Sazan (zog`ora baliq) Cyprinus carpio Linnaeus. Tanasi nisbatan cho‘ziq,
suzgich qanotlari to‘q rangda, dum suzgichlarida esa qizg‘ish xollari bo‘ladi. Bu
baliqning rangi tez-tez o‘zgarib turadi. Tanasining uzunligi 1 metrgacha va massasi
esa 16 kg va undan ham ko‘proqqacha boradi.
2-rasm. Sazan (zog`ora baliq) Cyprinus carpio Linnaeus
Asosiy ovlanadigan baliq. Sazanning madaniy formasi – karp hovuz
baliqchiligining asosiy ob‘ekti hisoblanadi. Karp (cyprinus carpio) karpsimon
baliqlar oilasiga mansub zog‘ora baliqning xonakilashtirilgan bir formasi.
Baliqchilik xo‘jaligida ko‘paytiriladi, mamalakatimizda ko‘proq oyna karp degan
formasi urchitiladi. 3-5 yoshida (urg‘ochisi ertaroq, erkagi kechroq ) voyaga
yetadi. 700 mingtagacha yopishqoq uvildirig‘ini sayoz yerlarga tashlaydi.
Lichinkasi ekologik sharoitiga ko‘ra 3-10 kunda, uvildiriqdan chiqadi. Ikki yoshida
2,5 kg va undan ham og‘irroq bo‘ladi. Lichinkasi dastlab o‘simliklarga yopishib
oladi, keyinchalik erkin suzib yurib, infuzoriya kabi mayda organizmlar bilan
oziqlanadi. Kattaroq bo‘lganda, esa chuvalchang va hasharotlar qurti bilan
oziqlanadi. Oyna karpdan tashqari sermahsul va turli ekologik sharoitda
moslashgan boshqa formalari ham yetishtirilgan.Tanasida alohida alohida katta
va yaltiroq tangacha bo‘lganligi uchun oyna karp degan nomni olgan.
Qorabaliq-Schizothorax intermedius McClelland. Tanasi cho‘ziq,
urchuqsimon, sirti mayda tangachalar bilan qoplangan.
Mo‘ylovlari to‘rtta. Anal teshigi va anal suzgich qanotining asosi qator kengaygan
tangachalar (yoriq) bilan qoplangan.
3-rasm. Qorabaliq-Schizothorax intermedius McClelland
Qorin pardasi qora rangda, 2-3 yoshida jinsiy voyaga etadi. Tana uzunligi 45 sm gacha, og‘irligi 1,5 kg gacha boradi. Havaskor baliqchilik ob‘ekti. Qornining ichki qismini qoplagan qora pardasi va uvildirigi zaharlash xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |