Chirchiq davlat pedogogika instuteti
Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy ta’limning didaktik tizim esa 12 elementni o‘z ichiga oladi. 9- chizma maqsad O‘quv-moddiy mazmun o‘qituvchilar
Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari.
1.Eguluvchanlik. O‘quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir. 2.Modullik. 3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda. 4.O‘zaro ta‘sir etish. 6.3.Masofaviy ta’limning didaktik tizimi. Hozirgacha mavjud didaktik tizimda ta’lim jarayoni 7 ta elementni o‘z ichiga olar edi: ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ta’limning shakli, vositasi va metodlari. Masofaviy ta’limning didaktik tizim esa 12 elementni o‘z ichiga oladi. 9- chizma maqsad O‘quv-moddiy mazmun o‘qituvchilar Nazorat Metodlar Normativ-huquqiy vositalar o‘quvchilar iqtisodiy shakllar marketing Qo‘shimcha elementlar, ya‘ni o‘quv moddiy, nazorat, normativiy-huquqiy, iqtisodiy, marketing kabilar an‘anaviy didaktik tizimda ham ko‘zga tashlanmay ishtirok etadi,lekin pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta’limdagi kabi printsipial ahamiyat kasb etmaydi. Masofadan o‘qitishning metod va vositalari. Masofadan o‘qitish texnologiyasi (MO‘T) mahsus metod,vosita va o‘qitishning tashkiliy shakllari tizimi bo‘lib,ta’lim mazmunini ko‘p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan. Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pgina o‘qituvchilari (pedagogika va didaktika o‘qituvchilaridan tashqari) “o‘qitish metodi” tushunchasiga unchalik qiziqmaydilar. Chunki ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qitish faoliyatini empirik tarzda o‘rganib oladilar. Ular asoson kafedra mudirilari yoki yetakchi professor – o‘qituvchilariga taqlidan o‘qitish usullarini qo‘llaydilar. Lekin shu usullar qaysi ta’lim metodlari tizimiga kirishini bilmaydilar yoki qiziqmaydilar. Ta’lim metodini bilish ta’limni takomillashtirish-ning muhim shartlaridan biridir.Ta’lim metodi har hil o‘quv predmetlarini o‘qitishni qanday amalga oshirish yo‘larini belgilaydi.Ta’lim metodi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati to‘g‘risida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriyadir.Masofadan o‘qitish har hil ta’lim metodlari orqali amalga oshiriladi va unda bir qancha usullardan foydalaniladi.Har bir usul muayyan harakatlardan iborat bo‘lib,o‘qitishning hal hil didaktik vositalari yordamida ma‘lum bir maqsadga erishishga qaratiladi. Masofadan o‘qitish metodlaridan foydalanganda qo‘ydagi usullarni qo‘llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, tushintirish, hikoya, suhbat, mashq, masala yechish, material ni yodlash, yozma ish va takrorlash kabilar. [4] Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o‘quv mazmuni o‘z ichiga olgan masofaviy o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchi qo‘lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim etish, o‘quvchilarning o‘rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Ma‘lum bir o‘quv materiali bir qancha o‘rgatish vositalari (bosma materiallar, audio-video va boshqalari) bilan berilishi mumkin. Vositalarning har biri o‘z didaktik imkoniyatlarga ega. O‘qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o‘quv materialini har hil vositalarga ko‘ra bo‘lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘quv axborotlarni tashuvchi tizim sifatida o‘quv materiallaridan o‘quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o‘qitish tizimi vositalari qo‘ydagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 1.Darsliklar (an‘anaviy darsliklar,elektron darsliklar,qo‘llanmalar, spravoch- niklar va boshqalar). 2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar; 3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o‘qituv tizimlari; 4.Audio va o‘quv axborot materiallari; 5.Video o‘quv-axborot materiallari; 6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari; 7.Masofaviy trenajyorlar; 8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi; 9.Masofaviy elektron kutubhonalar; 10.O‘rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o‘qitish vositalari; 11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o‘qitish vositalari; 12.Virtual reallikka asoslangan o‘qitish vositalari. Masofadan o‘qitish tizimida o‘qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladi.Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz. Darsliklar. Didaktik bosma materiallarni tayyorlashda qo‘ydagilarga asoslanishi kerak. O‘quv qo‘llanmalar shunday tuzilishi kerakki,o‘quvchi faqat zarur hollardagina qo‘shimcha o‘quv axborotga murojaat qilsin. O‘quv material strukturasini tashkil etishda modul printsipidan foydalanish kerak. Materialni mustaqil o‘zlashtirish va mustaqil ish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar berilishi lozim. O‘quv qo‘llanmada nazorat vazifalari,bilimni tekshirish uchun savol va javoblar, mashqlar bo‘lishi kerak. Umuman olganda o‘quv materiallar quydagi strukturaga (o‘quv predmetiga ko‘ra invariant) asoslangan bo‘lishi kerak: Kirish (dastur va mutahassislikni tarihi predmet, aktualligi boshqa predmetlar bilan bog‘liqligi va o‘rni); [8] Kurs bo‘yicha o‘quv dastur; Kursning maqsadi va vazifalari; Kursni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalari; Mundarija; Bo‘lim (modul)lar bo‘yicha asosiy material tartibga solingan; Bo‘limlar bo‘yicha o‘rganish uchun javoblari mavjud bo‘lgan testlar, savollar va masalalar; Yakuniy test; Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar; Kichik ilmiy tekshirish ishlari uchun tematika; Atamalar lug‘ati; Qisqartirmalar ro‘yhati; Yakuniy qism; adabiyotlar ro‘yhati (asosiy, qo‘shimcha, fakultativ); Hrestomatiya (kurs tematikasi bo‘yicha darsliklar, ilmiy maqolalar, metodika lardan misollar); Qo‘llanma muallifining qisqacha ijodiy biografiyasi. Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar rangli qilib ishlangani ma‘qul; Kirish – to‘q sariq, notanish so‘zlar lug‘ati – pushtiriang, tekst – oq-qora, mashqlarga kalitlar to‘q ko‘k, o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari och- sariq, topshiriqlar (testlar) – yashil ranglarda. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling