Tabiat jamiyat va inson tushunchalarining mohiyati. Tabiat jamiyuat ulkan tizim sifatida. Tabiat va jamiyatning o’zaro tasiri va mohiyati
Download 75.81 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy muhit
- Geografik muhit
- Texnogen muhit
MAVZU:INSON, JAMIYAT VA TABIAT Reja: Tabiat jamiyat va inson tushunchalarining mohiyati. Tabiat jamiyuat ulkan tizim sifatida. Tabiat va jamiyatning o’zaro tasiri va mohiyati. Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollari takomillashib boradi. Natijada u o‘zini o‘rab turgan tabiatning xususiyatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos "muhit” yaratadi. Shuning uchun, jamiyat va tabiat munosabatlari haqida gapirganda tabiiy muhit, geografik muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir. Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografik adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi. Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan bir qismi. Geografik muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi. O‘z navbatida, jamiyat ham geografik muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat rivojlanib borgani sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi. Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi. Download 75.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling