Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


latlardan qarzi juda ko‘payib ketdi. Shu tariqa bir vaqtlar


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

latlardan qarzi juda ko‘payib ketdi. Shu tariqa bir vaqtlar
dunyoning 3 ta qit’asida katta-katta mustamlakalarga ega bo‘lgan
Òurkiya endilikda Yevropaning kuchli davlatlari yarimmustamlaka-
siga aylandi.

1827-yili ...
 
1830-yili ...
 
1853-yili ...
 
Rossiya – Òurkiya urushi boshlanishi sababi – bu ...
Konsessiya (lotincha – ruxsat, yon berish) – davlat korxonalarini, mulkini
muayyan muddatga chet el kapitaliga berish haqidagi kelishuv shartnoma.
1. Usmoniylar imperiyasining davlat tuzumi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. «Sharq masalasi» qanday masala edi va u qay tariqa vujudga kelgan?
3. «Sharq masalasi»da Yevropa davlatlari o‘rtasidagi kurashga baho bering.
4. Usmoniylar imperiyasi qay tariqa yarimmustamlakaga aylandi?
Badiiy-tarixiy asar bilan ishlashga doir topshiriq
n.ziyouz.com saytidan Jaloliddin Rumiyning «Qalb ko‘zingni och» asarini
o‘qing. Mustaqil ravishda «Usmoniylar imperiyasining inqirozi sabablari shun-
daki, ...» mazmunida esse yozing.
Usmoniylar imperiyasi tarixiy jarayonlarini xronologiya shakliga keltiring.
31-mavzu: 1800–1870-YILLARDA ERON VA
AFG‘ONISTON
Davlat tuzumi. Eron XIX asrda ham mutlaq monarxiya bo‘lib,
shoh cheklanmagan huquqqa ega edi. Butun hokimiyat uning qo‘lida
to‘plangan. Shoh huzurida maxfiy kengash tuzilgan bo‘lib, uning tar-
kibiga sadri a’zam, amin-ad-davla, vazir, hakimboshi va shayxulislom
kirardi.
Safaviylar davlati dastlab qaysi hududda tashkil etilgan edi?
10 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


146
Davlat viloyatlarga bo‘lingan, ularni beklarbegi boshqargan. Òaxt
vorisiga Ozarbayjon ham berilgan bo‘lib, uning qarorgohi Òabriz shah-
rida joylashgan edi.
XIX asrga kelib, Sharqda hukmronlikni o‘z qo‘llariga olish uchun
kurash olib borayotgan Buyuk Britaniya va Fransiyaning Eronga qizi-
qishi kuchaydi. Kavkazda o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun Rossiya
bilan 1826–1828-yillari bo‘lgan urushlarda Eron mag‘lubiyatga uch-
radi va Kavkazga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling