Chizmachilik lotin 2019. indd
Download 5.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Chizmachilik lotin 2019. indd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.5-chizma. http://eduportal.uz
12.1-chizma. 12.2-chizma.
12.4-chizma. 12.3-chizma. http://eduportal.uz 30 13-§. KESIM VA QIRQIM TALAB QILADIGAN DETALLARNING ESKIZINI CHIZISH Ma’lumki, eskizlar to‘g‘ri burchakli proyeksiyalashga amal qilingan hol- da, ko‘zda chamalab, detalning qismlari orasidagi nisbatlarni saqlab, chiz- machilik asboblari qo‘llanilmay, qo‘lda chiziladi. Eskizlar millimetrlangan, kataklangan yoki oq qog‘ozlarda bajariladi. Eskizlar, asosan, detalning asliga qarab chiziladi. Kerakli kesim va qir- qimlar qo‘llanilib, eng kam ko‘rinishda chizishga harakat qilinadi. O‘lcham- lari detalning aslidan o‘lchab qo‘yiladi. Ishchi daftarga (kataklangan) eskiz chizishni yaxshi bilasizlar. Endi oq qog‘ozga eskiz chizishni o‘rganamiz. Buning uchun avval o‘zaro parallel, go- rizontal, vertikal, turli holatlardagi qiya hamda o‘zaro perpendikulyar chiziq- larni qo‘lda chizish mashq qilinadi. Bundan tashqari, turli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak, kvadrat, aylana va uning yoylarini chizish orqali qo‘lni chizma chizishga o‘rgatib borish tavsiya etiladi. Masalan, 13.1-chizmada podshipnik deb nomlanuvchi detalning as- liga (bu yerda uning yaqqol tasviri berilgan) qarab tahlil qilinsa, ikkita ko‘rinishda (bosh va chapdan) chizilishi mumkin. Shunda silindrning ostki asosini plita bilan mustahkam bog‘lovchi qovurg‘alarni kesim or- qali, silindrni esa profi l qirqim orqali ko‘rsatish qulay hisoblanadi. 1. Eskiz chizish shartiga muvofi q ko‘rinish o‘rnilari to‘g‘ri to‘rtburchak- larda belgilab olinadi hamda detal asosi va silindrik qismi, qovurg‘alar chizib chiqiladi (13.2-chizma, a). 12.5-chizma. http://eduportal.uz 31 2. Detal konturi aniqlab olinadi va profi l qirqim hamda kesim bajariladi (13.2-chiz- ma, b). 3. Chizmalar o‘lchamlari aslidan o‘l- chab olinadi. Bu yerda detalning asli bo‘lmaganligi uchun o‘lcham chiziqlariga uning son qiymatlari qo‘yilmadi (13.2-chiz- ma, c). Yoki ushbu detal eskizini uchta ko‘- rinishda chizib, qovurg‘alarning o‘zaro joylashishini ustdan ko‘rinishida A–A qir- qim orqali tasvirlash mumkin. Shunda de- talning asosi – plitaning shakli ham to‘liq ko‘rin gan bo‘ladi (13.3-chizma). 1. Eskiz qanday chizma? 2. Eskizlar qanday chiziladi? 3. Eskizlarda kesim va qirqimlar nima uchun qo‘llaniladi? O‘qituvchining topshirig‘iga binoan texnik detallardan birining eskizini chizing. Eskizlarda o‘lchamlari qanday qo‘yiladi? A. Chizilgan eskizdan o‘lchab. B. Detalning aslidan o‘lchab. C. Detalning yaqqol tasviridan o‘lchab. D. Ixtiyoriy o‘lchab. Download 5.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling