Chirchiq davlat pedagogika uiversiteti gumanitar fanlar fakulteti
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 133.5 Kb.
|
NORBOYEVA KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. MARKAZIY OSIYO XALQLARI MA’NAVIYATI 1.1. Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi islom dini va uning mintaqamiz doirasida vujudga kelishi va shakllanishini talabalarga yetkazib berish. Vazifasi esa yoshlarni dinimiz, madaniyatimiz, milliyligimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob 4 ta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mazkur kurs ishi 28 betni tashkil qiladi. I.BOB. MARKAZIY OSIYO XALQLARI MA’NAVIYATI 1.1. Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi Sosoniylar davrida zardushtiylik Eronda hukmron din bo‘ldi. Bu davrga kelib mazdayasna e’tiqodi allaqachon asl ma’nosini yo‘qotgan, asotir tafakkur ta’sirida tamomila mushriklik ruhidagi botil aqidalar bo‘tqasiga aylanib bo‘lgan edi. Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (S.A.V.)ga vahiy tushgan davrda ham Sosoniylar ko‘hna aqidalaridan voz kechmadilar. Xusrav II Parviz Rasululloh da’vatini rad qildi va sulola tanazzulini boshlab berdi. Shunday qilib, Yangi era boshlanishida Qadimgi dunyo qadriyatlari bo‘hronli holatni boshdan kechirmoqda, butun ahli bashar qarshisida ulug‘ bir ma’naviy yangilanish ehtiyoji bunyodga kelgandi. Aslida ahli bashar ongidagi o‘zgarishlar Yaratganning inoyati bilan ancha ilgari boshlangan edi. Miloddan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim alayhissalom Zardusht singari ilk bora tavhid nuridan bahramand bo‘lgan bo‘lsalar, XIV asrga kelib hazrati Muso Kalimulloh yagona Tangri inonchini yahudiy qavmiga targ‘ib qildi. Milodiy era boshlaridan hazrati Isoyi Masih (Ruhulloh) va ul zotning havoriylari endi tavhid e’tiqodiga butun bashariyatni da’vat eta boshladilar. Iso (a.s.) nomi bilan bog‘langan e’tiqod 3 asr xalq orasida yoyilib borib, IV asr boshlarida Vizantiya imperatori ulug‘ Konstantin tomonidan xristian dini sifatida rasman tan olindi.1 Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karim 23 yil davomida (610-632) Makka shahridagi quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoniga mansub Amin (ishonchli) laqabli Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ga vahiy orqali nozil bo‘ldi. Muhammad Rasululloh oxirgi payg‘ambar bo‘lib, shu sababdan bu muhtaram zotni «Xotimat un-nabi», ya’ni «Payg‘ambarlar muhri (yo oxirgisi)» deb atashadi. Muhammad (S.A.V.) ilk oyatlar nozil bo‘lganda 40 yoshda, uylangan, 3 qizlarini turmushga chiqargan edilar. Ayollari Xadicha (raziallohu anho) o‘sha paytda 55 yoshlarda bo‘lib, avval boshidanoq Payg‘ambarimizning risolatlariga ishonch bilan qaradilar va ul kishini doimo quvvatlab turdilar. Birinchilardan bo‘lib islom e’tiqodiga imon keltirganlar payg‘ambarimizning yaqin do‘stlari Abu Bakr, jiyani Ali ibn Abu Tolib, tutingan o‘g‘illari Zayd va boshqalar bo‘ldi. Ammo yangi e’tiqod Payg‘ambarimizning ko‘pchilik yaqin qarindoshlari tomonidan ham yaxshi qabul qilinmadi. Amakilarining ko‘pchiligi avval qarshi chiqishdi, ulardan eng mehriboni bo‘lmish Abu Tolib butun umri davomida 2jiyanini himoya qilgan bo‘lsa-da, o‘zi islom e’tiqodiga imon keltirmadi. Abu Tolib va Xadicha onamiz vafotlaridan so‘ng Makka musulmonlari ancha qiynalib qolishdi va Rasululloh do‘stlari Abu Bakr bilan birga 622 yil yoz oxirlarida Makka shahridan Madina (o‘sha davrda Yasrib)ga yo‘l oldilar. Ularning izdoshlari ilgariroq ko‘chib o‘tishgan edi. Ushbu hodisa hijrat (ko‘chib o‘tish) deb ataladi va islom tarixida buyuk ahamiyat kasb etadi. Muhammad (S.A.V.) ning o‘z tug‘ilgan shaharlarini e’tiqod yo‘lida tashlab chiqishlari bilan islom e’tiqodi g‘alabasi boshlanadi, chunki Madina shahrining ko‘pchilik aholisi Rasululloh da’vatlarini qabul qilib, yagona Allohga imon keltirgan edi. Ushbu voqea 16 yildan keyin musulmon yil hisobining boshlanishiga asos bo‘ldi va shu sababli musulmon yil hisobi «hijriy era» deb ataldi. Islom dini asotir tafakkurga eng keskin va oxirgi zarbani berdi. Qur’oni Karimda «ilm» so‘zi asosidagi «alima» (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marta uchrashligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo‘lib, bu o‘zak faqat «Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «bo‘lmoq» va «gapirmoq» kabi eng ko‘p ishlatilgan o‘zak-so‘zlardan keyin beshinchi o‘rinda turar ekan. Rasulullohga ilk nozil bo‘lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni karim matni 96-surasi («Alaq»)ning birinchi oyatlari bo‘lib, shunday boshlanadi: «Iqra’ bi-ismi robbikallazi xalaq!» («Yaratgan rabbing nomi bilan o‘qi!»). Orada bir oyat o‘tib, yana «o‘qi!» so‘zi qaytariladi: «Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam». («O‘qi! Sening o‘ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o‘rgatdi»). 3 Shunday qilib, islom e’tiqodi avval boshidanoq insonni o‘qib-o‘rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishga targ‘ib qiladi. Islom dinining yana bir muhim xislati ahli bashar ma’naviy kamolotida tarixiy tadrijiylikni qat’iy qoida qilib belgilab qo‘yilganligidadir. Bu masala Qur’oni karimning ko‘p suralari jumladan, ikkinchi («Baqara») va uchinchi («Oli Imron») suralarining boshlang‘ich oyatlarida ochiq-ravshan ta’kidlangan bo‘lib, o‘zbekcha tarjimada quyidagicha ifodalangan: «Alif. Lom. Mim. Ushbu (ilohiy) Kitob (Qur’on) shubhadan xoli va (u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat (manbai) dirkim, ular g‘oyib (diniy xabarlar) ga imon keltiradigan, namozni mukammal o‘qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir. Yana, ular Siz (Muhammad)ga va Sizdan ilgari (o‘tgan payg‘ambarlarga) nozil qilingan narsa (ilohiy kitoblar)ga imon keltiradigan hamda oxirat (qiyomat) ga qat’iy ishonch hosil qiladiganlardir. Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzradirlar va aynan ular najot topuvchilardir». («Baqara» surasi, 1-5-oyatlar). Demak, mo‘’min bo‘lmoqning asosiy shart-laridan biri faqat Qur’onni emas, balki undan oldingi payg‘ambarlarga nozil etilgan kitoblarni ham yagona Alloh tomonidan yuborilganligini tan olishda ekan. Keyingi, «Oli Imron» surasining boshlang‘ich oyatlarida ushbu g‘oya yanada aniqroq qilib tushuntiriladi: «Alif. Lom. Mim. Alloh – Undan o‘zga iloh yo‘qdir. U tirik va abadiy turuvchidir. (U) Sizga (ey, Muhammad), Kitob (Qur’on) ni haqiqatan o‘zidan oldingi (ilohiy kitoblar) ni tasdiqlovchi holida nozil qildi. Tavrot va Injilni oldin nozil qilishi esa, odamlarga hidoyat (manbai) bo‘lishi uchun edi. (Endi esa) haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi (Qur’on) ni nozil qildi...» 4(«Oli Imron» surasi, 1-4-oyatlar). Bu oyatlarda Qur’onning Furqon (“haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi”) deb nomlanishi alohida ta’kid etilganki, bu ham chuqur hikmatga ega. Tarixiy tadrijiylik nafaqat Qur’onda, balki undan oldingi ilohiy kitoblarda ham ta’kid etilgan va ularda o‘zidan keyingi kitoblarga ishoralar mavjud ekanligi ma’lum. Qur’onda qayta-qayta ta’kidlanishicha, islom dinida Alloh oldidagi eng og‘ir gunoh shirk, ya’ni yagona Parvardigorga qaysi bir zotni sherik qilishga urinishdir. Barcha ilohiy kitoblarda olg‘a surilgan Tavhid (yaratuvchining yagonaligi va barcha mavjudot manbai ekanligi) g‘oyasi islomda o‘zining oliy darajadagi talqinini topgan. Islom ma’naviyatining qirralari rango-rang, mohiyati teran. Sanab o‘tganimiz ilmiylik va yozma madaniyatga tayanish, tarixiy tadrijiylik va tavhid izchilligi shular jumlasidandir. Qur’oni karim oyatlariga binoan insonning er yuzida xalifa ekanligining bir necha qayta ta’kidlanishi islom ma’naviyatining eng ulug‘ qadriyatlaridandir. Qur’oni Karimning juda ko‘p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga er va osmondagi barcha narsalar bo‘ysundirib qo‘yilganligi alohida uqdirib o‘tilgan.5 Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling