Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yilda Meksikada ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi. 1821-yilda


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1810-yilda Meksikada ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi.
1821-yilda Meksika mustaqillikka erishdi.
Venesuelada mustaqillik urushiga Simon Bolivar rahbarlik qildi.
Simon Bolivar
http://eduportal.uz


123
XIX asrning boshlarida Lotin Amerikasida tashkil topgan yangi davlatlar
U ispan qo‘shinlariga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli janglari
uchun general unvonini va «Xaloskor» degan faxriy nomni oldi.
Bolivar faqat zamindor kreollargagina tayanib qolmay, qora tan-
lilar bilan hindularni ham kurashga otlantirdi. Qullik bekor etilganini
e’lon qildi va shu tariqa qora tanli qullarning bir qismini o‘z qo‘-
shiniga jalb etdi. Hindu dehqonlarga esa urush tamom bo‘lishi bila-
noq, ular o‘z yerlariga ega bo‘lishini va’da berdi.
Bolivar Yevropaning ilg‘or jamoatchiligiga murojaat qilib, yordam
so‘raganida, uning da’vatiga ko‘plab ko‘ngillilar hozirjavoblik bilan
Lotin Amerikasi xalqlariga yordam berishga qaror qildilar va
Venesuelaga yetib keldilar. Ular orasida irland, ingliz, nemis, italyan,
polyak va ruslar bor edilar.
1811-yili Venesuela mustaqil deb e’lon qilindi. Bolivar Yangi Gre-
nadaning Ispaniyadan ozod bo‘lishiga yordam berdi va Yangi Gre-
nada Venesuela bilan birlashdi. Birlashgan davlatga Xristofor Kolumb
sharafiga Buyuk Kolumbiya deb nom berildi.
Bolivar Buyuk Kolumbiya prezidenti lavozimini egalladi. U hin-
dularga solinadigan o‘lponni bekor qildi. Yirik pomeshiklarning yer-
larini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
http://eduportal.uz


124
Xose San-Martin
Ammo bu tadbir pomeshiklarning qarshiligiga duch kelib, amalga
oshmay qoldi.
Bolivar Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika Respublika-
lari konfederatsiyasini tuzishni orzu qilar edi. Inqilobning eng
qiyin, hal qiluvchi davrida Bolivar xalq bilan birga bo‘ldi va unga
fidokorona xizmat qildi. Shuning uchun ham u yirik pomeshiklarga
yoqmadi.
Ular Bolivarni jismonan yo‘q qilishga qaror qildilar. Oxir-oqibatda
u 1830-yili iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Bolivar afsus bilan bun-
day deb yozgan edi: «Inqilobga xizmat qilish – dengizni shudgor
qilish bilan barobar». Lotin Amerikasi xalqlari shu paytga qadar atoqli
qahramon – Amerikadagi mustamlakalarning xaloskori Bolivarni hur-
mat bilan eslaydilar.

1810-yilda ...

1811-yilda ...

1821-yilda ...

1830-yilda ...

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling