Cho`kindi hosil bo`lish sharoitlari reja
Download 52.52 Kb.
|
Dengizda cho’kindi hosil bo’lish sharoiti va hududlari
CHO`KINDI HOSIL BO`LISH SHAROITLARI Reja: Kirish Cho’kindi to’g’ jinilari Cho’kindi jinislarni tasvirlash Yumaloqlanmagan jinslar Karbonatli jonislar Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Dengizda cho‘kindilami to‘planish jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar. Dengiz havzalarida cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoniga iqlim, suvni sho‘rligi, suv havzasini chuqurligi, gazrejimi, suv osti oqim- larini borligi va uni xususiyatiga ta’sir etadi. Ular ichida suvning sho‘rligi va havzani chuqurligi hosil bo‘layotgan cho'kindini xususiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim. U harorat rejiminli yog‘ingarchilikni va bug‘lanishni munosabatlariga ko‘ra uch turga bo‘linadi: gumid, arid (cho‘l) va nival (muzlik). Dengiz suvining Ustki qismini harorati iqlimga qarab o'zgaradi, yani ekvator hududida harorat 28°C bo‘lsa, qutb hududlarida 0°C atrofidadir. Iliq suvli dengiz havzalarida harorat chuqurga tushish bilan o‘zgaradi. U 200 metr chuqurlikda +3°C ni tashkil qiladi. Iqlim organik dunyoga ta’sir ko'rsatadi. Qrganizm- lar asosan 200 metr chuqurlikkacha bo‘lgan joyda yashaydi. Gumid iqlimni tropik mintaqa dengizlari organik dunyoga eng boydir. Bu yerda stenotermal formadagi organizmlar rivojlangan bo‘lib, ular kichik termal diapozonda yashaydi. Gumid iqlimni o'rtacha namgarchilik mintaqa dengizlarida organizmlar kamroq rivojlangan. Arid iqlimli suv havzalarida bukilgan evrigal shakldagi organizmlar yashaydi. Ular anomal sho'r suvda yashashga moslashgan. Umuman olganda cho'kindi to‘planishiga iqlimning ta’siri quyidagicha bo'ladi. Arid iqlimli suv havzalarida kimyoviy jinslar ko‘proq rivojlanadi. Gumid iqlimni tropik mintaqalarini suv havzalarida ko‘proq biogen, o‘rtacha namgarchilik mintaqalarida va muzlik iqlim suv havzalarida esa ko‘proq bo‘lakli jinslar hosil bo‘ladi. Suv havzalarining sho‘rligi. Suvni sho‘rlik darajasiga ko‘ra dengiz suvlari uch turga bo'linadi: a) normal sho'rli suv havzalarida tuzning miqdori 2—37 %■ bo‘ladi; b) o‘ta sho'r suv havzasida tuzni miqdori 37% dan ko‘p bo‘ladi (masalan Qizil dengizda sho'rlik 45% gacha). d) sho‘rligi kam suv havzalari ^masalan Qora dengiz suvini sho‘rligi 22%). Dengizlar okeanlardan qaysi darajada ajratilganligiga qarab normal sho‘r suvli ochiq chekka dengizlar va suvni sho‘rligi ozgina farq qiladigan yarim ajratilgan dengizlarga bo'linadi. Kontinentlar ichidagi dengiz suvlviga ko‘pincha anomal sho‘rlik hosdir. Bu suv havzalriga arid iqlim sharoitida o‘ta sho‘rlik hos bo‘lsa, gumid iqlimda esa sho‘rlikni kamligi hosdir. Suvlarning sho‘rligi kimyoviy cho‘kindilami tarkibiga ta’sir etadi. Download 52.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling