Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 46.51 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi46.51 Kb.
#1534169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAXKAMOV U.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


GUMANITAR FANLAR FAKULTETI

MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI”


KAFEDRASI
5111600-“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi
20/1-guruh talabasi
Maxkamov Umidjon Shuxratjonovich

QILMISHNING JINOYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR


mavzusida yozgan


KURS ISHI


Bajardi: U. Maxkamov.
Qabul qildi: R.Hojiyev
Bahosi ______________


Chirchiq-2023


MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………....…3-4 bet



  1. BOB. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi xolatlar tushunchasi va turlari.

    1. Kam ahamiyatli qilmishlar va zaruriy mudofa instituti………………...5-10 bet

    2. Tajavuzga nisbatan zaruriy mudofa shartlari…………………...……..11-15 bet

  2. BOB. Qilmishning jinoiylgini istisno qiluvchi xolatlar turlarini o‘rganish va taxlil qilish.

    1. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganni ushlash vaqtida zarar yetkazish va oxirgi zaruriyat turlarini o‘rganish……………………………………………16-22 bet

    2. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro tish va kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosiy tavakkal turlarini taxlil qilish…………………………….…….23-29 bet

Xulosa…………………………………………………….…………….….30-31bet
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….…........32 bet

KIRISH.
Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholash uchun unda jinoyat tarkibining barcha elementlari – jinoyat obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni mavjud bo‘lishi lozim. Shuningdek, jinoyat o‘zining jinoyat qonuniga xilofligi, ijtimoiy xavfliligi, aybliligi hamda jazoga sazovorligi bilan boshqa huquqbuzarliklardan ajralib turadi.
Ayrim hollarda shaxsning jinoyat obyektiga qarshi qaratilgan qilmishida obyektiv va subyektiv belgilar mavjud bo‘lsada, jinoyat sifatida baholanmasligi mumkin. Bunday vaziyatda muayyan shartlarda sodir etilgan qilmishning jinoiyligi istisno etiladi. O‘zbekiston Respublikasi JK 35-moddasida ana shunday qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi berilgan. Unga ko‘ra, sodir etilgan qilmishda JKda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. Amaldagi jinoyat qonunida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning nazarda tutilganligi uning insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqadi.
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning jinoyat qonunida belgilanganligi bunday belgiga ega qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilganda uning jinoiyligini istisno etish majburiy xarakter kasb etishini anglatadi. Boshqacha aytganda, bu kabi qilmishlarni sodir etish jinoiy javobgarlikning asosini keltirib chiqarmaydi. Bu esa qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligini bildiradi. Shunga ko‘ra, qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar jinoyat qonuniga xilof bo‘lmaganligi, ularda aybning shakli mavjud emasligi, ijtimoiy xafv tug‘dirmasligi hamda unga nisbatan jinoyat qonunida jazo qo‘llash tahdidi ko‘zda tutilmaganligi sababli ham ular jinoyat deb topilmaydi.
Qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning belgilanishi ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki jamiyatning barcha a’zolari faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Qayd etish kerakki, qonun chiqaruvchi boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyatini shaxsga taqdim etgan.
Biroq zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. Ya’ni shaxs ziyon yetkazish maqsadida hujumning kelib chiqishiga sabab bo‘lganda uning harakatlarini zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb hisoblanmaydi.


Download 46.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling