Chiston va lug'z hamda sirli mazmun


Download 22.15 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi22.15 Kb.
#1628920
Bog'liq
CHISTON VA LUG\'Z HAMDA SIRLI MAZMUN


CHISTON VA LUG'Z HAMDA SIRLI MAZMUN
Chiston (lug‘z) Sharq mumtoz adabiyotida, xususan, о‘zbek mumtoz adabiyotida о‘ziga xos sirli-sinoatli nazm namunasi hisoblangan. Har qanday sо‘z san’atkori ham she’rning bu noyob usulida kuch sinasha olmagan. U yuksak badiiy san’at namunasi sifatida baholab kelingan. Jumladan, Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarida eslanishicha, Qul Ubaydiy donishmandlar bilan bо‘lgan bir suhbatda lug‘zning adabiy jarayondagi mavqeini shunday baholangan: “Lug‘z she’rning о‘unday nav’iki, tab’ tarozusida g‘oyat mavzundir. Tab’i halol kishilarning unga mayli haddan ziyoddir...”14. Atoulloh Husayniyning ham “Badoyi’ us-sanoyi’” asarida lug‘zni shunga yaqin izohlaydi 15.
U arablarda lug‘z, lug‘az, fors va turklarda chiston 16 deb atalgan. “Lug‘z, lug‘az” sо‘zi mо‘ta’bar izohli lug‘atlardan biri “G‘iyos ul-lug‘ot”da shunday izhlangan: “Lug‘az – sо‘roxi mushi dashty; va on bag‘oyat pechdor boshad, lihozo nomi navye az kalomi mubham, ki ba forsi chiston gо‘yand”17. (Mazmuni: Lug‘az – dasht sichqonining ini. U juda egri-bugri bо‘ladi. Yana forschada chiston, deb ataluvchi yashirin sо‘z turining nomi). Kо‘ringanidek, lug‘z sо‘zi istilohning maqsadini tо‘la ifodalay oladi.
Atoulloh Husayniyning ham yuqorida tilga olingan asarida lug‘z haqida batafsil tо‘xtaladi. Uning lug‘aviy ma’nosi, istilohiy mohiyati о‘z davri adabiyotshunosligidagi о‘rganilishi tarixini yoritadi. Rashididdin Vatvot, Qays Roziy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning fikrlari va ularga о‘z munosabatini bayon etadi. Ular bilan bahs-munozaraga kirishadi.
Mumtoz adabiyotshunoslikka oid asarlarni kuzatar ekanmiz, barchasida lug‘z mumtoz badiiy san’atlardan biri sifatida talqin etilgan. Qays Roziy, Rashididdin Vatvot, Atoulloh Husayniy, Ahmad Taroziy, lug‘z va muammo haqida “Hulali mutarraz dar fanni muammo va lug‘z” (Muammo va lug‘z fani tо‘g‘risida bezatilgan ipak kiyimlar) deb nomlangan alohida asar yozgan Sharafiddin Ali Yazdiy ham lug‘zni о‘z asarining badiiy san’atlar qismida izohlaganlar. Ahmad Taroziy “Funun ul-balog‘a” asarida lug‘z san’atining xos xususiyatlarini aniq va sodda tushuntirib beradi: “Bu aningtek bо‘lurkim, bir narsaning otin va haqiqatin yoshurub, mushabbah /un/ bih lafze birla savol qilurlar”18.
Har bir she’rni janrsifatida tasniflashda ma’lum belgilar inobatga olinadi. Ammo, lug‘zni hajm, vazn, qofiya, radif nuqtai nazaridan kuzatsak, xos xususiyatlar kо‘zga tashlanmaydi. Demak, lug‘zni alohida janr deb qarash haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydi. Uni she’riy san’atlardan biri deb qarash tо‘g‘riroqdir.
О‘zbek mumtoz adabiyotida uning g‘azal, ruboiy, qit’a, masnaviy, fard shakllarida yaratilgan namunalari uchraydi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devoniga kiritilgan 10 ta chistondan 8 tasi qit’a shaklida, 2 tasi tо‘rtlik shaklida 19. Uvaysiy chistonlari g‘azal, tо‘rtlik va ikkilik shakllarida yaratilgan.
Lug‘z istiloh sifatida arablarda shakllangan. Ammo turkiy adabiyotdagi chiston xalq og‘zaki ijodidagi topishmoq janri bilan ham chambarchas bog‘liq.
U XI asrda fors-tojik adadbiyotida kirib kelgan. Tojik adabiyotshunoslarining ta’kidlashicha, chiston dastlab qasida muqaddimasida tashbib 20 tariqasida paydo bо‘lgan va vasfning bir qismi sifatida taraqqiy topgan21. Fors adabiyotida birinchi chistonni Rudakiy yozgan degan taxmin bor.
Taniqli adabiyotshunos R.Orzibekov “Lirikada kichik janrlar” asarida chiston haqida tо‘xtalib, о‘zbek adabiyotida dastlabki chiston Alisher Navoiy tomonidan yaratilganini ta’kidlaydi: “О‘zbek xalq og‘zaki ijodida Navoiygacha ham topishmoq usulidagi namunalar bо‘lsa am, lekin yozma adabiyot vakillari ijodida hozircha chiston she’rlar uchramaydi. Alisher Navoiy о‘zbek klassik shoirlari orasida birinchilardan bо‘lib chiston aytishga kirishdi va uning yozma adabiyotdagi о‘rnini qonuniylashtirdi”22.
Ammo izlanishlar natijasi shuni kо‘rsatadiki, о‘zyuek adadbiyotida Navoiyga qadar ham chiston namunalari uchraydi. Jumladan, 1436-1437 yillarda yaratilgan Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida о‘zbek tilida ijod etilgan chiston keltiriladi.
Download 22.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling