Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Turist va ekskursantning huquq va majburiyatlari


Download 207.77 Kb.
bet12/16
Sana01.11.2023
Hajmi207.77 Kb.
#1736395
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kurs Ishi - OS

3.2. Turist va ekskursantning huquq va majburiyatlari.

Turist va ekskursantlarning quyidagi huquqlari mavjud:


 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning dam olishga, harakatlarning erkinligiga, sog‘ligini tiklash va mustahkamlashga,
ma’naviy ehtiyojini qondirishga,
shaxsiyatining hurmat qilinishi va himoyalanishiga haqlidir;
 vaqtinchalik tashrif buyuradigan mamlakatda kirish va chiqish qoidalari,
mahalliy aholining urf-odatlari, tabiati, madaniyati,
alohida muhofaza etiladigan hududlari, atrof-muhit holati haqida zaruriy va aniq ma’lumotni olishga;
 turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan sub’ektlarning litsenziyasi, ruxsatnomasi, sertifikatlari va boshqa qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hujjatlarning mavjudligi haqida ma’lumot olishga;
 shartnomada kiritilgan turistik xizmatlarni olishga;
shaxsiy xavfsizligiga, hayoti, sog‘ligi, iste’mol huquqi hamda
Mulkining himoya qilinishiga;
 zaruriy tibbiy xizmatni olishga;
 shartnoma shartlari bajarilmagan yoki nomuvofiq bajarilganda ma’naviy va
moddiy zararni undirishga;
 boshqa huquqlarni amalga oshirishga, turist va ekskursantlarning huquqlari bilan bir qatorda ularning xavfsizligini ta’minlashda asos bo‘luvchi majburiyatlari ham borki, bular quyidagilar:
 tashrif buyurgan mamlakati hududida amal qiladigan qonunlar, talablarni,
boshqa shaxslarning shaxsiy manfaatlari va huquqlarini buzmaslik;
 bojxona, chegara, sanitar va boshqa qoidalarini buzmaslik;
 tashrif buyurgan mamlakatning siyosiy va ijtimoiy tizimini, urf-odatlari,
diniy e’tiqodini hurmat qilish;

 tashrif buyurgan mamlakatning atrof-muhitini saqlash, tabiiy va madaniy


meros ob’ektlariga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish;
 turistik xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomaga nazarda tutilgan
shartlar va qoidalarga amal qilish;
 turistik xizmatlarni taqdim etish uchun zaruriy bo‘lgan o‘zi haqidagi
shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish;
 sayohat davomida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
 noqonuniy harakatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash;
 O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan boshqa majburiyatlarni bajarish shart.

Ekskursiya xizmati jarayonida ba’zi bir turistik firmalar tomonidan


ekskursantlar mas’uliyatini oshirish maqsadida ulardan javobgarlik xatini ham
yozdirib olishi mumkin. Uning mazmuni taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin.


Download 207.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling