Chirchiq davlat pedagogika universiteti V b


Academic Research in Educational Sciences


Download 79.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi79.57 Kb.
#1801249
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
milliy-g-oya-fanini-interfaol-usullar-asosida-o-qitish-davr-talabi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
204
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
prinsplarini o„qitish ham texnika imkoniyatlaridan foydalanib amalga oshirishni 
taqozo etadi. Shu boisdan, ta‟lim tizimida milliy g„oya va ma‟naviyat fanlarni 
o„qitishda turli xil innovatsion texnologiyalar orqali talabalar ichki dunyosi, ongi va 
qalbiga singdirishda hozirgi zamon o„qituvchisiga qo„yilayotgan muhim talablaridan 
biridir. 
Hozirgi zamon o„qituvchisi esa tadbirkor tarbiyachi va pedagog, mafkura 
ishlarining faol qatnashchisi, o„z fanining ustasi hamda dars berayotgan fanni, ilmiy 
haqiqatni yosh avlodga san‟atkorona o„rgatadigan, o„z mehnati bilan jamiyatning 
ma‟naviy talablarini yoshlarga anglatadigan, o„z ustida muntazam ish olib boradigan, 
pedagogik texnologiyalardan xabardor shaxs bo„lishi lozim. A.S.Makarenko ta‟biri 
bilan aytganda “Yaxshi ustoz maxsus ko„rish qobiliyatiga egadir: u o„z shogirdlar 
qanotlari qanday o„sayotganini ko„radi”[2],- deb ta‟kidlaydi. Xozirgi kunda yaxshi 
ustoz kasbiga shu darajada ko„p masuliyat yuklanganki, o„z ustida tinimsiz mehnat 
qilish, izlanish uchun juda katta kuch, iroda va sabr-toqat talab etiladi.
Bugungi kunda sodir bo„layotgan innovatsion jarayonlarda ta‟lim tizimi 
oldidagi muammolarni hal etish uchun, yangi axborotni o„zlashtiradigan, zarur 
qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan ma‟naviy barkamol yoshlar 
kerak. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni 
tarbiyalashdan iboratdir.
Shunday ekan, ta‟lim muassasalarining tarbiyaviy jarayonida zamonaviy 
o„qitish uslublari, ya‟ni intefaol uslublar, ayniqsa innovatsion texnologiyalarning 
o„rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta‟limda 
qo„llanishiga oid bilimlar, tajriba va talabalarni bilimli va yetik malakaga ega 
bo„lishlarini ta‟minlaydi. 

Download 79.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling