Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Mustaqillik uchun kurashning yakunlanishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Mustaqillik uchun kurashning yakunlanishi. Argentinada mustaqillik
uchun qurolli kurash 1810-yili boshlandi. Kurash boshlangan 25-may
sanasi tarixda Argentina xalqining milliy bayrami kuni bo‘lib qoldi.
Argentinani Xose San-Martin qo‘mondonligidagi inqilobiy qo‘shin
ozod qildi va Argentina mustaqillikka erishdi.
Keyingi yillarda Paragvay, Chili va boshqa davlatlar mustaqillikka
erishdilar. 1822-yili esa Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon
qilindi. Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi o‘z mustaqilligi uchun
kurashayotgan Yuqori Peru vatanparvarlari qo‘shini Bolivarning saf-
doshi general Sukre boshchiligida ispan
qo‘shinini tor-mor etdi. Yuqori Peru Ispaniya
zulmidan ozod bo‘ldi. Yuqori Peru S. Bolivar
sharafiga Boliviya deb ataldi.
Urugvay ham mustaqil deb e’lon qilingan
bo‘lib, keyinroq to‘la mustaqillikka erishdi. Shu
tariqa Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun
kurashlar yakunida Ispaniya hukmronligiga
chek qo‘yildi va bir qancha yangi mustaqil dav-
latlar tashkil topdi. Ispaniya faqat Kuba va
Puerto-Rikoni o‘z qo‘lida saqlab qola oldi,
xolos.
http://eduportal.uz


125
Braziliyadan tashqari barcha Lotin Amerikasi mamlakatlarida
Respublika tuzumi o‘rnatildi. Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun
kurashlar mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik kurashi hamda
burjua inqiloblari ham edi.
Bu inqiloblarda mahalliy aholi Ispaniya bilan Portugaliyaning
mustamlakachilik zulmidan ozod bo‘ldi.
Mustamlakachilik davrida yaratilgan xo‘jalik asta-sekin kapi-
talistik xo‘jalikka aylanib bordi. Biroq bu xo‘jalik hali ham qo‘l
mehnatiga asoslangan, xomashyo eksporti va chet el investitsiyasiga
qaram edi. Faqat 1860-yildan Lotin Amerikasi mamlakatlarida iq-

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling