Cho’lpon hikoyalarida mumtoz an’analarning bardavomligi. Gulmira Rustamova. 53- maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Far’ona viloyati Bag’dod tumani xtb
Download 20.09 Kb.
|
cho'lpon hikoyalarida traditsiya Rustamova Gulmira
CHO’LPON HIKOYALARIDA MUMTOZ AN’ANALARNING BARDAVOMLIGI. Gulmira Rustamova. 53- maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Far’ona viloyati Bag’dod tumani XTB Cho’lponning nasriy asarlari didaktik realizm ruhida yaratilgan va shu bois ham uning asarlari kishi medasiga tegmaydi, o’quvchini “g’ijinib” o’qishdek majburiyatga mubtalo qilmaydi. Cho’lpon hikoyalari bir qarashda ijtimoiylik kasb etadi, degan bahoni berishimiz mumkin lekin, chuqurroq nazar tashlasak, ularning o’zbek mumtoz adabiyotidagi hikoyachilik an’analaridan bebahra emasligini ko’ramiz. E’tibor beradigan bo’lsak, hazrat Navoiyning “Hayrat ul abror” asarida hikoyatlari zamirida ham o’sha davr ijtimoiy muhitining Navoiy ko’zi bilan ko’rilgan qiyofasi akslangan. Yoki “Sab’ai sayyor” dostoni tarkibidagi hikoyatlarni olaylik, ularning ham hech birida shunchaki havoyilik, bachkana o’y, zerikishdan qutulish uchungina tinglash mumkinligini ko’rmaymiz. Bahromning garchand, zolimligi, qo’rsligi bor, biroq, u oshiq. Oshiqning muddaosi esa, albatta yor vaslidir. Maqsad aniq bo’lgani holda bu yo’lda chekiladigan zahmatlar ko’zni qo’rqitishga urinadi-yu, qalbga g’alayon sola olmaydi. Bois, mehnatsiz rohat, mashaqqatsiz yor vasliga erishmoq dushvor ekanligi. Faqat bir narsaga achinadi kishi, ilmdan bebahra Bahromga shohlik nasib etgan-u, u bunyodkorlik, xalqning og’irini yengil qilishdan ko’ra o’z manfaatlarini yuqori qo’yishi va natijada o’zini ham yorini ham azobli o’limga mahkum qilishi. Navoiy asarlari tarkibidagi hikoyatlar zamirida oddiygina xalqqa yaqinlik, “jon tortish”ni ko’rishimiz mumkin. Ularning yaratilgani davriga qarasak, anchagina ko’p vaqt o’tdi oradan, davrlar qancha o’zgarmasin, kishilar o’rtasidagi munosabatlar o’zgarmasligi esa, ayni haqiqat. Cho’lpon hikoyalarida ham o’z davri muhitidagi hayotiy voqealar o’z aksini topadi va muammolar yaqqol ko’rinib turadi. Faqat bir narsada ayrichalik bor: Mumtoz hikoyalarda maqsad nisbatan aniq, hikmat, naqllar orqali ijodkor nima demoqchi ekanini qissadan hissa tarzida aytib o’tgan bo’lsa, Cho’lpon hikoyalarida obrazlar, timsollar oshkor, maqsad esa pardalangan. U hikoyatdan xulosa chiqarib olishni o’quvchiga qoldiradi. Har kim o’z saviyasidan kelib chiqqan holda asarga baho bera oladi. Cho’lpon an’analarga, ya’ni o’tmishda yashagan ijodkorlarning xalqni ilm, ma’rifat bilangina yaxshi kunlarga olib chiqish mumkinligi g’oyalariga sodiq tarzda asar yaratadi, o’z qarashlarini esa zamon nuqtai nazaridan niqoblashga majbur. Ma’lumki, hech bir davrda ijod ahliga oson hayot kechirish nasib etmagan, balki shu sababdan ham turli davrlarda yaratilgan asarlardagi voqealar rivoji, detallar har xil biroq maqsad, orzu, istak, intilishlarda mushtaraklik seziladi. Hojaning “Miftoh ul adl”, Sadiyning “Guliston”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlarida ham hikoyatlar ixcham, ta’sirli, ijtimoiylikka yo’g’rilgan, biz uchun ahamiyatli jihati esa ularda voqealar rivojida insoniy kechinmalar ustuvor, biror-bir voqeasi yo’qki, unda hayotiy haqiqatlar aks etmasa, lekin ularda inson obrazi doim ham yetakchilikda ko’rsatilmaydi. Sabab esa oddiy, o’sha davrlarda ham “haq so’z”ning bahosi qattiq bo’lganligi desak, mubolag’a bo’lmas, menimcha. “Guliston” tarkibida “Bulbul va qarg’a” hikoyati keltiriladi, unda bulbul va qarg’ani bir qafasga qamaydilar, natijada ikkisi ham bundan chuqur qayg’uga tushadi. Xulosa esa shunday: olim johildan qanchalar nafratlansa, johil ham olimga shuncha g’azabda bo’ladi. Shu kabi, Cho’lpon hikoyalarida ham haqiqiy va soxta ilm vakillari nisbatlanadi. Hikoyalarning voqealar rivojidagi misollarni kundalik turmushdan olib yoritadi. Masalan, ilk hikoyalaridan bo’lgan “Doktor Muhammaddiyor”da ilmsizlik qoralanadi. Cho’lpon hikoyada diniy mutaassiblikka berilgan va o’zlarini ilm ahli deya hisoblovchi Turkiston madrasa toliblari-yu ustozlarining yuzlaridagi niqoblarini tortib olishni Muhammaddiyorga topshiradi. Asar qahramoni Muhammaddiyor Petrogradda yurgan vaqtida madrasa toliblari hayotidan olingan “Umrlik shogirdlar” nomli roman yozadi, diniy ulamolar hamda o’zini katta adibdek biladigan “ijod ahli”ga tanqid yog’diradi. Gulxaniy «Zarbulmasal»ida hikoya qilingan syujet - Boyqushlarning qudachilik munosabatlari, qiz uchun qalin evaziga minglab buzuq chordevor talab qilishi voqealari Gulxaniygacha bo’lgan badiiy asarlarda, chunonchi, Rabguziy qissalari va «Miftox ul-adl"» hikoyalarida aynan tilga olinadi. Gulxaniy xalq og’zaki ijodida mavjud bo’lgan va diniy-didaktik mazmundagi asarlarga olingan bu syujetni kengaytiradi, yanada boyitdi. Unga chuqur ijtimoiy-satirik mazmun beradi, o’z davrining ijtimoiy-siyosiy xayotini xam qo’shib ifoda etadi. Gulxaniy qushlarning qudachilik mojaralarini tasvirlash vositasida o’sha zamonda ijtimoiy munosabatlarni, milliy odatlarni, jumladan, qizga sovchilik qilish, maxr so’rash, xutba o’qitish kabi rasm-rusumlarni ko’rsatishga muvaffaq bo’lgan. Asardagi Boyo’gli, Yapaloqqush, Gunashbonu, Kulonkir Sulton, Ko’rqush shunchaki, oddiy parrandalar bo’lmay, balki o’sha zamonda yashagan turli kishilarning ma’lum xulq-atvorini o’zida mujassamlashtirgan ramziy obrazlardir1. Huddi shu kabi manzara Cho’lponning “Qor qo’ynida lola” hikoyasida ham gavdalanadi. Qor – oppoq, beg’ubor, pok, ammo u sovuq va achchiq muzlikning debochasi ham. Lola –bahor elchisi, tabiatning erka malagi, ammo u nega qor qo’ynida?! Hikoya nomidanoq, o’quvchi qalbida qiziqish uyg’onadi, bu, albatta, tabiiy. Mutolaa davomida esa ota-onasiga tobe “go’dak” balog’atga yetar-yetmas uzatilgan (uzatilgan emas, sotilgan) qizning qismatini yoritish barobarida ilmsizlik, jaholat, erksizlik, loqaydlik kabi illatlarning qoralanayotganini ko’ramiz. Menimcha, mumtoz asarlar tasnifidagi hikoyalarda hayotiy voqealarni turli detall, timsollarga ko’chirish vositasida yaratilganini e’tirof etib, baholagan holda Cho’lpon nasrida hayotning oddiygina “ko’z o’rgangan” haqiqatlari panasiga ulug’vor, ma’naviy-axloqiy qarashlarini berkita olgan deya baholash mumkin. 1Gulxaniy. «Zarbulmasal» –T., 1960 yil, 35-bet. Download 20.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling