Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanar fakulteti tarix kafedrasi
Download 45.96 Kb.
|
III. Xulosa.
XIX asr oxirlarida bozor munosabatlari rivojlanishi bilan bojxona siyosati tovar sotishning yangi bozorlarini egallashga yordam beradigan dastaklardan biriga aylandi. Buxoro amirligining katta qismini inglizlar nazorat qiladigan Afg’oniston bilan chegarasida bojxonalar tashkil qilindi. 1891- yil Moliya vaziri tomonidan ko'tarilgan O rta Osiyo bozor- larida kuchli savdo-sanoat monopoliyasini o'matish haqidagi masala ko'tarilib, 1892- yil Buxoro amirligi va Xiva xonligini Rossiya bilan yagona bojxona tizimiga kiritish haqida islohot loyihasi tayyorlandi va bojxona chegarasini afg’on-buxoro chegarasiga o'tkazildi. Bu masala shu yili Rossiya imperatori Aleksandr 111 ga ko'rib chiqishga berildi. U loyihani 1892- yil 7- avgustda tasdiqladi. 1917- yilgacha Turkiston o'lkasini rus bojxona nazoratiga qo'shib borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Bu chora tadbirlar o'lkadagi mavjud bojxona nazoratini o'rganish uchun mahsus ekspe- ditsiyalar yuborishdan boshlangan bo'lsa, 1890- yilda Rossiya imperiyasi bojxona tizimining mustaqil bo'linmasi bo'lgan Turkiston bojxona okrugi o'lkadagi bojxona ishiga to'liq rahbarlikni amalga oshirar edi. 1893- yil Rossiya imperiyasida 11 chegara okrugi, shu jumladan, Turkiston okrugi tuzilib, unda 16 bojxona idoralari mavjud bo'lgan. O’rta Osiyo xonliklari Rossiya bojxona tizimiga qo'shilishi natijasida savdo-iqtisodiy mustaqilligiga barham berildi. Aynan shu holat rus metropoliya ishlab chiqarish korxonalariga xom-ashyoni nafaqat O'rta Osiyo, balki qo'shni davlatlardan olib kirish imkoniyatiga ega bo'lib qolmay, balki Afg’oniston, Eron, Xitoy hududlarida ham o'z mahsulotlarini ichki bozorda sotishni yo'lga qo'ydi. O'rta Osiyoda yangi huquqiy me'yorlar asosida tashkil qilingan imperiya bojxona idoralari mintaqada metropoliya iqtisodiy manfa- atlarini to'la ta'minlash, imperiya xazinasiga boj yig’imini tushirish orqali katta daromadga ega bo'lish vazifasi bajarilayotgan edi. Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni bosib olishdan ko'zlagan maqsadlari o'lkani arzon xom-ashyo manbai va metropoliya ishlab chi- qargan mahsulotlar uchun yangi bozomi vujudga keltirishdan iborat edi. Shuning uchun ham imperiya hukmron doiralari O'rta Osiyoni bosib olishda eng birinchi navbatda o'lka bozorlari, iqtisodiy resurslarini butunlay o'z qo'llariga olishga harakat qildilar. Download 45.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling