Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo


Geoekologik (geosistemali) monitoringning


Download 1.6 Mb.
bet8/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1010555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
kurs ishi kognitiv

2.Geoekologik (geosistemali) monitoringning kuzatish obyektini turli kattalikdagi tabiiy va o‘zgartirilgan geosistemalar tashkil etadi. Geoekologik monitoringda geosistemalarda modda va energiya almashinuvi, ularning mahsuldorligi, inson ta’siriga chidamliligi, ifloslanishning REM va o‘z-o‘zini tozalash imkoniyatlarining ko‘rsatkichlari nazorat qilinadi. Bu xildagi monitoringni tashkil etishda geosistemalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi.
Geoekologik monitoring geografik statsionarlarda (nazorat stantsiyalarida) va test poligonlarida (uchastkalarida) o‘tkaziladi. Nazoratgohlarda olib borilayotgan kuzatishlar muayyan geosistemalar lanshaft komponentlariga va inson salomatligiga bevosita yoki ishlab chiqarish faoliyati jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar hamda ifloslantiruvchi manbalar nazorat qilinadi. Geologik monitoring hududiy (regional) sajiyaga ega bo‘lib, quruqlik yoki akvatoriyada tanlangan nazoratgoharda o‘tkaziladi.
3.Biosferaviy monitoring atrof muhitni inson ta’sirida o‘zgarishini global miqyoslarda kuzatishlarga asoslanadi. Biosferaviy monitoringining asosiy vazifasi insonning mavjudligi va hayotiy faoliyati uchun biosferada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ekologik jihatdan baholash va bu o‘zgarishlarning sabablarini aniqlash maqsadida kuzatishlar olib borishdan iborat. Bunday kuzatishlar barcha biosfera jarayonlarining energetik asosi bo‘lgan Quyosh radiatsiyasininig geofizikaviy tavsiflarini o‘rganishdan boshlanadi. Geofizikaviy tavsif azon qatlamining holati, radiatsiya oqimlarininig atmosfera oqimlari orqali o‘tishi, atmosfera gaz tarkibining o‘zgarishi va uninig oqibatlari, inson faoliyati tufayli vujudga keladigan issiqlik va uninig biosfera energetikasiga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tuproqlar va Dunyo okeani suvlarining mahsuldorligi, biosferaning umumiy fotosintez faoliyati, geografik qobiqda modda va energiyaning aylanishi, inson faoliyatining tabiiy muhit va uning komponentlariga ta’siri, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa umumzaminiy jarayonlarning sodir bo‘lishi va kechishini kuzatish va nazorat qilish ham biosfera monitoringining vazifalarini tashkil etadi.Biosferaviy monitoring kuzatishlari sayyoramizning deyarli barcha geografik mintaqalarida, inson ta’siri eng kam bo‘lgan geosistemalarda olib boriladi. Shuningdek, biosferaviy monitoring Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida bajariladigan masofali kuzatishlariga, axborotlarni avtomatlashtirilgan ishloviga asoslanadi.Shunday qilib, atrof muhit monitoringining har bir turi muayyan jarayonlar va sistemalarning holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash imkonini beradi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling