Chizmalarni rasmiylashtirish


Download 1.86 Mb.
bet1/9
Sana20.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1710679
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Chizmalarni rasmiylashtirish


1-AMALIY MASHG’ULOT. CHIZMALARNI RASMIYLASHTIRISH
1.1. Chizmalarni tuzish va rasmiylashtirishga oid Davlat standartlari
Texnikaviy chizmalarni chizish va rasmiylashtirishda Davlat standartlari (D.st.) belgilagan qoidalarga amal qilish zarur.
Standartlar muntazam ravishda qaytadan ko’rib chiqiladi, mukammallashtiriladi va to’ldirib boriladi. 1996 yilda amaldagi standartlar mamlakatimizda sanoat va qurilishning butun tarmoqlari konstruktorlik hujjatlarini bajarishning yagona qoidalarini yaratish maqsadida qayta ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.
D.st. 2.305-96 quyidagicha ifodalanadi: 2 raqami konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi; nuqtadan keyingi Davlat standartining klassifikasion guruhini ifodalovchi raqam (3 – «Chizmalar chizishniig umumiy qoidalari»); ikki raqamli son guruhdagi standart raqami (05 – «Ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlar») va tiredan keyingi ikki raqam (96) standartning ro’yxatdan o’tkazilgan (1996) yilini ko’rsatadi.
Bundan buyon davlat standartlari D.st. 2.301-96 deb, qolgan standartlar tartib raqamlari bilan ifodalanadi.
1.2. Konstruktorlik hujjatlari.
Har qanday buyumni tayyorlash, binolar va muxandislik inshootlarini yasash grafikaviy va matnli qismlardan iborat bo’lgan konstruktorlik hujjatlariga asosan bajariladi. Grafikaviy hujjatlarga buyumlar, bino va inshootlarning chizmalari va sxemalari kiradi, matnli hujjatlarga esa, texnikaviy shartlar, spesifikasiyalar, ro’yxatlar, tushuntirish matnlari kiradi.
Chizma — mashina, inshoot, texnikaviy moslamalar va ularning detallari tasvirlarini hamda ularni tayyorlash va nazorat qilish uchun boshqa zarur ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jujjat.
Chizmalar tayyorlash usuliga va foydalanish harakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi (D.st. 2.102—96):
originallar — chizma qog’ozi yoki boshqa materialga chizilgan va ular bo’yicha asl nusxalar tayyorlash uchun mo’ljallangan chizmalar;
asl nusxalar — imzolar bilan rasmiylashtirilgan va nusxa ko’chirish uchun imkon beradigan chizmalar;
nusxalar — asl nusxaga aynan o’xshash bo’lishini ta’minlash usuli bilan chizilgan va ishlab chiqarishda hamda korxonada foydalanish uchun mo’ljallangan chizmalar.
Ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchun mo’ljallangan hujjatlarni eskiz chizmalar va hujjatlar ko’rinishida bajarish mumkin.
Chizmani chizishga kirishishdan oldin qog’oz varag’i formatini (chizma formatini), masshtabini, varaqda tasvirlarning va yozuvlarning joylashishini belgilab olish zarur.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling