladi. Imonli odam imonini birovning «boshini urib yorish»ga vosita qilmaydi. “Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”, deydi I.A. Karimov8
Bu shunchaki gap emas. Ayni shu ma’no Allohning kitobida qator oyatlar mazmunini tashkil etadi. Qur’oni karim “Nur” surasining 35-oyatida esa bu g‘oya bevosita ifodalangan. Keyinchalik bu g‘oya payg‘ambar hadislarida, buyuk tasavvuf shayxlari, piri murshidlarning hikmatlarida mukammal sharhlab berildi.
Qalbni, ko‘ngil ko‘zgusini poklash avvalo imon-e’tiqoddan boshlanadi. “Ezgulikka sadoqati bo‘lmagan, biror narsaga ixlos qo‘ymagan, ishonmagan odam qo‘rqinchlidir”, deb ogohlantiradi Prezident. Albatta, ma’lum bir davrda kommunistik g‘oyaga ham samimiy ishonganlar bo‘lgan, sof vijdonli dahriylar ham hayotda uchrashi mumkin. Ammo dahriylik inson tarixida alohida holatlarda bir-bir namoyon bo‘luvchi hodisa. Din esa asrlar davomida million-million insonlarning e’tiqodini shakllantirib kelgan. Jumladan, islom dini XIV asrdan beri ulug‘ bir mintaqada insonlar tafakkur yo‘nalishiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. O‘z vaqtida biz Imomi A’zam, Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va hokazo yuzlab jahonshumul ulug‘ allomalarning e’tiqodini “afyun” deb e’lon qildik va aslo etimizga o‘ylab ko‘rmadik-ki, “xo‘sh, ular yaratgan ulkan ma’naviy merosga o‘zimiz bir misqol qo‘shish qudratiga egamizmi?” Mustaqillik bizga imonimizni, e’tiqodimizni qaytarib berdi. “Islom dini bu ota-bobolarimiz dini, - deydi I.A. Karimov,-u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik”
Bugungi kunda diyonat, axloq tushunchalari imon-e’tiqoddan ajralmas ekanligi ravshan bo‘lib qoldi. Ammo islom ma’rifati masalasida hanuz jiddiy xulosaga kela olmay, gumon aralash turibmiz. Ongimizni marksizm aqidalari tugal tark etmas ekan, bu masalada uzil-kesil xulosaga kelishimiz, albatta, mushkul.
Chunki tug‘ilganimizdan buyon marksistik mafkura bizning yoshimizdagi avlodga birdan-bir haqiqiy ilm - faqat hayotni materialistik idrok etishga asoslangan ilmdir deb uqdirib kelgan. Yaqin o‘tmishda shunday yalpi targ‘ibot ta’sirida ta’lim olgan ko‘pchilik tengdoshlarimiz (ustozlarimiz ham) “ilm boshqa, din boshqa” degan aqidani tark etishga botinmay turishipti. Diniy ilmlarni haqiqiy ilm qatoriga qo‘shish mumkinligiga shubhalari to‘liq tarqagan emas. Aslida esa ilm faqat aqlga tayanmaydi. Ayniqsa, ijtimoiy soha, ma’naviyatga aloqador sohalarda aqliy va naqliy ilmlar mutanosibligi muhim o‘rin tutadi. Bizgacha o‘tmishdan etib kelgan kitoblar ham ikki toifa – 1) ilohiy matnlarga tayanuvchi, ya’ni “vahiy” orqali etib kelgan, 2) insoniy matnlar asosidagi, ya’ni insonlar ijod etgan kitoblar. Bulardan birinchilarining mazmuni azaliy va abadiy mohiyatga tutashadi, ikkinchilari esa muayyan zamon va makonda yashab o‘tgan insonlarga tegishli bo‘lgani tufayli, ayni o‘sha zamon va makonning ta’siridan xoli emas, ya’ni ularga mutlaq haqiqat sifatida yondoshish noto‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, Qur’on oyatlari mazmuni o‘zida mutlaq haqiqat sirini yashirgandir, ammo uning turli tafsirlari mufassirlar shaxsi bilan, ularning turlicha talqini bilan bog‘liq. Ilmlarni turlarga ajratadigan bo‘lsak, masalan, maqsad yo‘nalishiga ko‘ra farqlash mumkin. Shunda dunyoviy maqsadlarga yo‘nalgan yoki uxraviy (oxiratga, ya’ni bu dunyodagi faoliyatimizning u dunyodagi oqibatiga oid) maqsadlarga yo‘nalgan ilmlar haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Ma’naviyat ayni dunyoviy va uxraviy (oxiratga, ya’ni bu dunyodagi faoliyatimizning u dunyodagi oqibatiga oid) maqsadlarimizni uyg‘unlashtirishga oid sohadir. Xulosa qiladigan bo‘lsak, Haq yo‘lida qilinadigan har qanday ilm haqiqiy ilmdir va u inson ruhini poklashga xizmat qiladi, ilmda haqiqatdan har qanday chekinish esa jaholatga olib keladi.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling