Chok tikishning bir nechta turlari bo`lib, ular, asosan, kiyimlarni


Download 350.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi350.85 Kb.
#1028219
Bog'liq
BEZAK CHOKLAR



Chok tikishning bir nechta turlari bo`lib, ular, asosan, kiyimlarni 
ta`mirlashishlarida va kiyimlarni tikishda ishlatiladi. 
Bundan tashqari, choklar orqali kiyimlar uchun turli gullar va boshqa jilolar berish, 
kashta tikish mumkin. 
Oddiy, tepchima chok. 
Bu chok qanday vazifada ishlatilishiga qarab, 1,5 mmdan to 3 smgacha 
uzunlikdagi qiyiq bilan tikiladi. Bunda igna bitta yo`nalishda- buyumga nisbatan 
o`ngdan chapga qarab harakatlantiriladi. Bu chok bilan ko`pincha buyumning 
ikkita qismi vaqtincha ko’klab qo`yiladi va undan keyin shu chok bilan mayday 
qilib tikilsa, bezash choki vazifasini ham bajarishi mumkin. 
Bahya chok. 
Mato chetlarini mustahkamlashga xizmat qilib, matoga xuddi buklangandek, lekin 
bir tekis chok hamda masofa hisobga olinib tikiladi.Shundan so`ng mato o`girilib 
yana tikib chiqiladi. Bu chok juda qadimdan qo`lda keyinchalik mashinalarda 
tikiladigan bo`lgan. 
Xoch yoki iroqi chok. 
Iroqi chok xochlar tizmasidan tashkil topgan bo`lib, ko`proq kashta tikish 
ishlatiladi. Tikkan kashtangiz nafis va bejirim chiqishi uchun ignani to`g`ri ishlata 
olishi kerak. 
Halqa chok. 
Bu chok bilan chetlari yo`rmab chiqiladi.Shunigdek, bu chok bilan buyum 
chetlarini zich va pishiq qilib ulash ham mumkin. Chok qanday tikilishiga qarab, 
bir nechta usulda bo`ladi. 
Archasimon chok. 
Bu chokning tekis bo`lishi uchun qalam yoki ip bilan uchta parallel chiziq belgilab 
olish kerak. Ip gazlamaning teskari tomonidan o`ngiga o`rtasidagi chiziqdan 
chiqariladi.O`rtasidagi chiziq bilan ikki yon tomonidagi chiziqlar orasi bir xil 
bo`lishi kerak. Igna gazlamaning chap yon chizig`iga o`ng tomonidan qadaladi, 
bunda orqadagi qancha bo`lsa, o`ngdagi ip ham shuncha olinadi. Dastlab igna 
qadalgan joydan bir nechta ip tashlab, igna yana o`rta chiziqqa qadaladi, keying 
safar igna o`ng tomonga qadaladi. Bunda ip to`g`ri qavishdagi kabi bo`lmay, bir-
biriga ilinib, burchak shaklida bo`ladi. 
Zanjir yoki popopchok. 
Bu chok ko`pincha kashtaning 
Chok 
turlari
Oddiy, 
tepchima 
chok
Bahyach
ok
 
Xoch yoki 
iroqi chok
Halqa 
chok
Zanjir 
yoki 
popup 
chok 
Archasim
on 
chok 


Chetini yoki kashta ichini to`ldirish uchun ishlatiladi. Chok tikish ipli ignani 
teskaridan o`ngga chiqarishdan boshlanadi.Igna bilan chiqqan ip gazlamaning o`ng 
tomoniga halqa qilib tikiladi.Igna bilan chiqqan ip gazlamaning o`ng tomonga 
halqa qilib tikiladi.Halqa chap qo`lning bosh barmog`I bilan ushlab turiladi va igna 
ip chiqqan teshikka sanchiladi. Zanjirlar o`lchami bir xil yoki turlicha bo`lishi 
mumkin. 
Iroqi chok bilan tikilgan buymlardan namunalar 
O`quvchilar bilan birgalikda chok turlarini tikamiz.Tikayotgan vaqtingizda 
barmog`ingizga angishvona taqing! Bu bilan siz qo`lingizga igna sanchilishining 
oldini olgan bo`lasiz.Xavfsizlikni unutmang! 




Download 350.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling