Chizma geometriya fani, uning vazifalari va bakalavrlar tayyorlashdagi o‘rni. Proeksiyalash usullari. Monj usuli


Proyeksiyalar tekisliklar va koordinata o‘qlarida joylashgan nuqtalarning


Download 1.12 Mb.
bet15/19
Sana30.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1414178
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
kunduzgi 1-ma\'ruza Muhandislik va kompyuter grafikasi

–rasm.




Proyeksiyalar tekisliklar va koordinata o‘qlarida joylashgan nuqtalarning chizmalari. Biror E nuqta H proyeksiyalar tekisligiga tegishli bo‘lsin (1.40,a–rasm). Bu nuqtaning gorizontal proyeksiyasi mazkur nuqtada (E′ºE), qolgan ikkita proyeksiyasi esa proyeksiyalar o‘qlariga proyeksiyalanadi (1.40,a,b –rasmlar)
Shuningdek, nuqta koordinata o‘qlaridan birida, masalan, F nuqta Oz koordinatlar o‘qida joylashgan bo‘lsa, chizmada uning frontal va profil proyeksiyalari
shu nuqtaning o‘zida, gorizontal proyeksiyasi esa koordinata boshida bo‘ladi (1.40,a,b–rasmlar)
Shunday qilib, nuqtani H, V va W proyeksiyalar tekisliklariga proyeksiyalash va uning tekis chizmasini tuzishdan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Fazoda berilgan har qanday nuqtaning:

  • gorizontal va frontal proyeksiyalari Ox o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir proyeksiyalarni bog‘lovchi chiziqda joylashadi;

  • gorizontal va profil proyeksiyalari Oy o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir proyeksiyalarni bog‘lovchi chiziqda joylashadi;

  • frontal va profil proyeksiyalari Oz o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir proyeksiyalarni bog‘lovchi chiziqda joylashadi;

  • Nuqtaning berilgan har qanday ikki ortogonal proyeksiyasi orqali uning uchinchi proyeksiyasini yasash mumkin.

Masalani biror A (A′, A″) nuqtaning (1.41.a,b-rasm) A″′ proyeksiyasini yasash uchun:

  • Nuqtaning gorizontal proyeksiyasidan Ox –ga parallel qilib chiziq o‘tqiziladi va uni Oy o‘qi bilan kesishgan Ay nuqtasi aniqlanadi.

  • OAy ni radius qilib Ay nuqtasi W tekislikni aylanish xarakatiga mos ravishda 900 ga buriladi va hosil bo‘lgan, Ay ning yangi vaziyatidan Oz ga parallel chiziq chiqariladi.

  • A″ nuqtadan Oz ga perpendikulyar chiqarilib, ularning o‘zaro kesishuvi A″′ nuqta belgilanadi.



    1. b)

    1. Download 1.12 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling