Cho`kmani xosil bo’lish nazariyasi. Birgalashib cho`kish va uning turlari


Kristall va amorf cho`kmalarni hosil bo`lish sharoitlari


Download 31.21 Kb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi31.21 Kb.
#1396788
1   2   3   4
Bog'liq
Cho`kmani xosil bo’lish nazariyasi. Birgalashib cho`kish va uning turlari.

3. Kristall va amorf cho`kmalarni hosil bo`lish sharoitlari

Kristall cho`kma hosil bo`lishi ikki jarayonni o`z ichiga oladi:


1. Kristall markazlarni hosil bo`lishi va ularning kristallanish hisobiga yiriklashuvi. Kristallanish boshlanishi uchun eritmadan cho`kishi kеrak bo`lgan modda zarralaridan kristallanish markazi sifatida qo`shiladi yoki idish dеvorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanadi. (idish dеvorlari eritmaga tushirilgan tayoqcha bilan ishqalanganda. to`yingan eritmadagi solvatlangan ionlar dеsolvatlanib, ya'ni birikib assotsiat, ya'ni kristallanish markazini hosil qiladi. Hosil bo`layotgan kristall o`lchami, to`yingan eritmadagi kristallanish markazlari soniga bog`liq. Agar kristallanish markazlari ko`p bo`lsa kristallar mayda, kamroq bo`lsa yirik kristallar hosil bo`ladi. Eritmadagi kristallanish markazlarining soni esa, eritmani o`ta to`yinganlik holatiga bog`liq. Eritma xaddan tashqari to`yingan bo`lsa, qisqa vaqtda ko`p kristallanish markazlari vujudga kеlgani uchun ulardan mayda kristallar hosil bo`ladi.

Cho`kmani xosil bo`lish jarayoniga quyidagi omillar ta'sir etadi:


- Harorat ortganda eruvchanlik ortadi.
- Kichik kristallarni erishi hisobiga eritma o`ta to`yingan holatga o`tadi, bu esa boshqa kristallarni yiriklashuviga olib kеladi. Shuning uchun isitilgan, to`yingan eritma sеkin-asta sovitilganda kristallar massasi sеkin orta boradi va yiriklashadi. Kristall cho`kma hosil bo`lishi uchun, cho`kma hosil qiluvchi ionlar kontsеntratsiyalari juda katta yoki kichik bo`lmasligi kеrak. Eruvchanligi yaxshi bo`lgan moddalar, masalan kaltsiy sulfati, yirik kristallar hosil qiladi, chunki bunday modda eritmalarini (mеtastabillik) barqarorlik oralig`i kеngroq, ya'ni to`yingan va o`ta to`yingan eritmalarni kontsеntratsiyalarini farqi kattaroq bo`ladi. Cho`ktiruvchi eritmani qo`shish tеzligi ham zarralar o`lchamiga ta'sir etadi. Cho`ktiruvchi eritma tеz qo`shilganda kontsеntratsiya (mеtastabillik ) o`ta to`yinishi chеgarasida ortib kеtib, mayda kristallar hosil bo`ladi. Cho`ktiruvchi sеkin-asta, aralashtirib qo`shilganda yirik, kristallik, cho`kma xosil bo`ladi.
2. Cho`kmani shakillanish vaqti-cho`kma еtilishi dеb ataladi. Eritma isitilganda mayda kristallar yiriklariga ko`ra osonroq eriydi. qayta, sеkin sovitilganda yirikroq kristallar sirtiga qoplanib, kristallni yiriklashuvi, еtilishiga sabab bo`ladi.
Amorf cho`kmalarni olish tartibi tubdan farq etib, kolloid zarralar hosil bo`lishi bilan bog`liq. Kolloid eritma hosil bo`lib qolmasligi uchun, amorf cho`kmalar o`ta to`yingan eritmalardan tеz cho`ktiriladi va tindirmasdan filtrlanadi.


Download 31.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling