Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

5-grafi k ish. Loyihalash.
Qanday masala ijobiy hisoblanadi?
A. Javobi bitta bo‘lsa.
B. Javobi yo‘q bo‘lsa.
C. Javobi ko‘p bo‘lsa.
D. Javobi noma’lum bo‘lsa.
18.4-chizma, B dagi detalni mantiqiy fi kr yuritib, uni chap yoki o‘ng tomonga 90° 
ga burilgan holatini kompyuterda bajaring.
20-§. MASHINASOZLIK CHIZMALARI. BUYUM 
VA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING TURLARI
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har qanday narsa yoki narsalar 
to‘plami umumiy nom bilan buyum deb ataladi.
Buyumlar detallar, yig‘ish birliklari, kompleks va komplektlarga bo‘linadi.
Detal – bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig‘ish jarayon-
lari qo‘llanilmagan) yasalgan bo‘ladi.
Yig‘ish birligi – tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o‘zaro yig‘ish 
jarayonlari bilan biriktiriladigan buyumlar.
Kompleks – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashti-
rilmagan, ammo bir-biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko‘zda 
tutilgan ikki va undan ortiq buyum.
Komplekt – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtiril-
magan, biroq umumiy yordamchi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq 
buyum to‘plami. Masalan, ehtiyot qismlar to‘plami.
19.3-chizma.
http://eduportal.uz


45
Buyumlarning tarkibi va tuzilishi konstruktorlik hujjatlari bilan aniqla-
nadi.
Standart detallar va o‘zaro almashuvchanlik. Texnikaning barcha so-
halarida qo‘llaniladigan bir xildagi detallar ko‘plab uchraydi. Ularga turli 
boltlar, shpilkalar, vintlar, gaykalar, shaybalar, shponkalar, shtiftlar, prujinalar
parchin mixlar, burama mix (shurup)lar, turli vallar, o‘qlar, relslar, prokatlar, 
qistirma kabilar kiradi.
Bunday detallar ishlab chiqarishning turli sohalarida qo‘llanilgani uchun
ular standartlashtirilgan. Har bir buyum uchun standart joriy qilingan. Ma-
salan, boltni olsak, tatbiq qilinadigan joydagi teshikning diametri va de-
tallarning qalinligi ma’lum bo‘lsa yetarli. Standart asosida joriy qilingan 
jadval bo‘yicha kerakli diametr va uzunlikdagi tayyor boltni jamg‘armadan 
olib ishlatiladi.
Standartlashtirish kundalik hayotimizdagi bir turdagi buyumlarning 
detallarini bir-biri bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan, bir xil 
markadagi avtomobillarning detallari bir-biriga to‘g‘ri keladi va buzilga-
nini darhol almashtirishga imkon bo‘ladi.
Hozirgi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayoni kuchaygan davr-
da har bir detal va buyumlarni aniq standart talabiga ko‘ra bir-biri bilan 
almashtirishni joriy etish talab qilinadi. Shuning uchun mahsulotni ishlab 
chiqarish jarayoni o‘ta aniqlikni talab qiladi. Shundagina buyumlarni o‘zaro 
almashtirishda qiyinchilik tug‘ilmaydi.

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling