Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo


Download 0.91 Mb.
bet5/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1441581
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biologiyani o ‘qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish Tulayev Baxtiyor

1-guruh topshirigʻi. Oʻrta yoshli, aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
2-guruh topshirigʻi. Oʻrta yoshli, ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
3-guruh topshirigʻi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
4-guruh topshirigʻi. Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
Rolli oʻyin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmaydi va ish tugagunga qadar ochiq boʻladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar. Rollarga muvofiq holda ularning vazifalari aniqlanadi. Oʻyin syujetiga muvofiq ular rollarni bajarishi, tegishli hollarda “mansabdor shaxs” sifatida muloqotga kirishishi, bunda mavjud qobiliyat va iste’dodlari, oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini safarbar etishlari lozim. Loyihani hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishlari uchun juda koʻp mehnat qilishlari, izlanishlari, mustaqil va ijodiy fikr yuritishlari, mustaqillik va onglilik talab etiladi. Bu yerda ijodiy izlanish mavjud, lekin oʻquvchilar ma’lum rollarni bajarish orqali loyiha hal etilganligi sababli rolli oʻyin loyihalar sanaladi.
Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi muayyan bir mavzu boʻyicha axborot va material toʻplash, toʻplangan axborot va materiallar bilan loyiha qatnashchilarini tanishtirish, ularni tahlil qilish, faktlarni umumlashtirish, olingan natijalarni rasmiylashtirishni oʻz ichiga oladi. Mazkur loyihalar tadqiqot xarakteridagi loyihalar bilan uygʻunlashib ketadi va uning bir qismiga aylanishi mumkin. Izlanish xarakteridagi loyihalarning strukturasi quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • kerakli boʻlgan axborotni izlash manbalari;

  • izlanish bosqichlari;

  • toʻplangan axborot, materiallar, faktlar ustida tahlil oʻtkazish;

  • xulosa yasash;

  • izlanish yoʻnalishiga oʻzgartirishlar kiritish;

  • yangi faktlarni toʻplash;

  • umumlashtirish va xulosa yasash;

  • olingan natijalarni rasmiylashtirish.

Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda foydalanish mumkin. Bular jumlasiga quyidagi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin: Oʻzbekistonning “Qizil kitob”i ga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlar, Oʻzbekistonda paxtachilikning rivojlanishi, Oʻzbekistonning dorivor oʻsimliklari va b.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling