Chirchiq davlati pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Download 0.53 Mb.
bet1/6
Sana26.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1723189
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arziyev Abdurasul


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLATI PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA KAFEDRASI
‘’ Markaziy Osiyo ijtimoiy Iqtisodiy geografiyasi’’ fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Markaziy Osiyo ogʻir sanoati


Bajardi:_________________
Qabul qildi:_______________

Chirchiq-2023


Reja
Asosiy qisim
Kirish………………………………………………………………………………3
I.Bob. Markaziy Osiyo davlatlari metallurgiya sanoati
1.1. Ogʻir sanoat haqida tushuncha…………………………………………………5
1.2. Markaziy Osiyodagi Ogʻir sanoati tarmoqlari………………………………..12
II. Bob. Markaziy Osiyo davlatlari energetika sanoati
2.1. Markaziy Osiyo davlatlari kimyo sanoati……………………………………..19
2.2. Markaziy Osiyo metalurgiya sanoati …………………………………………27
Xulosa……………………………………………………………………………..32
Foydalongan adabiyotlar………………………………………………………….33


Kirish
Turon, Turkiston, Turkiston gubernatorligi O`rta Osiyo , Markaziy Osiyo kabi atamalarni uchratamiz. Bunday nomlanishlar tarixiy yillar davomida o`z mazmunini topgan bo’lib, ularning birligi tabiiy – geografik o`lka sifatida qo`llanilsa, boshqa birlari siyosiy – ma`muriy atama hisoblanadi. Haqiqatdan ham o`rganilayotgan makon o’z tarixiga ega. Chunki, bu hududda- Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Murg`ob daryolari vodiylarida bizning asrimizgacha va keyingi davrlarda bir necha buyuk davlatlar bo`lgan. Jumladan , Baktriya, Marg`iyona, Xorazm, Sug`diyona, Buyuk Amir Temur imperiyasi, Xiva, Qo`qon xonliklari, Buxoro amirligi va boshqalar, shuningdek , ХVI-ХVII asr boshlarigacha bu hudud bo`ylab Osiyoni Evropa bilan tutashtirib turuvchi “Buyuk ipak yo`li” o`tgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab (dengiz yo`llarining ochiloishi va taraqqiy etishi bilan) “Buyuk ipak yo`li”ning mavqeyi sustlashib ketdi. Natijada bu hududda joylashgan davlatlar dunyo bozoridan asta – sekin uzilib qoldi. Keyinchalik yana bu o`lkaning boy tabiiy resurslari, ma`daniyati xorijiy davlatlarni o`ziga jalb etdi.
Tarixda Amir Temurning “Mulki Turon, millati turk” degan iborasi bor. Bu iborada haqiqat bor, chunki turkiy tillarda so`zlashuvchi xalqlar Evrosiyoning juda katta qismida yashashgan. Shu bilan birga boshqa tilda gaplashuvchi xalqlar bilan birga, doimo aloqada va munosabatda bo`lib kelishgan. Albatta bu ibora o`z davriga xos voqea va mezon hamda mazmunga ega bo`lgan.
Hozirgi kunda Turon bu past tekislikning nomi bo`lib, O`rta Osiyoning shimoliy – g`arbiy va Qozog`istonning janubiy g`arbidagi tekislikdir. Shimoliy -g`arbda Kasbiy bo`yi botig`i, shimolda Ural oldi bukilmasi va Ural bilan chegaradosh, uni G`arbiy Sibir tekisligidan Kustanay soyligi ajratib turadi.
Sharqda markaziy Qozog`iston va Tiyanshanning shimoliy va janubiy etaklari, Pomir tog`lari, janubda Kopetdog` oldi bukilmasi, g`arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Maydoni 1.5 mln km 2.
Turkiston Turonning kunchiqar va kunbotar kengligi bo`yicha chamalanganda naq markazidir. Beruniy Qoshg`ariy, Yassaviylar zamonidayoq Ulug`bek va Boburlar davrida ham Turon so`zi bilan birga Turonzamin va Turkiston iboralari ishlatilgan. Ko`pincha Turkiston deganda butun Turonni, Turon deganda esa butun Turkistonni anglashilgan. Birinchi marta “Turkiston” atamasi mamlakat ma`nosida 539-yili arab xalifaligi vakillari bu hududga kelmasdanoq fors mandalarida uchray boshlagan. Ungacha yurtimiz Turon deb atalgan.
Turkiston- XIX asr va XX asr boshlarida sobiq O`rta Osiyo va Qozog`istonni shuningdek Markaziy Osiyoning Turkiy xalqlar yashovchi qismini o`z ichiga olgan tarixiy geografik oblast bo`lgan. Turkiston shartli ravishda G`arbiy yoki rus Turkistoni (Qozog`istonning janubiy qismi va O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilib olingan qismi), sharqiy yoki Xitoy Turkistoni (Xitoydagi Sin`szan provinsiyasi tarkibiga kirgan) hamda Afg`on Turkistonni (Afg`onstonning shimoliy qismi)ga bo`lingan. 1867 -yili Rossiya imperiyasiga qo`shib olingan G`arbiy Turkiston xududida Turkiston geniral gubernatorligini tashkil qilingan.
1886- -yildan rasman Turkiston o`lkasi deb atala boshlagan. Inqilobdan so`ng 1918- yil aprelda g`arbiy Turkiston hududida Turkiston Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasi tuzilgan. O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishining o`tkazilishi natijasida Turkiston nomi iste`moldan chiqib, O`rta Osiyo termini bilan almashtirilgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling