Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo
Ijtimoiy bilishning ta`limdagi ahamiyati
Download 1.6 Mb.
|
kurs ishi kognitiv
1.2. Ijtimoiy bilishning ta`limdagi ahamiyati.
Bilish darajalarini shartli ravishda quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, xissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va ximoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi. Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Mohiyat xamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Har bir xodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. Shu boisdan xam hodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun moxiyatini ochib bera olmaydi. Tushuncha aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi. Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat mahsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muxim vosita bo’lib xizmat kiladi. Aqliy bilish hissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning moxiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor qo’li, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafqat xissiga, mexnat qilish, so’zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo’ladi. Inson tushunchasi o’zida insoniyatning ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarining mahsuli sifatida shakllandi. Har bir fan o’ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida moxiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so’z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so’z va tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo’lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga xam kirib boradi. Hukm aqliy bilish narsa va xodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. hukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Hukmlar yangi bilimlar xosil kilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar moxiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday kilib, xukm narsa va xodisalarning tub moxiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, inson aklli mavjudotdir, degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning moxiyati fakat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inkirozlar aklli mavjudot boqlgan inson tomonidan amalga oshirildi. Inson axloqli mavjudotdir. Inson to’g’risidagi xozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu. Xulosa aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir.Bilishning oliy darajasi - intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’likdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muxim o’rin egallab keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi. Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling