Chol, Tulki, Bo’ri, Ovchi. Sahna: chakalakzor. Qopqonda yotgan tulkining ovozi eshitiladi. Tulki


Bo’ri Voy bobojon bobojon yordam bering tez menga. Chol


Download 24.24 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi24.24 Kb.
#1029567
1   2   3
Bog'liq
CHOL BILAN BO\'RI

Bo’ri
Voy bobojon bobojon yordam bering tez menga.
Chol
Nima bo’ldi bo’rijon, ozor berdi kim senga?
Bo’ri
Qochdim o’rmonma o’rmon.
Qolmadi menda darmon.
Quvladilar bermay kun,
Kunduz bo’ldi menga tun.
Yashiring kelmoqda yov,
Unda yo’q shavqat ayov.
Raxmingiz kelsin menga.
(Yig’laydi)
Chol
Sho’rlik bo’ri tirtibsan xo’rlik,
Kel qopga kir va jim yot,
Kulcha bo’lib toshday qot,
Ko’rganlar desin o’tin.
Faqat jim yot, jim yotgin.
Bo’ri
Xo’p yashiring tez, vaqt oz.
(Qopga kiradi)
Chol
Jim yot, jim bo’l.
(Bo’ri jimiydi)
Juda soz
(Mergan kiradi)
Ovchi
Xoy o’tinchi bobojon hormang,
Chol
Bor bo’ling o’g’lon.
Ovchi
Qochirdim bir bo’rini,
Qo’qish aytsam turqini,
So’rayman sizdan shuni,
Ko’rmadingizmi uni?
Turgan bitgani g’iybat,
Shum hiylagar va ayyor,
Ovqat bor joyda tayyor.
Ko’zi qo’ylarga ofat.
Chol
Yomon ekan kasofat.
Ovchi
Qopqon qo’ysam ilinmas, terisi ham shilinmas.
Xayr, qolmayin yo’limdan uqutulmas qo’limdan,
Chol
Niyatingga yet bolam.
Ovchi
Xayr ota.
Chol
Xayr bolam.
(O’zicha)
Yolg’onladim, oqibat- Yomon bo’lmasin faqat.
(Bo’riga)
Bo’ri qopdan chiq tezroq, Mergan yiroq ketti boq,

(Bo’ri qopdan chiqadi)
Bo’ri
Omon qoldim o’limdan,
Xa xa xa xa xa xa xa
Endi mening qo’limdan qutulmas hech qanday ov, odam zoti mengga yov.
(kuladi)
Chol
(talvasaga tushib)
Yaxshilik qildim senga.
Bo’ri
Yomonlik odat mengga.
(uvillaydi)
Men bo’riman bo’riman, odamlarning sho’riman.

Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling