Chiziqli dasturlash masalalarini yechishning jadval usuli Reja
Download 144 Kb.
|
4 амалий
Chiziqli dasturlash masalalarini yechishning jadval usuli Reja: Jadvalni to`ldirish qoidasi. Masalani yechishning algoritmi. Misol. Chiziqli dasturlash masalasini yechishning asosiy usullaridan biri Simpleks usulidir. Bu usul amerikalik olim Dansek tomonidan yaratilgan bo`lib, oddiy yoki sodda usuldir. Bu usul yordamida masalani yechish algoritmi quyidagichadir. Tengsizliklar sistemasi kanonik ko`rinishga keltiriladi. Tenglamalar sistemasida bazis o`zgaruvchilar aniqlab olinadi. Bunda bazis o`zgaruvchilarning qiymati nomanfiy bo`lishi shart. Maqsad funksiyasi erkin o`zgaruvchilar orqali ifodalab olinadi. Masalaning optimalligi tekshiriladi. Yechim optimal bo`ladi, agarda maqsad funksiyadagi barcha koeffitsientlar musbat bo`lsa. Agar biron bir koeffitsient manfiy bo`lsa, shu koeffitsientdagi o`zgaruvchi bazis deb olinadi va u erkin o`zgaruvchi bilan almashtiriladi. Bu masalani yechishning qulay usullaridan biri jadval usulidir. Simpleks jadvali quyidagicha to`ldiriladi: Jadvalning birinchi ustuniga bazis o`zgaruvchilar qo`yiladi. Shuningdek bu yerga maqsad funksiyasi ham qo`yiladi. Jadvalning ikkinchi ustuniga ozod hadlar qo`yiladi. Qolgan ustunlarga esa barcha o`zgaruvchilar qo`yiladi. U holda Simpleks jadvali quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi.
Bu jadval yordamida masalani yehish quyidagicha: f qatoridagi musbat son qidiriladi. Agar barcha koeffitsientlar manfiy bo`lsa, u holda optimal yechim topilgan hisoblanadi. Agarda biron bir koeffitsent musbat bo`lsa, shu koeffitsent turgan ustun bazis deb qabul qilinadi. Basiz o`zgaruvchilardan birontasini erkin o`zgaruvchiga o`tkazish uchun hal qiluvchi ustundagi musbat koeffitsientlarga ozod haddagi koeffitsientlar bo`linadi va ulardan eng kichigi to`g`risida turgan o`zgaruvchi erkin o`zgaruvchi bo`ladi. Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling