Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti
Download 28.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqguljaxon kurs ish (2)
Nuyutonning birinchi qonuni, tinch holat yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat o`zini tutib turish uchun hech qanday tashqi ta‘sir ni talab etmasligini tasdiqlaydi. Bu bilan jismning inertlik deb ataluvchi maxsus dinamik xossasi sodir bo`ladi. Mos ravishda Nuyutonning birinchi qonunini inersiya qonuni, tashqi ta‘sirlardan xolis jism harakatini esa inersiya bo‘yicha harakat deyiladi.
Moddiy nuqta tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini toki tashqi uni bu holatdan chiqarmaguncha saqlaydi. Biz mexanik harakat nisbiy va uning xarakteri sanoq sistemasini tanlanishiga bog`liqligi to`g`risida gapirib o`tdik. Shuning uchun: Nuyutonning birinchi qonunida qaysi tinchlik va to`g`ri chiziqli tekis harakat to`g`risida gapirilyapti? Bu qonunni bajarilishi uchun qanday sanoq sistemasini tanlashimiz kerak?, – degan tabiiy savollar yuzaga keladi. Javobni faqat tajribadan olish mumkin. Ma‘lum bo`lishicha, Nuyutonning birinchi qonuni hamma sanoq sistemalarida ham bajarilavermaydi. Masalan, tinch turgan suvda tekis va to`g`ri chiziqli harakatlanayotgan kema kayutasining tekis polida harakatsiz yotgan shar, unga boshqa jism tomonidan hech qanday ta‘sir bo`lmasa ham u pol bo`ylab harakatga kelishi mumkin. Buning uchun kema yo`nalishini yoki yurish tezligini o`zgartira boshlashi, ya‘ni tezlanish bilan harakat qila boshlashi yetarlidir. Sanoq sistemaga nisbatan inersiya qonuni bajarilsa, uni inersial sanoq sistemasi deyiladi. Tabiiyki, agar bunday sanoq sistemasini ko`rsatib bo`lmaganda, Nuyuton birinchi qonuni o`zining barcha ma‘nosini yo`qotgan bo`lur edi. Demak, Nuyuton birinchi qonunining ikkita tasdig`i bor: birinchidan, hamma jismlarga inertlik xususiyati xos va, ikkinchidan, inersial sanoq sistemasini ko`rsatish mumkin. Tashqi ta‘sirlardan holi bo`lgan moddiy nuqta har qanday inersial sanoq sistemalariga nisbatan nolga teng tezlanishga ega bo`lishi kerak. Shuning uchun, har qanday ikkita inersial sanoq sistemasi yo o`zaro harakatlanmaydi yoki bir-biriga nisbatan to`g`ri chiziqli tekis ilgarilanma harakatlanishadi. Geliosentrik sanoq sistemasini juda yuqori darajadagi aniqlikda inersial deb hisoblash mumkinligini tajribalar ko`rsatgan. Bu sistemaning koordinata boshi Quyosh sistemasining massa markazida joylashgan, o`qlari esa uzoqdagi uchta, masalan, koordinatalar sistemasining o`qlari o`zaro perpendikulyar bo`ladigan qilib tanlangan yulduzlar yo`nalishida o`tkazilgan. Asosan, Yerning sutkalik aylanishi tufayli Yer bilan bog`langan laboratoriya sanoq sistemasi noinersial bo`ladi. Ammo bu aylanish juda sekin. Shuning uchun aksariyat amaliy masalalarda Yerning sutkalik aylanishi tufayli bo`lgan va effektlar hisobga olmasa ham bo`ladigan darajada kichik va laboratoriya sanoq sistemasini yetarli darajada aniqlik bilan inersial deb hisoblash mumkin. Maxsus nisbiylik nazariyasida ko`rsatiladiki, inersial sanoq sistemasi faqatgina mexanikada emas shuningdek, fizikaning boshqa bo`limlarida ham asosiy rol o`ynaydi: har qanday fizik qonunning matematik yozuvi hamma inersial sanoq sistemasida bir xil ko`rinishda bo`lishi kerak. Bundan buyon biz alohida ta‘kidlamasdan faqat ana shunday sanoq sistemasidangina foydalanamiz. Moddiy nuqtaning noinersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatini tavsiflashning o`ziga xos tomonlarini ko`rib o`tamiz. Download 28.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling