Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 253 Kb.
bet3/8
Sana13.11.2023
Hajmi253 Kb.
#1770328
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Manaviyatshunoslik (Ismailov) final 7

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ma’naviyat farzandlarimizning ma’naviy qiyofasi, milliy ma’naviy qadriyatlarimizning farzandlarimiz ongida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti barcha davlatlarda rivojlanishning mohiyati, uning sur’ati, insonlarning odobi, tarbiyasi, xulqi va ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Qayerda ma’naviy ma’rifiy, madaniy axloqiy kamolot yuksak bo‘lsa, tarbiyaviy tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu yerda jamiyatning ijtimoiy adolat mezonlari tez rivojlanadi.1
Biz qurayotgan mustaqil O‘zbekistonda demokratik, huquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy. Ular qancha mustahkam baquvvat bo‘lsa, kelajagimiz shunchalik baquvvat bo‘lib, jamiyat tez rivojlanadi. Odob-axloq me’yorlari kecha yoki bugun o‘ylab topilgan narsa emas.
Abdulla Avloniy bolalarga ilk yoshidan boshlab axloq va odob tarbiyasini berish kerakligini ta’kidlaydi. Uningcha bolalarda axloqiy me’yorlarning tarkib topishida muhit, sharoit va kishilar g‘oyat katta ro‘l o‘ynaydi. Haqiqiy insoniy axloqli kishilar yoshlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib ularning mehrli, sadoqatli, sofdil, odobli bo‘lib o‘sishlariga sabab bo‘ladi. Ana shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda ushbu kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

Kurs ishining obyekti va predmeti. Ma’naviyat va axloqning o‘zaro bog‘liqlik yo‘llarini aniqlash, ularni qanday ta’sir usullarini bilib olish, hamda shunga doir metodik tavsiyalar berish. Abdulla Avloniyning talim-tarbiyaga oid asarlaridan biri bo‘lgan “Turkiy guliston yoxud axloq” hisoblanadi. Bu asarda muallif, avvalambor, axloq masalalariga murojaat qilgan. Abdulla Avloniy odamlarni axloqiy jihatdan turli xil toifalarga bo‘ladi va har qaysi toifaga xos bo‘lgan sifatlarni izohlaydi.
Muayyan jamiyatdagi huquqiy qonun-qoidalar o‘sha mintaqa xalqi tomonidan asrlar mobaynida ishlab chiqilgan axloqiy aqidalar, tamoyillar, mе’yorlar, shuningdеk, nisbatan umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan urf-odatlar zamirida vujudga kеladi. Lеkin ba’zi bir urf-odatlar, an’analar huquqiy mе’yorlar darajasiga ko‘tarila olmasligi ham mumkin. Buning sababi, ularning, avvalo, nisbatan xususiy tabiatga ega bo‘lganida, qolavеrsa, axloqiy va huquqiy taraqqiyot talablariga javob bеra olmasligida. Masalan, johiliyat davrida arablarda qiz tug‘ilsa, uni tiriklay ko‘mib tashlash odati bo‘lgan. Kеyinchalik, musulmonlik yoyilganda, bu odat g‘ayri muslimlik odati sifatida rad etildi. Hozirga kеlib, unday hodisa huquqiy qonunlar asosida jinoyat dеb qaraladi. Yoki bizning mintaqada qadimda mavjud bo‘lgan xun olish odati ham hozirda jinoyat sifatida jazoga loyiq hisoblanadi. Bunday misollarni ko‘plab kеltirish mumkin.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling