Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo
Download 1.6 Mb.
|
kurs ishi kognitiv
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changla nishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko'rsatkichlarga ko'proq e'tibor beriladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo'ladigan o'zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta'sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo'riqxonalar va aholining xo'jalik faoliyati zonalari kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e'tibor chang miqdorining ortib ketishiga, "issiqxona samarasi" ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.Hozirgi vaqtda monitoring xillari (tiplari) va turlarini ajratish bo‘yicha xilma - xil yondashuvlar mavjud bo‘lsada, monitoring tizimning tasniflash tamoyillari turlima-turlidir. Hududiy qamrovi miqiyosiga ko‘ra monitoring tizimlari global, xalqaro va milliy monitoringga ajratiladi. Ifloslanish ta’sirlari darajasiga ko‘ra tayanch (fond), hududiy (regional) va impakt (lokal), mahalliy monitoringga ajratish qabul qilingan. Biosfera komponentlariga ko‘ra monitoringning turli muhitlari atmosfera, gidrosfera, litosfera va boshqa turlari ajratiladi.Ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ko‘ra ifloslovchi moddalar va agentlarning (lot. agens (agentis) biror bir sabab yoki hodisani keltirib chqaruvchi, jumladan elektromagnit nurlanishi, issiqlik ifloslanishi, shovqin, zaharli moddalar va boshqalarni nazorat qilib borayotgan ingredient (lot. ingrediens kiruvchi) monitoring ajratiladi. Ifloslanish manbalari monitoringi ifloslanish manbalarining turli xillarini kuzatib boradi (nuqtasimon statsionarlar - sanoat korxonalari, chorvachilik fermalari va b.; Nuqtasimon harakatlanuvchi – transport; chiziqsimon yoki maydonli – hokazolar; dalalardan chiqadigan oqim, o‘g‘itlarning sepilishi va ularning yuvilishi va b). Kuzatish uslublariga ko‘ra monitoring turlicha tavsiflanadi.Yerning sun’iy yo`ldoshlari (sputnik) monitoringida masofaviy metodlardan foydalaniladi va bu monitoring kosmik apparatlar yordamida Yer yuzasida va atmosferada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. Geofizikaviy monitoringga atmosferani ifloslanishi, muhitning meteorologik va gidrologik tavsiflari to‘grisidagi ma’lumotlarni interpretatsiya (lot. interpretation vositachi) qilish va kuzatish kiradi. Bunday monitoringda beosferaning jonsiz komponentlari, konstruktsiyalar (lot. konctructio tuzilish, qismlarning o‘zaro joylashuvi; inshoat) va binolar kiradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling