Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
Download 88.98 Kb.
|
Hazratqulov Jasurbek. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turpaket narxi.
Turto‘plam (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi.
Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar: berilgan sayohatga talab mavjudligi; xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi; avikompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati; jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar; hamkor turistlik tashkilotlar bilan munosabat; belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi; belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi. Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Bizga Gresiyadagi kurd voqealari, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq talabning keskin pasayish hollari ma’lum. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana qaytadi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek turist xavf-xatarni yengib o‘tishga moyil. U siyosiy barqarorlik ro‘y bergan mamlakatlarda vaziyat yaxshilanishi bilan o‘sha yerga yana oshiqadi, ayniqsa, issiq iqlimli hududlar va arzon narxlar bo‘lsa. Turpaket narxi. Turpaketning muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Narxlashtirishda boshqalarnikiga o‘xshamagan, alohida xususiyatli turpaketga ega bo‘lgan turoperatorlar ko‘proq erkinlikka egadir. Ular narxni asosan xizmatlarni sotib olish va boshqa harajatlar, shuningdek daromadning ma’lum foizini kiritishga asoslanib belgilaydilar. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblari-ning narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng ko‘p qo‘lla-niladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Turpaket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi. Turizmda narxlarni hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini unutmaslik lozim. Masalan, agar mavsumiy dasturda uzoq-vaqtli charter reyslarining (seriyasining) ketma-ketiligi, joylashtirishning «bakk to bakk» tamoyili qo‘llanilayotgan bo‘lsa, harajatlar mavsum boshi va oxiridagi bitta bo‘sh reys+ma’lum samalyotdagi № jo‘natishlar soni va № ta o‘rinlar sonini hisoblash orqali aniqlandi. Bu mavsumiy charter dasturiga kiritiladigan to‘la harajatlar. Ular kirishlar soniga bo‘linadi va bu turpaket narxiga kirituvchi bitta uchishning narxidir. Ammo turoperatorlar narxlarni hisoblashning harajatlar usulini qo‘llashda marketing ma’lumotlarini qo‘llash bilan birga o‘rta bozor narxlarini ham inobatga olishadi. Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. «o‘lik mavsum»da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Narxlashtirish strategiyasi rivojlanish bosqichida turpaketlar uchun xosdir. Turpaketlar narxi nafaqat turistlik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi. Xulosa. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. SHuning uchun ham keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmoqda. Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo‘yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub’ektlar soni keskin o‘sadi, ular ko‘rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi. Ma’lumki, turistik xizmat ko‘rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o‘rinda turadi. "Turizm to‘g‘risida"gi qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Hozirgi kunda turizm sohasi bo‘yicha mutaxasislarni talab darajasida tayyorlash muhim masaladir. SHunga ko‘ra respublikamizda mazkur sohani rivojlantirish maqsadida 2004 yildan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutida «5810600 - Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish» ta’lim yo‘nalishi ochildi. Respublikamiz iqtisodiyotida kelajakda katta salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri turizm infratuzilmasidir. Bu sohaga e’tiborning qaratilishi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, turizm orqali dunyoni bilish, boshqa mamlakatlarning faol aholisini bu yerlarga jalb qilish, mamlakat g‘aznasiga valyuta tushirish va shu orqali aholining turmush farovonligini yaxshilashda katta imkoniyatlar tug‘diradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlanishiga davlat siyosati, reklama, umumiy iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursi, davlatlararo munosabatlar, raqobatbardoshlar soni, dam olish joylarining xavfsizligi va ahamiyati kabi muhim jihatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Ayniqsa davlat siyosati va ular o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro turizmning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi ham turizm iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo‘lgan davlatlardan biridir. Bunga misol qilib respublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy-madaniy obidalari, tog‘li hududlari, manzarali joylarini keltirishimiz mumkin. Vaholanki, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lgan mamlakatimizga kelishni rejalashtirib qo‘ygan ko‘pgina yevropaliklarning soni 20 mln.dan ortiqdir. Agar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib, mehmonxonalar soni va sifatini, milliy restoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekiston kelajakda turizm orqali yuqori daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi. Haqiqatdan ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uni o‘rganish, izlanish va undan samarali foydalanish jamiyat oldidagi zarur bo‘lgan vazifalardan biridir. Bu sohaning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlariga tatbiq qilinayotgan islohotlarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotda turizm muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qay turlariga e’tibor berish, sayohat qiluvchilar uchun ularning xohish-irodasini bilish, eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, xavfsizligini ta’minlash, talablarini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati vazifasiga kiradi. Download 88.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling