Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Eronning Buyuk Britaniya bozoriga aylanishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Eronning Buyuk Britaniya bozoriga aylanishi. Rossiya bilan urush-
dagi mag‘lubiyat va uning oqibatlari Eron hukmron tabaqalari o‘rta-
sida keskin norozilik keltirib chiqardi. Oqibatda, Eronning qator vi-
loyatlarida yirik yer-mulk egalari boshchiligida shohga qarshi isyon
ko‘tarildi. Buyuk Britaniya Eronning og‘ir ahvolidan foydalanib, uni
teng bo‘lmagan shartnomani imzolashga majbur etdi. Unga ko‘ra,
Buyuk Britaniya Eron bilan savdo-sotiq ishlarida katta imtiyozlarga
ega bo‘lib oldi.
Oqibatda, u Eron bozorlarini o‘zining yengil sanoati mahsulotlari
bilan to‘ldirib tashladi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy dehqonlarni,
hunarmand va savdogarlarni xonavayron qildi. Shu tariqa Eron yirik
mustamlakachi Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan
bozoriga aylanib qoldi. Bu mamlakatda pulga bo‘lgan ehtiyojni oshirib
yubordi.
Natijada, davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish
nihoyatda kuchaydi. Viloyat hokimlari, katta-katta yer-mulk egalari
davlat xazinasiga soliq to‘lamay qo‘ydi. Bu omillar mamlakat meh-
natkash qatlamlari orasida keskin norozilik kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi va oxir-oqibat, 1848-yilda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.
Bu qo‘zg‘olon tarixga «Bobiylar qo‘zg‘oloni» nomi bilan kirdi.
XIX asrda Eron Rossiya bilan bo‘lgan urushlarda mag‘lubiyatga uchradi
va Kavkazorti hududlariga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi.
1848-yilda Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi.
Bobiylar qo‘zg‘oloni. Qo‘zg‘olon shoh tuzumiga, zulmiga va yer
egaligiga qarshi qaratilgan edi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari, asosan,
hunarmandlar, mayda savdogarlar, shahar kambag‘allari va shahar
atrofida yashovchi dehqonlar edi. Qo‘zg‘olonda ruhoniylarning quyi
tabaqasi ham qatnashdi.
http://eduportal.uz


147
Qo‘zg‘olonchilar bobiylik ta’limoti tarafdorlari edilar. Bu ta’li-
motning asoschisi sayyid Ali Muhammad bo‘lib, o‘ziga Bob («Haqiqat
va adolat yo‘liga olib chiquvchi eshik») taxallusini qabul qilgan edi.
Bobiylik atamasi shu taxallusdan kelib chiqqan.
Qo‘zg‘olon 1850-yilning o‘rtalarigacha davom etdi. Harbiy jihat-
dan ustun bo‘lgan shoh qo‘shini bobiylar qo‘zg‘olonini bostirdi. Ali
Muhammad esa qatl etildi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling