Chiroqchi tumani
Download 52.5 Kb.
|
CHIROQCHI TUMANI
CHIROQCHI TUMANI Chiroqchi tumani - Qashqadaryo viloyashidyagi tuman. 1926 y. 29 sent.datashkil etilgan. 1962 y. da Yakkabog’ tumaniga qo’shilgan. 1964 y. 22 fev.da qayta tashkil etiddi. Sharkdan Shaxrisabz, Kitob, jan.sharkdan Yakkabog’, jan.dan Kamashi, g’arb va jan.garbdan Karshi, Koson tumanlari, shim.dan Samarqand viloyatining Pastdarg’om va Nurobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 2,84 ming km2. Aholisi 270 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chirokchi), 20 qishloq fukarolari yig’ini (Dam, Dodiq, Jar, Ko’kdala, Langar, Mirzato’p, Oxunboboyev, Paxtaobod, Torjilg’a, Uymovut, Uyshun, Xumo, Chim, Chorvador, Shurkuduq, Eski Angor, Yangi Hayot, KalkaMa, Kaxramon, Kumdaryo) bor. Markazi — Chirokchi sh. Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. qismida joylashgan. Relyefi tekis cho’l va kiradirlardan iborat bo’lib, jan.g’arbdan shim.sharqqa (Qoratepa tog’i) balandlashib boradi. Balandligi tekis cho’l qismida 400— 600 m, adirda 700—900 m va Zarafshon tizmasining davomi bo’lmish Qoratepa tog’ida 1200—1500 m. Dursun qishlog’i yonida tabiiy gaz koni topilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o’rtacha tra 14,7°. Yanv. ning o’rtacha trasi 2,7°, eng past tra —20°. Iyulning o’rtacha trasi 28°, eng yuqori tra 45°. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Yiliga 368 mm, sharqida 400—500 mm yog’in tushadi. Tumandagi ekinlar Qashqadaryo, Kumdaryo, Oyoqchidaryo va b. kanallardan sugoriladi. Tumanning jan.da Chimqo’rg’on suv ombori bor. Shim. tog’li zonada o’tloqi, tekislik qismida tipik bo’z tuprokdar, och bo’z tuproq, dare vodiylarida o’tlokibotqoq tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o’simliklardan rang , qarg’aoyoq, qamish, chitir, karrak, bug’doyiq, yantoq, kashkar beda, qoramug’, qo’ziquloq, oqquray, tuyaqorin va b. o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, quyon, kalamush, qo’shoyoq, sichqon, echkemar; qushlardan qirg’ovul, so’fito’rg’ay, chumchuq, chug’urchiq, zarg’addoq va b. bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 95,1 kishi. Qishloq aholisi 252,5 ming kishi, shahar aholisi 17,5 ming kishi (2003). Xo’jaligi. Tumanda 2526 yirik, o’rta, kichik korxona va mikrofirmalar, paxta tozalash, g’isht zdlari, gilam fkasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, bosmaxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. 20 shirkat, 970 fermer, bo’rdoqichilik xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. Q.x. paxtachilik, gallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik bilan ham shug’ullaniladi. Ekin maydonlariga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxeiy xo’jaliklarida qoramol, qorako’l qo’y, parranda boqiladi. 174 umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 3 kasbxunar kollejlari, markaziy kutubxona va uning tarmoklari, 18 klub muassasalari, madaniyat va istirohat bog’i ishlab turibdi. Kasalxona, feldsherakusherlik punktlari, poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar bor. Chiroqchi (kirillcha Chiroqchi) — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Hududi 2.8 ming km2. Aholisi 304.5 ming kishi.[1] Shimolda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, g’arbda Koson tumani, sharqda Shahrisabz va Yakkabog’ tumanlari, janubda esa Qamashi, G’uzor, va Qarshi tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududida Chimqo’rg’on va Qalqama suv omborlari mavjud. Markazi — Chiroqchi shahri. Tumanda 33 ta mahalla va 20 ta qishloq fuqarolar yig’inlari faoliyat yuritmoqda. Tuman tarkibida shahar tipidagi qishloq ham bor (Ko`kdala). Tarixi XVII asrlardan boshlab Chiroqchi bekligi hozirgi tuman hududiga yaqin maydonni egallab, Buxoro amirligining yirik bekliklaridan biri sifatida shakllanib kelgan. 1920 yildaBuxoro Xalq Sovet Respublikasi, Shahrisabz viloyati tarkibiga kiritilgan. 1926 yilga qadar shu viloyat tarkibida bo’lgan. Tili Asosan qishloqlarda gaplashiladigan bu til o’zbek tilining qipchoq lahjasidir. Adabiy tildan farqlari quyidagicha: Bu lahja o’zbek tilidan boshqa turk tillarida mavjud bo’lgan unlilar singarmoniyasini (unlilar uyg’unligini) saqlab qolgan. Undan tashqari, adabiy o’zbek tilidagi tovushlar biroz farq bilan talaffuz qilinadi: NG diftongi ng’ shaklida („ng’“ „ng“ kabi og’iz bo’shlig’ining old qismida emas, balki orqarog’ida paydo bo’ladi) I tovushi ikki xil tarzda talaffuz qilinadi; ingichka 'i' (rus tilidagi „i“ga o’xshash) va yo’g’on 'i' (rus tilidagi „i“, ammo biroz yumshoq); A ham ikki xil: yumshoq va qattiq „A“ holida ishlatiladi. Baʼzan birikmalar, so’zlar ham o’zgacha talaffuz qilinadi: mi so’roq yuklamasi „ma“ tarzida (masalan, "bo’mAymA?", yaʼni „bo’lmaydimi?“); ni tushum kelishigi qo’shimchasi, agar undan oldingi tovush undosh bo’lsa, unda „di“ yoki „ti“ tarzida (masalan, „ularni“ -> "ulArDI", „kitobni“ -> "kitApTI") talaffuz qilinadi; qol feʼli yordamchi maʼnoda kelsa „g’ay“ shaklida talaffuz qilinadi: „bo’laqol“ -> "bo’laG’AY", „kelaqol“ -> "kelaG’AY" kabi. Odatda hozirgi zamon davom feʼlini yasash adabiy tildan farq qilmaydi. Ammo baʼzi o’rinlarda hozirgi zamon davom feʼlini ifodalash uchun "jopti" qo’shimchasi qo’shiladi: "qibjopti" („qilayapti“), "jebjopti" („yeyapti“) kabi. Baʼzan adabiy tilda mavjud bo’lmagan so’zlarni ham qo’llashadi: "o’tirik" (yolg’on), "irga" (burchak, chet), "ucha" (dumba, tos qismi), "chinaqay" (jimjiloq), "sovliq"(urg’ochi qo’y), "kallak" (qop, xalta) va hk. Iqtisodi Asosan qishloq xo’jaligiga asoslangan. G’allachilik, paxtachilik, bog’dorchilik, chorvachilik. Tuman markazida paxta tozalash zavodi mavjud. Beshchashma jamoa xo’jaligida Niderlandiyaning NOVIB va BMTning Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorlikda kichik biznesni rivojlantirish boyicha uchirma loyihani amalga oshirmoqdalar.[2] „Chiroqchi-konserva“ korxonasi (tomat pastasi, olma va uzum sharbatlari), „Chiroqchi-KVARTS“ (oyna va yuqa keramika), „Istiqlol-parranda“ parrandachilik fabrikasi (Yettitom) kabi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Tuman hududida marganets, chinni xom ashyosi, qurilish uchun toshlar, buyoq uchun xom-ashyo konlari topilgan. Jamoa va shirkat xo’jaliklari Hamid Olimjon, Beshchashma, Ko’kdala, Oxunboboyev, Zarbdor, Mehnatobod, S.Jo’rayev, Sohibkor, Paxtakor, O’zbekiston, Hayitko’l, Oqchova, Qalqama, K.Sodiqov, D.Safarov, Chiyal, Ahmad Yassaviy, Fayzulla Xo’jayev, Sho’rquduq, Navro’z, Chorvador. ADABIYOTLAR www.google.uz www.ziyonet.uz www.arxiv.uz Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling