17-rasm. Yumaloqlashlar bo’lganda chiqarish chiziqlarini qo’yish
|
18-rasm. O’lcham chiziqlariga perpendikulyar bo’lmagan chiqarish chiziqlarini qo’yish
|
19-rasm. O’lcham chiziqlari turli qiyalik larda bo’lganda o’lchamlar qo’yish
|
20-rasm. Egri chiziqli konturga
o’lchamlar qo’yish
|
Tasvirlangan buyumning qiya to’g’ri chiziqli elementlari gorizontal to’g’ri chiziqqa nisbatan qiyalik burchagi bilan yoki qiyalik bilan ifodalanadi. AB to’g’ri chiziqning AC to’g’ri chiziqqa nisbatan qiyaligi (21-rasm) deb ko’tarilish balandligini uning gorizontal proeksiyasiga bo’lgan nisbatiga (i=BC/AC=tg ) aytiladi. Qiyaliklar sonlarning nisbati bilan (1 : 10) yoki foyizda (10%) va shuningdek o’nli kasrlar bilan ifodalanadi, masalan 0,09. Chizmalarda qiyalik belgi bilan belgilanadi va i qiyalikni aniqlovchi son oldiga asosiy yo’nalishga parallel qilib qo’yiladi. Burchak uchi qiyalik tomonga yo’nalgan bo’ladi.
a)
b)
21-rasm. Qiyalikni belgilash 22-rasm. Konuslikni aniqlash (a) va
chizmalarda konuslikni belgilash (b)
Agar buyum konus shakliga ega bo’lsa, u holda chizmada konuslik darajasi ko’rsatiladi. Konuslik K deb, konus ikki normal kesimlari diametrlari (D, d) ayirmasining ular orasidagi masofaga (l) bo’lgan nisbatiga aytiladi (22-rasm, a). K=(D - d)/l=2tg, demak, K = 2i.
Konuslikni ifodalovchi o’lcham soni oldiga shartli belgi qo’yiladi, bu belgining uchi konus uchi tomonga yo’nalgan bo’ladi (22-rasm, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |