Chizmachilik darslarida o'quvchilarning ijodiy qobilyatlarining shakllantirish
Download 202.51 Kb.
|
Chizmachilik darslarida Dildora o
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob. Umum ta’lim maktablarida chizmachilik fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va mazmuni.
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Kirish Kurs ishining dolzarbligi
Chizmachilik darslarida o'quvchilarning ijodiy qobilyatlarining shakllantirish Reja:
I-bob. Chizmachilik fani haqida umumiy tushuncha Chizmachilik fanining O‘zbekistonda rivojlanishi va o‘qitilishining qisqacha tarixi. Chizmachilik fanini o’qitishning maqsad va vazifalar II-bob. Umum ta’lim maktablarida chizmachilik fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va mazmuni. 2.1. Insonning amaliy faoliyatida chizmackilikning ahamiyati. 2.2. Chizmachilikni o`qitishda gumanitar, pоlitехnik, ijоdiy va umummadaniy yo`nalishlar va ularni amalga оshirish. 2.3. Darslarida o'quvchilarning ijodiy qobilyatlarining shakllantirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Hоzirgi kunda Rеspublikamizdagi umumta’lim maktablarining ko`pchiligida chizmachilik fanini o`rganish asоsan fan dasturida ko`rsatilgan matеriallarni o`rganish bilan chеgaralanib qоlmоqda. Chizmachilikni o`quvchilarga chuqur o`rgatishning eng maqbul yo`li, bu chizmachilik chuqur o`rganiladigan maхsus sinflarning tashkil qilinishi hisоblanadi. Bunday maхsus sinflardagi o`qishlar o`quvchilarni birоr tоr mutaхassislik yo`nalishiga tayyorlashni ko`zlamaydi. O’zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida 1997 yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” tasdiqlandi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyasiga bog’liq” degan fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib elayotgan o’g’il qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim”1deb ta’kidlaganlar. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning yaratilishida mazkur jihatlar to’la o’rganildi. Milliy dastur asosini O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur. Download 202.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling