Cho’ktirish usuli asosi va indikatorli va indikatorsiz titrlash usullari Usulning analizda qo’llanilishi kompleks xosil qilish usuli indifikatorlar nazariyasi


Download 24.83 Kb.
bet2/2
Sana01.05.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1418432
1   2
Bog'liq
Cho’ktirish usuli asosi va indikatorli

INDIKATOR (lot. indico — koʻrsataman, aniqlayman) — biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan obyektning holatini inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element). Vizual (koʻrib), akustik (eshitib), taktil (se-zish, iskash va b. ga asoslangan) va b. xillari bor. Inson axborotlarning qariiyb 90 foizini koʻrib idrok qilgani uchun vizual Indikator kengroq ishlatiladi. Vizual Indikatorning katta guruhini tasviriy Indikatorlar tashkil etadi, ular obyektning fazodagi holatini, tasnifiy oʻzgarishini grafik tarzda yoki elektron-nur trubkasi ekranida egri chiziq tarzida tasvirlaydi. «Hozir boʻlish effekti» ni yaratuvchi vizual Indikatordan foydalanilganda yaxshi idroq qilinadi. Mac, samolyotning bir necha Indikator koʻrsatayotgan vaziyati samolyotni tus-mollab qoʻndirish asbobidagi bitta koʻrinadigan shartli tasvir — obyektning ekranda siljishi bilan almashtiriladi (1-rasm). Kuzatilayotgan obyekt yaxshi koʻrinmaydigan joylarda akustik Indikator qoʻl keladi. Obyektdan keladigan signallarni darhol sezish lozim boʻlgan hollarda taktil Indikator vizual Indikator bilan birga qoʻllaniladi.
Tuzilishiga koʻra, signal I. i (lampalar, qoʻngʻiroq, richag va b.), milli (minut, metr, kilogramm, gradus va b. ga boʻlingan shkalali), raqamli, tasviriy (yaqqol), proyeksion (elektron-nur trubkali) va aralash Indikatorlar buladi. Vazifasiga kura, rostlash, ulchash, radiolokatsiya va b. xillarga boʻlinadi. Konchilikda plun-\jerli nasosning klapanlari ishini nazorat qilib turadigan rostlash Indikatori qoʻllaniladi. M ash inasozlikda berilgan oʻlchamdan ogʻish qiymatini koʻrsatadigan oʻlchash Indikatori ishlatiladi (2-rasm). Radiolokatsiya Indikator iradiolokatorning taʼsir doirasida ni-shon paydo boʻlganini koʻrsatadi va uning koordinatalarini aniqlab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. 
Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. 
Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004 
3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda) 
4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)
5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006. 
6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O„zbekiston, Toshkent. 2001.
Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling