Chngiz aytmatov romanlari


Download 1.75 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi1.75 Mb.
#1006699
Bog'liq
portal.guldu.uz-Turkiy xalqlar adabiyoti (1)


Filologiya fakulteti
1-36-guruh talabasi
Qo’ziyeva Ra’noning
Turkiy xalqlar adabiyoti
fanidan
TAQDIMOTI
Mavzu:
CHNGIZ AYTMATOV ROMANLARI
Mavzu rejasi:

1. Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi haqida
2. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani.
3. Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romani.

XX asr jahon adabiyotining yirik vakillaridan biri Ch.Aytmatov qirg’iz adabiyotining shuhratini olamga yoydi. Uning ijodi jahon adabiyotining eng yaxshi an’analari bilan qirg’iz milliy adabiyoti an’analarining qo’shiluvidan iborat bo’ldi. U yaratgan asarlar jahonning qariyb barcha tillariga tarjima qilingan. 1988 yildagi ma’lumotga qaraganda uning asarlari 40 million nusxada chop etilgan. Ana shunday buyuk yozuvchi 1928 yili Qirg’izistonning Talas vodiysida tug’ildi. Uning otasi To’raqul Aytmatov o’z zamonasining ilg’or kishilaridan bo’lib, katta davlat arbobi va olim kishi edi. 1937 yil unga “xalq dushmani” degan ayb qo’yilib, repressiya qurboni bo’ldi. Ch.Aytmatov rus maktabida o’qidi. Keyin Jambuldagi zooveterinariya texnikumini bitirib, institutga kirdi.
Qishloq xo’jalik institutining zootexnika fakultetini bitirib, ancha yillar shu mutaxassislik bo’yicha ishlagan. Lekin badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishi tufayli u Moskvadagi ikki yillik adabiyot institutida ham o’qidi. Ch.Aytmatov bir necha yillar “Pravda” gazetasining Qirg’izistondagi muxbiri va “Literaturniy Kirgizistan” jurnalining redaktori bo’lib ishladi. Yozuvchi ijod bilan birgalikda, jamoat ishlarini ham bajarib kelmoqda. Qirg’iziston yozuvchilar uyushmasining raisi, “Inostrannaya literatura” jurnalining muharriri, Rossiyaning Lyuksemburg davlatidagi elchisi, “Issiqko’l forumi”ning boshlig’i vazifalarida ishladi. Hozirgi kunlarda “Turkiston umumiy uyimiz” deb nomlangan Markaziy Osiyo ijodkorlari tashkilotining boshlig’i sifatida faoliyat ko’satmoqda.
Ch.Aytmatov asarlarining har biri o’ziga xos original asar bo’lib dunyoga keldi. Uning kitobdan-kitobga qarab mahorati o’sib bordi. Yozuvchining “Momo Yer”, “Yuzma-yuz”, “Birinchi muallim”, “Sohil bo’ylab chopayotgan olapar”, “Oq kema”, “Alvido, Gulsari” kabi asarlarining har biri buyuk talantning, yuksak mahoratning mahsulidir. Yozuvchi “Momo Yer”, (“Somon yo’li”) povestida To’lg’onoy ismli ayolning boshiga tushgan dahshatli voqyealarni tasvirlaydi. Insonning boshi toshdan qattiq ekanligini, u har qanday musibatlarga chidashi uchun katta irodaga ega bo’lish kerakligi tasvirlangan..

Ma’lumki, Ch.Aytmatov qissalari bilan dunyoga mashhur bo’ldi. Adabiyot sohasidagi katta halqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi. Yozuvchi keyinroq hajman kattaroq bo’lgan roman janrida ham qalamini sinab ko’rdi. Bu janrda yaratilgan asarlar ham yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. Demak, yozuvchiga badiiy janrlar bir vosita xolos. Eng asosiy gap uning ifoda qilish uslubi bilan bog’liqdir.

Adibning ikkinchi romani “Qiyomat” (“Kunda”) deb nomlanadi. Bu asarning ham shuhrati keng yoyildi. Asarda butun insoniyatni bezovta qilib turgan katta global masalalar ko’tarib chiqilgan. Bu asarda ham talaygina syujet liniyalari mavjud. Insonlardagi mehr-oqibatning tugab borayotganligi haqidagi tashvishli fikrlar Bo’ston va Bozorboy obrazlari o’rtasidagi konfliktda ko’rsatiladi. Avdiy Kallistratov bilan Kandalov o’rtasidagi kurashlar tasvirida esa hozirgi davrda juda muhim masalalardan biri bo’lgan giyohvandlik haqida fikr yuritiladi.

Avdiy xuddi Iso payg’ambar singari odamlarni yomon yo’ldan qaytarmoqchi, insofga chaqirmoqchi bo’ladi va shu yo’lda o’zi ham halok bo’ladi. Asarda “Bibliya” kitobidan olingan syujetlar ham bugungi dunyomiz uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Bu mashhur yozuvchi M.Bulgakovning “Master va Margarita” kitobida ham berilgan edi. Ch.Aytmatov ham shu an’anani o’ziga xos ravishda davom ettirdi. Akbara va Toshchaynar nomli bo’rilar obrazi orqali esa ekologiya masalalari ko’tarib chiqiladi. Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlarning bugungi davrimizda o’ta qaltis holga kelib qolganligi hikoya qilinadi.

Qirg’iz xalqining faqat qirg’iz xalqiningina emas, balki hozirgi duyomizning mutafakkir yozuvchisi Ch. Aytmatov keyingi yillarda ham ajoyib asarlar yaratmoqda. Uning «Oxir zamon nishonalari», «Chingizxonning oq buluti» nomli asarlari yuksak darajadagi katta mahoratning mevasi sifatida vujudga kelgan. Yozuvchining har bir asari  hozirgi dunyo adabiy jarayonida katta voqia sifatida tan olinadi. Ch. Aytmatov «Oxir zamon nishonalari» nomli asarida insoniyat hozirgi davrda muhim muammolar oldida chorasiz qolayotganligi, kelajakda uni nimalar kutayotganligi haqida yozilgan. Adib dahshatli fojialardan ogohlantiradi. 


Xullas, Ch.Aytmatov davrimizning zabardast yozuvchisi sifatida o’zbek kitobxonlarining ham sevimli adibiga aylangan. Keyingi yillarda ham adibning bir qancha asarlari e’lon qilindi. Bu asarlari ham g’oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlar deb baholanmoqda. Bundan tashqari yozuvchining hozirgi dunyomizning aktual problemalariga bag’ishlangan ko’plab publisistik maqolalari ham e’lon qilinmoqda.

Adabiyotlar   1. Ch.Aytmatov, M. Shaxonov. Qoyada qolgan ovchining oxi-zori. T., 2000. 2. Ch.Aytmatov va o’zbek adabiyoti. Samarqand. 1989 3. Ch.Aytmatov. “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun”. Romanlar. So’z boshi ,M.Qo’shjonov.T.,1989. 4. Ch.Aytmatov. Tanlangan asar. 2 tomlik. T., 1978. 5. Ch.Aytmatov. Oxir zamon nishonalari. Toshkent, «Sharq», 2001.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling