1.3. Tanqidiy fikrlashni o‘stiruvchi faol metodlar - Tanqidiy fikrlashni o‘stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta’lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o‘qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Konsorsiumning a’zolari: Xalqaro o‘qish assotsiatsiyasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va SHimoliy Ayova shtat universiteti.
- Fikrlash – o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U o‘z ichiga biror-bir haqiqiy narsa to‘g‘risida fikrlashni oladigan, faol, muvofiqlashtirilgan keng qamrovli jarayon.
- Tanqidiy fikrlash-berilgandan ko‘proq mazmundagi fikrlarni ishlab chiqish, mavzudagi yangi jihatlarni ko‘rish, muammolarni topi shva ularni hal qilish, shu bilan birga daliliy yozish yoki munozaralarda sodir bo‘lganidek, fikrlar o‘rtasidagi har xil tafovutlarni topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |