Cholg’u ijrochiligi san’atining rivojida o’zbek bastakorining tutgan o’rni
Download 5.75 Kb.
|
musiqa
Mavzu Cholg’u ijrochiligi san’atining rivojida o’zbek bastakorining tutgan o’rni Milliy musiqaning inson manaviyatini shakllantirishdagi ahamiyati davlat miqyosidagi ishlardan biri ekanligi Prezidentimizning har yili Ozbekiston - vatanim manim qoshiqlar bayramini otkazish haqidagi 1996 yilgi farmoni, Respublikada musiqa talimi, madaniyat va sanat oquv yurtlari faoliyatini yaxshilash togrisidagi (1996), Ozbekistonda milliy raqs va xoreografiya sanatini rivojlantirish togrisidagi (1997), Estrada sanatini rivojlantirish togrisidagi (1998) farmonlari hamda Respublika vazirlar mahkamasining maxsus qarorlarida oz ifodasini topgan.
An'anaviy musiqa va cholgulardan yangragan milliy mumtoz kuylarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yoqotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yolida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bolib kelmoqda. Malumki, musiqiy cholgular xalqlarning moddiy hamda manaviy boyligidir. Chunonchi, har bir xalq oz milliy merosi, davrlar osha yuzaga kelgan ananalarini milliy ohanglar orqali tarannum etuvchi va xalqning milliy manaviyatiga xos yaratilgan amaliy sanat namunalari orqali ularga mos keluvchi cholgu asboblariga egadirlar. Ozbek musiqiy cholgular olami bu xususda manan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang-barang ekanligini e'tirof etib otish lozimdir. Qolaversa, qaysiki xalqning manaviyati yuksak bolsa, uning tarixi va unga mos merosi ham ulkandir. Tarixdan malumki, ozbek xalq cholgulari rang-barang tarzda, oziga xos shakllangan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholgu asboblari shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Otmish allomalari Al-Forobiy (IX asr) ozining Katta musiqa kitobida, Safiuddin Urmaviy (XII asr) musiqiy risolasida, Abdulqodir Marogiy (XIV asr) Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy risolasida, Ahmadiy (XIV asr) Sozlar munozarasi asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr) Musiqiy risolasida, Amuliy (XVI asr) Musiqa risolasida, Darvesh Ali Changiy (XVII asr) Musiqiy risolalarida musiqiy cholgularni organib tadqiq etish masalalarining turli tomonlariga toxtalib, oz davrlarining musiqiy cholgulari tasnifotini bayon etganlar. Otmishning zabardast shoirlari oz asarlarida musiqiy cholgular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar. Ayniqsa, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz kerakli tarmoqlariga urgu berib otganliklarini asarlaridan bilib olish mumkin. Musiqiy cholgularning kelib chiqishini organishda Orta va yaqin Sharq musiqiy olami mifologiyasiga tegishli totemizm qatlamiga etibor qaratish joiz. Totemizm ibtidoiy-jamoa tuzumining qadimgi davrlarida, matriarxat hukmronligida yuzaga kelgan bolib, uning ilk tasavvurlari farishtalar, devu jinlar, hayvonlar va osimliklar bilan bogliq bolgan. Ushbu qatlamga oid afsonalarda rivoyat qilinishicha, kunlardan bir kun, bir olim yolda sayr qilib, kunning yarmida bir daraxt tagiga ornashibdi. U shohdan-shohga sakrab yurgan maymunni koribdi. Birdan maymun otkir shohga ilinib, qorni yorilib ketibdi va ichaklari ikkita shoh orasiga tortilib qolibdi. Bir oz vaqt otgach, bu ichaklar quribdi, shamol esib, undan yurakni maftun etuvchi tovush taralibdi. Olim bu ichaklarni olib, qiyshiq taxtaga tortib qoygan ekan, undan yana ham gozal tovushlar taralibdi. Songra u bir necha tor yasab, taxta ostiga qovoq ornatibdi va natijada musiqiy cholgu asbobi royobga kelibdi. Bundan keyin har bir olim ozining ongi va tafakkurini ishga solib, bu asbobni qonun va rebab cholgulari yasalgunga qadar turlicha takomillashtirgan. Download 5.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling