Chirchiq davlat pedagogika universiteti texnologik ta`lim kafedrasi tet-22/1-guruh talabasi soatova dildoraning Oziq-ovqat texnologiyasi fanidan
Download 64.79 Kb.
|
Makaron mustaqil ish - копия - копия
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Texnologik ta`lim kafedrasi TET-22/1-guruh talabasi SOATOVA DILDORAning Oziq-ovqat texnologiyasi fanidan “Makaron mahsulotlaridan tayyorlash. Xamirdan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlardan qovurib va qaynatib, (kuksi) tayyorlash texnologiyasi” mavzusida yozgan MUSTAQIL ISHI Tayyorladi: ________________ Tekshirdi: ________________ REJA: Makaron sanoati haqida ma`lumot Makaron turlari Kuksi tayyorlash texnologiyasi Makaron sanoati - oziq-ovqat sanoatining makaron mahsulotlari tayyorlovchi tarmogʻi. Makaron mahsulotlari maxsus makaronbop un (tarkibida kamida 28—30% li kleykovina boʻlgan oliy va 1navli nonbop un)dan tayyorlanadi. Makaron mahsulotlari tayyorlashda makaron hamiriga boyituvchi qo`shimcha mahsulotlar (tuxum, qaymogi olinmagan quritilgan sut va boshqalar) qushiladi. Makaron mahsulotlarining oziqaviy isteʼmol afzalligi shundaki, u fizik-kimyoviy tarkibini yoʻqotmasdan koʻp vaqt saqlanishi mumkin, suv tortmaydi, tashishga qulay, undan tez vaqtda turli taom tayyorlash mumkin, tarkibidagi uglevod moddalar inson aʼzolariga tez hazm boʻladi. 14-asrning oʻrtalarigacha makaron mahsulotlarini tayyorlash, asosan. uy sharoitlarida amalga oshirilgan. 14-asr oxiriga kelib. Italiyada oddiy uskunalar bilan jihozlangan iyexlarda makaron mahsulotlari ishlab chiqarila boshlangan. Italiyada 18-asrning 60-yillarida ot bilan hapakatga keltiriluvchi birinchi makaron fabrikasi qurildi, keyinchalik bunday korxonalar Fransiya va Germaniyada paydo boʻldi. Rossiyada ilk makaron fabrikasi Odessa shahrida 1797-yillar roʻyxatga olingan. Xozir makaron mahsulotlari tayyorlash texnologiyalari rivojlanib, hamirni qorish, ularga turli shakl berish, mahsulotlarni quritish kabi murakkab ishlar toʻliq mexanizatsiyalashtirilgan. Oʻzbekistonda dastlabki makaron mahsulotlari ishlab chiqaradigan makaron fabrikasi 30-yillarda Toshkentla qurilgan. 1940-yilda respublikada 7 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarildi. 1990-yillar boshida Oʻzbekistonda "Oʻzdonmahsulot" davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida Italiya va Shveysariya firmalari uskunalari oʻrnatilgan eng zamonaviy makaron sexlari qurila boshladi. 2000-yilda shunday sexlar soni 75 tagacha yetdi va 65 ming tonna turli navli makaron mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 272 kichik makaron sexlari faoliyat ko`rsatadi. Ular tomonidan 2002-yilda 13,8 ming tonna mahsulot tayyorlangan. Jahonda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, eksport qilish hamda isteʼmol etishda Italiya, AQSH, Braziliya, Misr va Turkiya davlatlari yetakchi oʻrinda turadi. Makaron mahsulotlari bug‘doy unidan tayyorlangan xamirga naychasimon, ipsimon, lentasimon kabi shakllar berilib quritilgan mahsulot hisoblanadi. Makaron mahsulotlari qattiq bug‘doydan olinadigan maxsus krupchatka unidan tayyorlanadi. Makaron ishlab chiqarish, asosan, quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: xomashyoni tayyorlash, xamir qorish, shakl berish, quritish, tayyor mahsulotni sovutish va joylash. Jarayonlarning har biri mahsulot sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Makaron mahsulotlari qanday navli undan tayyorlanganligiga qarab oliy va birinchi navlarga bo‘linadi. Ularni tayyorlashda ta’m beruvchi modda yoki boyituvchi mahsulot qo‘shilsa, u holda nav ko‘rsatkichi yoniga qo‘shilgan qo‘shimchaning nomi ham qo‘shib aytiladi. Masalan, tuxumli oliy nav, sutli oliy nav, tomatli birinchi nav va hokazo. Makaron mahsulotlarining har bir navi shakliga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: naychasimon, lentasimon, ipsimon va shakldor. Naychasimon mahsulotlar. Naychasimon makaron mahsulotlari shakli va uzunligiga ko‘ra, 3 ta kichik tipga bo‘linadi: makaronlar, rojki va yupqa parrak holidagi mahsulotlar. Makaronlar naychasimon, to‘g‘ri kesilgan, uzunlari 30 cm dan ortiq, kaltalari esa 15–30 cm bo‘ladi. Rojkilar naychalari bukilgan yoki to‘g‘ri, 1,5–4,0 cm uzunlikda bo‘ladi. Ipsimon mahsulotlar (vermishel). Vermishel uzunligiga ko‘ra, kalta (kamida 2 cm) va uzun (kamida 20 cm), kesimining o‘lchamiga ko‘ra esa juda ingichka (1,2 mm gacha va oddiy (1,5 mm gacha) bo‘ladi. Lentasimon mahsulotlar. Bu tipdagi makaron mahsulotlariga ugralar kiradi. Ugra chetlari to‘g‘ri, to‘lqinsimon qirqilgan, o‘zi silliq yoki taram-taram bo‘lishi mumkin. Uzunligiga ko‘ra, ugra kalta (kamida 2 cm) va uzun (kamida 20 cm) bo‘ladi. Ugraning qalinligi 2 mm dan oshmasligi, kengligi esa kamida 3 mm bo‘lishi lozim. Shakldor mahsulotlar. Bunday makaron mahsulotlari alifbo harflari, yulduzcha, tishli, g‘ildirakcha, chig‘anoq, don kabi shakllarda ishlab chiqariladi. KUKSI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Bu taom retseptini koreys oshxonasiga mehri baland bo'lgan insonlar uchun,guruh qatnashchilar siz ham tayyorlab ko'ring judayam mazzali va sog'lig'ingiz uchun juda foydali...Demak retsept bilan tanishamiz.... Kerakli masalliqlari: -bir chimdim koreyskaya priprava (kristal deyiladi Toshkent taraflarda) –Tuz shakar-soya sousi -uksus (sirka) -qovurish uchun yog' -200g lahm mol go'shti -1 dona piyoz -200g karam -1 dona bodring -1 dona pomidor -yarim vog' ukrop -krahmal (petuza salatiga solinadigan makaron sifat krahmal) TAYYORLANISHI: 1-ish 1,5 litr qaynayotgan suvga bir chimdim(nomiga) kristal pripravasidan solasiz.Huddi shu suvga ozgina tuz, ozgina shakar, bir katta qoshiq soy sousi,nomiga ozgina uksus solasiz. Sho'rvaning mazasini ko'ring, agar ko'nglingizdagidaka bo'lsa, shunday qoldiring. Umuman olganda,sho'rvaning mazasi ozgina nordonroq, xushta'b bo'lishi lozim. Shirinroq bo'lib qolgan bo'sa ozgina uksus solib yuboring. Aksincha nordon bo'lib ketgan bo'lsa, ozgina suv solib yuboring. Sho'rvani sovushga qo'ying. 2-ish 200 g go'shtni mayda va uzunchoq qilib (ingichka salomka), piyozni esa kubik, kubik qilib tog'rang. Ikki katta qoshiq yog'ni qizdirib, go'sht va piyozni birga qovuring. Piyozingiz qattiq qovurilib ketmasligi uchun olovni pasaytiring. Bir ikki qoshiq suv solib, tovoqning qopqog'ini yopib go'shtni dimlang (20-25 min). Ora-orada qopqoqni ko'tarib, go'shtni aralashtirib turing. Go'sht pishishi bilan olovdan olib qoying. 3-ish Karomni mayda salomka qilib tog'rang. Ozgina tuz va uksus bilan karomni o'ldiring. Bodringni ham mayda salomka qilib tog'rab, karomga aralashtiring. 4-ish Ukropni mayda qilib tog'rang va kubik, kubik qilib tog'ralgan pomidorga aralashtiring. 5-ish Kraxmalni 10 minut qaynagan suvga solib qo'ying.Kuksini stolga tortayotganda: Bir kosa sovuq sho'rgava 5, 3, 4, 2 xar biridan bir qo'shiq to'la soling. Soy sousidan ham hohlaganingizcha solishingiz mumkin. YOQIMLI ISHTAHA....! Download 64.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling