Sunatillaning kompyuterli modellashtirish
Download 80.03 Kb.
|
Madidinov sunatillaning kompyuterli modellashtirish fanidan tayy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Model va Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari va xossalari
- Model va modellashtirish haqida tushincha.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO’LIMI INFORMATIKA O`QITISH METODIKASI TA’LIM YO`NALISHI 2M0700-20 GURUH TALABASI MADIDINOV SUNATILLANING KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: S.Madidinov Qabul qildi: Mavzu: Model va Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari va xossalariReja. Model va modellashtirish haqida tushincha. Kompyuterda modellashtirish va uning mohiyati. Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Model va modellashtirish haqida tushincha.Ma’lumot omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma’lumotlar omboriga joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Ma’lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va ma’lumotlarga turli o‘zgarishlar kiritish uchun ham uning umumiy tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma’lumotlar omborida qanday ma’lumotlar borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo‘ya olasiz. Bir axborotni turli xil vositalar orqali va turli shakllarda ifodalash mumkin. Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma’lumotlar modeli deb ataladi. Albatta, turli odamlar tashqi dunyoni turlicha talqin qiladilar va u haqida turlicha bilimga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan foydalaniladi. Modellashtirish yoki modellashning rasmiy muammolarini o‘rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud (bunday nazariyalar oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladi). Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarini va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Kompyuterda odellashtirish texnologiyasini o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishi talab qiladi. Kompyuterda modellashtirish texnologiyasining umumiy ko‘rinishi 5-rasmda ko‘rsatilgan. Kompyuterda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilishi yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli Pentium protsessorli kompyuterlarda o‘rganilayotgan jarayonlar modellarining turli xil ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, annimatsiya, multiplikatsiya va h.k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud. Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko‘rinishida saqlash va undan bir necha marta foydalanish mumkin. Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo‘nalishlarni ajratish mumkin: Geometrik yo‘nalishlarni tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi. Kompyuter geometric obyektlarning xossalarini o‘rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni qurish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi. Ikkinchi yo‘nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog‘liq. Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro‘y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi. Uchinchi yo‘nalish – kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish – kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyuterda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqelikni anglashda, bilish jarayonini amalgam oshirishda yangi bosqich rolini o‘ynaydi. Ma’lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar quyidagi talablarni bajarishi kerak: Soddalik. Ma’lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish turlariga ega bo‘lishi lozim. Yaqqollik. Ma’lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan, tasvirlanadigan) bo‘lishi kerak. Qismlarga bo‘linishi. Ma’lumotlar modeli ma’lumotlar omborida oddiy o‘rin almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘rin almashtirish. Ma’lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan almashtirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Erkinlik. Ma’lumotlar modeli aniq bo‘lakchalarnigina o‘z ichiga olmasligi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta’minlay olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy obyektning ba’zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi. Xolos. Global taraqqiyot muommosi bo`yicha professor Ya. Kaya rahbarligida ishlab chiqarilgan ushbu loyiha ancha mashhur bo`lib ketdi. Ular dunyo miqyosdagi global muommolar qatoriga oziq-ovqat tanqsiligi, rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida ishlab chiqarishning past darajada ekanligi, ishsizlikka bularni kiritadi. Global taraqqiyot modeli asosida dunyo iqtisodining o`sishini ta’minlash maqsad qilib qo`yilgan. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti qishloq xo`jalik va xom ashyo qazib olishga asoslangan. Modelda sanoatning ishlab chiqarishnig o`sishi bilan samaradorlik pasaymaydigan sohalarini rivojlanrtirishning eng maqbul strategiya deb hisoblanadi. Bu loyihada dunyo mamlakatlari 9 ta mintaqaga ajratiladi. Har bir mintaqaning rivojlanish dinamikasi 3 ta o’zaro bogliq qism modellar orqali taviflanadi; ishlab chiqarish, iste’mol, aholi soni. Modelda ikkita stsenariy qaraladi. A-stsenariy buyicha aholi jon boshiga tug`ri keladigan yalpi mahsulotni maksimal oshirish. B-stsenariy rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini optimal rivojlantirish. Tadqiqotlar 1970 yildan 2010 yilgacha bo`lgan davr uchun o`tkazildi. A-stsenariyda barcha mintaqalar uchun aholi jon boshiga tug`ri kelgan yalpi mahsulotning o`sishi ta’minlangan boshqaruv usuli topildi. Biroq bu stsenariyda rivojlangan mamlakatlar sanoatining o`sish suratlari avvlgidek yuqori bo`lib, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi o`rtasidagi farq yanada oshdi. B- stsenariyda esa rivojlangan mamlakatlar daromadlarining pasayishi rivojlangan mamlaktlarda esa sezilarli oshishi kuzatiladi. Shu bilan aholi daromadlaridagi farqlar saqlanib qoldi. Rivojlanayotgan mintaqalar daromadlarining oshishi barcha mintaqalar iqtisodiyotini qayta qurish hisobiga amalga oshiriladi. Prof. Linnemal raxbarligidagi olimlar guruxi «Axoli sonining ikkilanishi lozimligi ustida ish olib bordilar, unda diqqat oziq – ovqat muommosiga qaratildi va bu muommoli deb xisoblandi. 1970 yildan asr oxirigacha yer shari axolisi 2 marta ortadi degan farazdan kelib chiqildi. Shunday savol qo`yildi: Xozir dunyoning qator mintaqalarida oziq –ovqat tanqisligi muommosini boshdan kechirayotgan bo`lsa asr oxiriga kelib axolini oziq –ovqat bilan qanday taminlash mumkin. Mamlakatchilik model yordamida planetadagi oziq-ovqat ichimliklarni maksimal oshirishning imkonlarini ishlab chiqarishni baholashni maqsad qilib quydi ; shuningdek mavjut ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda dunyoning turli rayonlarida qishloq xo`jaligining rivojlanishini bashorat qilish va rivojlantirish tendintsiyasi nazarda tutilgan edi. Linneman loyixasi oziq –ovqat muommosini yechishga qaratilgan maxsus global modelga misol bo’ladi. Modelda qishloq xo’jalik sektori ancha mufassal qaraladi. Bu sektorning boshqa sektorlar bilan o’zaro ta’siri munosabatlarning yondashuvi shubxa tu’diradi. Axoli o’sishining sanoat rivojlanishining xatto bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatgich soxalarining o’sishi bilan deb xisoblanadi. Yapon tadqiqotchilar «O`zgarayotgan dunyoda Yaponiyaning kelajagi» deb nomlangan modeli bitta mamlakatning muddatidan ilgari rivojlanish darajasini oshirishni dunyo sistemasi bilan birga taxlil qilishga yo`naltirilgan. Ushbu modeldan dunyo iqtisodiy rivojlanishini va atrof muxitning o`zgargan imkoniyatlarini xisobga olgan xolda Yaponiya iqtisotni optimal boshqarish strategiyasini Aniqlashda foydalanish nazarda tutilgan. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida alohida davlat va regionlarning shuningdek butun dunyoda muddatidan ilgari rivojlangan darajadagi chiqishnig turli aspektlarini tadqiq qilish bo’ladi. 1974 yil oxirlarida iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti lauriyati Tinbergen xalqaro tartibni yangilash loyihasini tadqiq qildi. Unda xalqaro hamkorlik (iqtisodiy ilm, texnikaviy va siyosiy) ning yangi shakllarini ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Uning yuqorida qaralgan loyihalaridan farqi Dunyo iqtisodiyotini krizisiz rivojlantirishni ta’minlashtirilgan konkret loyiha yaratishni maqsad qilib quydi. Bu o`zining milliy organlar ustidan nazorat qilishga organ tuzilishini nazarda tutadi. Bu organ dunyo iqtisodiyotini rejalashtiradi suveren davlatlarga uzatadi. Biroq bu o’zgarishlarni amalda qat’iy bajarish masalasini aniq bo’lib keldi Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo`nalishlarni ajratish mumkin: Download 80.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling