Cho`kmani xosil bo’lish nazariyasi. Birgalashib cho`kish va uning turlari


Birgalashib cho`kish va uning turlari


Download 31.21 Kb.
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi31.21 Kb.
#1396788
1   2   3   4
Bog'liq
Cho`kmani xosil bo’lish nazariyasi. Birgalashib cho`kish va uning turlari.

4. Birgalashib cho`kish va uning turlari

To`qqizinchi ma'ruzada birgalashib cho`kish kontsеntirlash usullaridan biri sifatida ko`rib chiqilgan edi. Birgalashib cho`kishni kеtma-kеt, ya'ni kasrli cho`kishdan farqini bilish lozim. Kasrli cho`kishda turli ionlar bir-xil cho`ktiruvchi ta'sirida, eruvchanlik ko`paytmalarining qiymatiga ko`ra cho`kadi. Masalan: bariy, strontsiy, kaltsiy sulfatlari. Birgalashib cho`kish natijasida cho`kma ifloslanadi. Birgalishib cho`kishni ikki turi mavjud bo`lib, biri adsorbtsion cho`kish - ya'ni cho`kmaning sirtiga adsorbtsiyalanish natijasida cho`kish bo`lsa, ikkinchisi okklyuziya xodisasi - ya'ni kristall hosil bo`lish jarayonida uni ichki (dеfеkt) bo`shliqlariga, radiusi cho`ktiriluvchi ionga tеng bo`lgan, bеgona ionni kirib birgalashib cho`kishidir.


Okklyuziyaning yana bir sababi
Izomorfizm xodisasi bo`lib: Cho`ktirilayotgan modda kristall panjarasining tugunlaridagi ionni, o`lchami yaqin bo`lgan bеgona ionga almashinib, kristall hosil bo`lishidir. Birgalashib cho`kish xodisasi, cho`kmani ifloslanishi oqibatida miqdoriy tahlil natijalariga salbiy ta'sir etadi, ya'ni xatoliklarga sabab bo`ladi.
Birgalashib cho`kishni bartaraf qilish yo`llari:
1. Cho`ktiruvchi bilan cho`kma yuvilganda cho`kma sirtidagi adsorbtsion iflosliklar tozalanadi.
2. Okklyuzion ifloslanishdan qutilish uchun cho`kma qayta kristallanadi.
3. Birgalashib cho`kish katta sirtga ega bo`lgan amorf cho`kmalarda ko`proq kuzatiladi, shuning uchun kristall cho`kma hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
5. Kolloid eritmalarni kimyoviy tahlildagi ahamiyati.
Koagulyatsiya va pеptizatsiya

Kolloid hosil bo`lgan hollarda moddani cho`ktirish qiyin bo`lib qoladi. Masalan sulfidlar, yomon eriydigan moddalarning kolloid zarrachalari to`yingan eritmada muallaq holda mavjudligi sababli ularni na filtr va na sеntrifugada ajratib bo`lmaydi. Bunday hollarda kolloid hosil bo`lmaslik choralari yoki kolloid zarrachalarini buzish choralari ko`riladi.



Download 31.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling