Cho’chqalarni biologik hususiyatlari va tasnifi
Download 106.83 Kb.
|
Cho’chqalarni biologik hususiyatlari va tasnifi
1.4.Cho‘chqalarni urchitish.
Cho„chqachilikda ko„p va sifatli go„sht ishlab chiqarish, samaradorlikka erishish har bir urg„ochi cho„chqani bo„g„oz bo„lishini ta‟minlash, ko„proq cho„chqa bolasi olish, olingan cho„chqa bolalarini durkun o„stirish va bo„rdoqilash bilan belgilanadi. Amerikalik olimlarning hisoblashicha sohani samaradorligini ta‟minlash uchun quyidagilarga erishish kerak: bir yilda har bir urg„ochi cho„chqadan 1,8 dan 2,0- 2,2 martagacha cho„chqa bolasi olish; bir bosh urg„ochi cho„chqa hisobiga 13 tadan 20 – 24 tagacha go„sht uchun cho„chqa bolasi o„stirish; cho„chqalar harajatini 20–40 % dan 7 – 13 % ga pasaytirish; har uyada 7,5 dan 9 –10 tagacha cho„chqa o„stirish; 18 dan 100 kg gacha vazni davomida har bir kg vazn ortishi uchun oziqa birligi sarfini 3,5 dan 2 – 2,75 ga kamaytirish va kasalliklar natijasida bo„ladigan cho„chqalar harajatini 15 – 20 % ga kamaytirish. Bu borada har bir xo„jalikda cho„chqalarning biologik va xo„jalik uchun foydali xususiyatlaridan oqilona foydalanib urg„ochi cho„chqalarni me‟yor muddatlarida otalanishini ta‟minlash, ularning har boshidan ko„proq cho„chqa bolasi olish, olingan cho„chqa bolalarini iloji boricha saqlab qolish choralarini ko„rish, har bir uya hisobiga ko„proq bo„rdoqilar yetishtirish talab yetiladi, shundagina soha samaradorligini ta‟minlash va uni keng takror ishlab chiqarishiga erishish mumkin. Cho„chqachilikda muhim zootexnikaviy ko„rsatkichlardan poda tarkibi hisoblanadi, shu boisdan har bir fermer xo„jaligining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, oqilona poda tarkibini tuzish mumkin. Bu borada poda tarkibida urg„ochi cho„chqalar nisbatini ko„paytirmay turib, ulardan jadal foydalanish evaziga ko„proq cho„chqa bolalari olishni ta‟minlash kerak. Urg„ochi va erkak nasldor cho„chqalar serpushtligidan foydalanib ulardan ko„proq cho„chqa bolalari olish choralarini ko„rish kerak . Bu borada urg„ochi cho„chqalarning yil davomida kuyukish qobiliyatidan foydalanish asosida xo„jalik sharoitini inobatga olgan holda yilning hohlagan mavsumida cho„chqa bolalari olishni rejalashtirish mumkin. Download 106.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling